Sotsiologya faning mazmuni va jamiyatdagi ro’li
Download 24.51 Kb.
|
E\'tiroz uchun asos
Mustaqil ish. Mavzu : Sotsiologya faning mazmuni va jamiyatdagi ro’li .
Sotsiologyani jamiyat haqidagi fan deb hisoblash mumkin jamiyatni o’rganuvchi har bir fan uning tabiatiga va asosiy qiziqishiga yaqin bo’lgan, o’zining tadqiqot pridmetiga egadir. Jamiyat haqidagi ushbu fanlar tizimida sotsiyalogyani ajratib turgan narsa shuki, birinchi navbatda jamiyat ijtimoiy tuzimning turli bosqichlarida shaxs, oila, mahalla, maktab, insititut, korxona, tashkilot, tuman shahar, viloyat butun mamlakat, hamda yalpi jamiyatda shakillanadigan ijtimoiy o’zaro munosabatlar o’rganadi. “Shuning uchun sotsialogiya jamiyatni emas,balki jamiyatni tashkil etuvchi uning asosida ishlab turuvchi va rivojlanuvchi ijtimoiy materialni o’rganadi “. Jamiyat haqidagi fanlar tizimida sotsiologya fani xususiyatini yuqorida zikr etilgandek tushintirish, hozirgi zamon sotsiologiyaning pridmetini shunday tariflashni imkonini beradi . Sotsiologiya fani jamiyatning murakkab ijtimoiy organizm sifatida o’rganadi. Sotsialogiya jamiyatni mavjud tarkibiy tuzilmalari mohiyati, ularning harakat tendetsiyalari va taraqiyot qonunyatlarini sotsial tashkil etilgan tizmida tadqiq etadi. Shuningdek,sotsialogya asosiy e’tiborni jamiyatni xar xil ijtimoiy va hududiy tuzum bosqichlarida vujudga keladigan keng ma’nodagi insonlararo munosabatlari va jamoatchilik fikrini o’rganishga qaratuvch fandir. Mamlakatimizda sotsialogyaning keyingi rivojlanishi va takomillashtirilishi jamiyatni chuqur muammolarini ancha samarali yechishga imkon beradi .Inson barch davrlarda nafaqat uni o’rab turgan tabiatning jumboqlari va hodisalari , balki odamlar hayoti bilan bog’langan muammolar jumboqlari ham qiziqtirib kelgan.Insonlar orasidagi munosabatlarning mushkullanishi, murakkab tashkilotlarning paydo bo’lishi jamiyat oldida turgan muammolarni amaliy hal qilish ehtiyojini kuchaytiradi. “ Sotsiologiya ” atamasi fransus tilidan olingan bo’lib “jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni ilmiy o’rganish “ manosini anglatadi. Bu tarif ushbu fan nimani o’rganish to’g’risida faqat umumiy tasavvur beradi . O’zining salkam yarim asirlik rivojlanishi davomida sotsiologiya o’zining mazmuni va uslublari, qo’llaydigan atamalari bo’yicha turli ilmiy maktab va yo’nalishlar tarafdoshlari orasida kuchli to’qnashuvlardan iborat qiyin yo’lni bosib o’tdi. Lekin bu turlicha yondoshuvlarning maqsadi bitta – insonni , uni o’rab turgan ijtimoiy borliqni, uning ijtimoiy fikrlash madaniyatini chuqurroq tushinishdan iborat. Shuning uchun mashhur rus – amerikalik sotsiologi P Sorokin ta’biri bo’yicha bu fan” o’ziga mos muxitda yashovchi odamlarning xulqini o’rganuvchi “ fan deya ta’riflash mumkin. Sotsiologyaning obyekti va pridmeti nimadan iborat ? Dastavval sotsiologiya nafaqat ijobiy, balki tabiy fanlar bilimlarini mujassam qiluvchi umumiy fan deb tushinilar edi. Bu yondashuv XIX asrning Garbiy Yevropa sotsiologlarining ishlarida yetakchi edi. Bu sotsiologlarning fikrlari bo’yicha sotsiologya uchun boshlang’ich fan ijtimoiy hayot asoslarini aniqlab beruvchi va inson tabiatini o‘zgarmas hodisalari to’g’risida bilim beruvchi biologiya fanidir.Osha olimlarning nuqtai nazari bo’yicha , ijtimoiy hayotning rang – barangligi bu jismoniy, aqliy, ma’naviy va siyosiy harakatlari bo’lgan asosiy tomonlarning turlaridir. Keyinchalik fransus sotsiologi E.Dyurkgeym ta’kidlagan ediki,ijtimoiy sohalar o’ziga hos hususiyatlari bilan ajrab turgan faktlardan iborat – bu “fikrlash , faoliyat va sezish usuli, individ tashqarisida joylashgan va o’ziga bo’ysindiruvchi kuchga ega bo’lgan,buning natijasida ular bunga bog’lanib qolgan”. Mashhur nenis olimi Mks veber ongni ijtimoiy harakat omili deb ta’riflagan edi . U madaniyat haqidagi fanlarni ajratgan . M Veberning fikricha, inson ongli mavjudodligini na tarixchi na sotsiolg, na iqtisodchi inkor eta oldi.Aynan shu yerda ijtimoiy fanlar ob’ektining tabiat xodisalaridan farqi mavjud. M . Viber fikricha , sub’ektiv ma’noga ega bo’lgan individ yoki individlar xulqidan tarkib topgan harakat , sotsiologyaning pridmetidir. Sotsiologiya ..shunday fanki,deb yozgan edi. “ M.Veberning ijtimoiy harakatni tushinishni hoxlaydi va buning asosida uning sabablarini tushintirib beradi”. Sotsiologiya ob’ekti va pridmetini zamonaviy tushintirish ikkita yo’riqdan iborat . Birinchisi – jamiyat bu tabiy biologik asosga tenglashtirilmaydigan alohida turdagi ijtimoiy madaniy borliqdir. Inson – bu shunday mavjudotki , uning umr ko’rishi yashash ijtimoiy sharoitlari ,yetakchi axloq va madaniyat bilan chambarchas bog’langanligidir. ikkinchi - tabiy dunyoni o’rganishda o’zining samaradorligini isbotlagan bilish yo’llari va usullaridan foydalanish zarurligidan iborat. Bu yerda tabiy fanlarda qo’llaniladigan usullardan ongsiz foydalanish emas balki olingan natijalarni albatta tajriba asosida tekshirish , aniqlik va jiddiylikka intilish, tabiy fanlardagi umumiy mantiqni qabul qilish nazarda tutilmoqda. Shuni nazarda tutib , sotsiologyaning o’rganuvchi ob’ekti sifatida guruhlar , ijtimoiy inistitutlar, jamiyatni tashkil qiluvchi ijtimoiy munosabatlar va harakatlar dunyosi, deb ta’riflash mumkin. Boshqa fanlar singari, sotsiologya insonni o’rab turgan butun dunyosini o’rganmaydi, balki jamiyatning,u yoki bu tizimining bir tarkibiy qismi sifatida kuzatilayotgan jarayonlarni ,ularning eg muhim va o’ziga xos bo’lgan xossalarini o’rganadi. Boshqacha qilib aytganda , xususiy ijtimoiy jarayonlarni butunlikka, jamiyatga taluqli deb hisoblanadi. Mashhur amerikalik sotsolig T.Parsons Ta’kidlagan ediki, sotsiologya boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o’laroq , “ butun jamiyatga, ijtimoiy tizimlarning birlashuviga taluqli bo’lgan tizim va jarayonlarni o’rganadi” Zero, sotsiologni iqtisodiyotda foyda maromlari qiziqtirmaydi, balki uni butun jamiyatda pul qanday ro’l o’ynaydi, yoki ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda pulning o’rni qanchalik ahamiyatga egaligi qiziqtiradi.Sotsologya shaxsni jamiyatda bajariyotgan faoliyati, o’zlashtirilgan maqomlarini ijtimoiy tizim jarayonlari bilan chambarchas bog’liqda o’rganadi. Sotsiologiyaning o’rganish pridmeti inson hayoti tarzining konkret va hayrotomus voqealari,odamlarning jamiyatdagi takroriy xulq namunalari hisoblanadi. Vaholanki, oilada ,ko’chada, transportda, do’konda, ishxonada, o’quv auditoriyasida – xullas barcha vaziyatlarda inson huquqini takrorlanuvchan ko’rinishlarini kuzatishimiz mumkin. Masalan odam do’konga kirganda, sotuvchidan qanday muomala kutishni biladi.Xuddi shunday avditoryalarga kirgan o’qituvchi ham talabalardan ham qanday muomala kutishini oldindan biladi.Aynan shu holatda talabalar ham o’qituvchilardan kasb mahoratini ishga solgan holda ma’ruza o’qish , amaliy mashg’ulotlar o’tkazish va talabalarning bilimini ob’ektiv baholashini kutadi. Zero jamiyatdagi inson hulqi ijtimoiy tashkilotlar qabul qilgan ijtimoiy normalar orqali boshqariladi. Bular nafaqat jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy qonunlar , an’analar, balki, maxsus normative topshiriqlar, aytaylik, u yoki bu jamoada qayd qilingan nizomlarda, buyruqlarda ifodalangan bo’lishi mumkin. Ko’rsatilgan uchala atama - mavqe, rol va norma sotsiologyaning asosiy tushunchalari hisoblanadi, ular yordamida har qanday shaxs yoki ijtimoiy tashkilotlarning xususiyatlariga chiziq berishi mumkin. Jamiyatdagi ijtimoiy tashkilotlar va insonlarning hulq – atvori mehanizmlarni tushintirish uchun o’sha jamiyatning ijtimoiy tizimini tahlil qilish lozim .Ammo, zamonaviy sotsiologiya jamiyatdagi ijtimoiy tizimni tadqiq etish bilan chegaralanib qolmaydi. Uning taraqqiyoti va o’zgarishlarini ham bashorat qiladi.Otkazilgan sotsiologik tadqiqotlar tahlili shuni ko’rsatadiki birinchidan jamiyat hayotining muhim bo’lgan sohalari iqtisodiyot (mehnat sharoitlari),ekalogiya va demografiyaga oid holatlar jiddiy e’tibor bilan o’rganilmoqda. Ikkinchidan , sotsiologik tadqiqotlar jamiyatda demokratiyani rivojlanish, hokimyat masalalarini , aholini boshqaruv ishlari bilan bog’liq bo’lgan siyosiy jarayonlar va harakatning mazmun va mohiyatini ochib berishga imkon yaratdi. Uchinchidan sotsiologiya jamiyat ma’naviy hayotini manaviy o’rgandi.Bunda uning tadqiqot pridmeti bo’lib ma’rifiy, madaniy, ilmiy, adabiy ijodiy diniy va boshqa sohalarining muammolari xizmat qiladi. Demak sotsiologiya ijtimoiy hayotining bir sohasi bilan chegaralanib qolmay u inson mansub bo’lgan barch guruhlar, qatlamlar,jamolar, muassasalar, hamda odamlarning kundalik maishiy hayotlari masalalari bilan ham qiziqadi. Vatanimiz mustaqillikka erishgach , boshqa sohalar kabi milliy tizimda ham chuqur islohatlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.Natijada tilning ijtimoiylashuvi , insoniylashuvi (gumanizatsiyalashuvi) kuchaymoqda. Bu borada kata kata mas’ulyat ijtimoiy - gumanitar fanlar zimmasiga tushdi. Sotsial - gumanitar bilimlarni egallash jarayonida muhim o’rinni sotsiologik ta’limotlar egallaydi. Sotsiologik ta’limning muhim funktisyalaridan biri – bu, sotsial tafakkurni shakillantirish , sotsialogik muammolarni tushinish, ularni kelib chiqish manbalarini aniqlash va bartaraf etish yo’llari hamda imkoniyatlarini qidirib topishdan ham iborat. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining rivojlanish imkoniyatlarini sotsiologya fani doirasida tahlil qilish,o’rganish va olingan ilmiy – nazariy xulosalardan amaliyotda foydalanish muhim masalalardan biriga aylanmoqda. Mustaqil o’zbekistonning kelgusidagi ijtimoiy taraqqiyot yo’nalishini o’rganish ko’p jihatdan sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish va bu jarayondagi xulosalarni umumlashtirgan holda mamlakat ichki siyosatining yo’nalishini belgilashda foydalanish muhim masalalardan biriga aylanmoqda. Shu tufayli respublikamizda Sotsiologya fanining yanada rivojlanishiga kata ahamiyat berilib, u barcha oliy o’quv yurtlarini turli muttaxasisliklari uchun o’rganilishi shart bo’lgan fan darajasiga ko’tarildi. “ Sotsiologya”, “satsiolog”, “satsiolgik tadqiqot natijalari” kabi terminlar bizning har kungi hayotimizga aylanib bormoqda. Sotsiologiyada va sotsialogik tadqiqotlar ilmiy jurnal va monografiyalar monopoliyalardan chiqib bormoqda.Hozirda sotsiologik tadqiqotlar natijalari ilmiy ommabop gazeta va jurnallarda,radio va telvidinya orqali e’lon qilinib borilmoqda. Sotsiologik tadqiqotlardan ijtimoiy fikirni hisobga olish ,siyosiy partyalar, liderlar, ularning dasturlari, sotsial tashkilotlarning ommabopligini davlat siyosatini ishlab chiqishda vahakozolarda asosiy insturimet sifatida foydalaniladi. Sotsiologya eng yosh ilmiy fan hisoblanadi. Sotsiologya (lotincha Sociteas – jamiyat va yunoncha logos – ta’limot) – so’zlardan olingan bo’lib, jamiyat haqidagi fan ma’nosini anglatadi. Bundan xulosa chiqadiki , sotsiologiya - jamiyat haqidagi fan . Amerika sotsiologi Dj. Smelzer “Sotsiologiya” darsligida shunday tariff keltirgan. Lekin bu juda falsafa, siyosiy iqtisod, demografiya, tarix antropologiya va boshqalar.Sotsiologyaning ob’ekti – “sotsial” deb atalgan barcha xususiyat, aloqa munosabatlari hisoblanadi.Rus olimi Osipov fikricha sotsial bu indvidlar yoki guruhlar tomonidan konkret sharoitda o’zaro hamkorlik jarayonida umumlashtirilgan,ularning bir biriga munosabatlari va ularni tahlil rtish usuli sotsiologik tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Sotsiologiya bir marotaba ro’y beradigan va noyob hodisalar emas,balki qonuniyatli, doimiy va tipik (takrorlanuvchi) hodisalar qiziqtiradi. “Sotsiologiya “ termini fanga fransus faylasufi Ogyust Kont tomonidan kiritilgan bo’lib, ushbu termin ilk bor uning “Pozitiv falsafa kursi” asarida (1839) qo’llanilgan. Sotsiologya esa bu pozitiv bilimlar cho’qqisidir. U o’z tadqiqotlarida pozitiv uslubda suyanadi.Pozitiv uslub kuzatishlardan to’plangan tajriba va tadqiqotlarni taqqoslash ,ishonchli tekshirilgan , e’tiroz tug’dirmaydigan empiric ma’lumotlar majmuyi nazariy tahlil etishga suyangan. O . kont tomonidan jamiyat haqidagi fanni shakillantirishda mehnat taqsimoti va koperatsiyalashning zarurligi haqidagi qonunning ochib berilishi navbatdagi muhim yakun bo’ldi. Bu omillar jamiyat tarixida kata ijobiy ahamiyatga ega. Shu tufayli sotsial va kasb korlik guruhlari yuzaga keladi, jamiyatning xilma – xilligi o’sadi va odamlarning moddiy farovonligi ko’tariladi. O. Kont o’z qarashlaridan kelib chiqib , Sotsiologiyani ikki sotsial turg’unlik va sotsial jo’shqinlikka bo’ladi. Sotsial turg’unlik ijtimoiy tuzimlarning amal qilish sharoitlari va qonuniyatlarini o’rgatadi.O.Kont Sotsiologiyaning ushbu bo’limida asosiy ijtimoiy inistitutlar : oila, davlat , din, ijtimoiy guruhlarni ijtimoiy funktsiyalari va ularning birdamlik va hamkorlikni o’rnatishdagi rollari ko’rib chiqqan. Sotsial jo’shqinlikda O . Kont insonni ma’naviy, aqliy rivojlanishining muhim omili bo’lgan ijtimoiy taraqqiyot nazaryasini rivojlantiradi. Sotsiologiya – jamiyatni sotsial sistemada, shu sistemani uni tashkil etuvchi elementlari shaxslar,sotsial birliklar insititutlar orqali funkisyalarni bajarishi va rivojlanishini o’rganadigan fan. Sotsiologiya jamiyatda turli tarzda ishtrok etuvchi , nafaqat daromad darajasi balki daromad manbai , ehtiyoj qondirish sifati sohasi, sohasi hayot tarsi bilan farqlanadigan, shuningdek qadiryatlar tizimi, xulq atvor uslubi va motivlari bilan farqlanadigan insonlar guruhlarini ,ular o’rtasidagi munosabatlarni va bu munosabatlarni kelib chiqadigan hodisa va jarayonlarni o’rganadigan fan. Sotsiologiya jamiyat hayoti bilan xilma xil aloqasi ,uning ijtimoiy burchi birinchi navbatda u bajarayotgan funkitsiyalar bilan aniqlanadi. Har qanday fanlar kabi sotsiologyaning eng asosiy funkisyalaridan biri nazariya va amaliyotning birligidir. Sotsialogya tadqiqotlarini ko’pchilik qismi amaliy muammolarni hal etishga yo’naltirilgan . Sotsiologyaning amaliy yo’naltirilganligi shunda namoyon bo’ladi, u ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish mayillari haqidagi ilmiy asoslangan ma’lumotlarni ishlab chiqishga qodir . Mana shunda uning oldiindan aytib berish funkitsiyasi namoyon bo’ladi. Jamiyat hayotida sotsiologik tadqiqotlardan ijtimoiy hayotning turli sohalari rivojlanishi rejalashtirishdan foydalanish katta ahamiyatga ega. Sotsial rejalashtirishda ijtimoiy tizm qanday bo’lishidan qat’i nazar hamma mamlakatda rivojlangan. Sotsiologiya mafkuraviy funkitsiyalarni ham bajaradi. U: - birinchidan tabiy – tarixiy jarayonlarni anglash, jamiyatning taraqiyotining yaqin oradagi maqsadlari va istiqbollarini ishlab chiqishga qaratilgan; - ikkinchidan , ilmiy va mafkuraviy munozarani boshqa qarashlar tizimi orqali olib boorish; - uchinchidan , aholi o’rtasida ilmiy va milliy mafkurani tarqatish ; - to’rtinchidan , malakali mutaxasislar tayorlash, ular tomonidan ilmiy mafkurani har tomonlama o’zlashtirish imkonini beradi, shuningdek , odamlar o’rtasidagi munosabatlarni shakillantirishga , uyg’un hissiyotlarini ijtimoiy munosabatlarga xizmat qildirib yaxshilashga imkon berishi mumkin. Shu tufayli sotsialogya insonparvarlik funkitsiyasini ham bajaradi. Qonun deganda ,odatda aniq vaziyatda umumiy, zaruriy va takrorlanishga xos bo’lgan jiddiy aloqa yoki munosabatlar tushiniladi. Sotsial qonuniyat – sotsial voqeylik va jarayonlarning jiddiy zaruriy aloqasini aks ettiradi. Sotsial qonunlar munosabatlarini aks ettiradi. Bu xalqlar, millatlar , sinflar sotsial kasb - korlik guruhlari , shahar va qishloq , shuningdek jamiyat oila , jamiyat bilan shaxs o’rtasidagi munosabatlarni belgilaydi. Sotsial qonunlar munosabatlarga asoslangan holda odamlar , o’z hayotiy faoliyatlari uchun zaruriy bo’lgan sharoit ta’siri o’rnida qo’llaydilar. Tabiat qonunlari kabi sotsial qonunlar voqealarni tabiy harakati davomida paydo bo’ladi . Ular ko’pchilik individlarning ijtimoiy vaziyatda va ob’ektiv aloqalarda maqsadga muvofiq tasir ko’rsatishi natijasi hisoblanadi yani odamlar yashaydilar, odamlar moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishda qatnashadilar, mahsulotni ayirboshlashadilar, taqsimlaydilar va iste’mol qiladilar, bolalarni dunyoga keltiradilar va tarbiyalaydilar, ularning irodasi va ongi bilan bog’liq bo’lmagan holda qonuniy voqealar zanjiri yuzaga keladi. Sotsial qonun va qonunyatlarni tadbiq etish , demak sotsial soha turli elementlari orasidagizaruriy aloqalarni o’rnatishdir. Sotsiolog qonunlar sotsial sistemaning turli bosqichlarida namoyon bo’luvchi turli xil sotsial birliklar , tashkilotlar va inistitutlarga birlashgan odamlar o’rtasidagi muhim takrorlanib turuvchi o’ziga xos aloqalardir. sotsiologik qonunlar 2 turga bo’linadi umumiy va xususiy qonunlar. 1) Umumiy sotsiologik qonunlar. 2) Xususiy(maxsus ) qonunlar. Umumiysotsiologik nazariyansotsial tizim rivojlanishning umumiy qonunlarini aks ettiradi,sostologik taqiqotlarning metodologiyasi bo’lib xizmat qiladi. Har qanday umumsotsiologik nazariya falsafa, ayniqsa sotsial falsafa bilan uzviy bog’liq. Ijtimoiy falsafaning tamoyillari umumsatsalogik teoriyaning fundamenti sifatida namoyon bo’ladi. Menga bu fan judayam yoqdi. Bilmagan narsalarimni o’rgandim bu fan jamiyatga biz insonlarga hayot yo’lida kerakli fan ekan .Sotsiologya fani barcha fanlardan tubdan farq qilarkan. Bu fanga bo’lgan qiziqishlarim yanada ortdi. Foydalanilgan adabiyotlar: Aliyev B, Rafiqov G’,Sultonov T,Mullajonova M.Rahmonov B, va boshqalar. Sotsialogya (o’quv qo’llanma) 2006. Sotsialogya (O’quv qo’llanma) Ubaydillaeva R.A, Bekmurodov M,B., Otamirzaev O.B.va boshqalar. - Toshkent: A Qodiriy nomidagi xalq merosi 2002. Sotsologiya, Maruzalar kursi.Aliqoriev.N.S ,Bekmurodov . M.B, Mirzayev O.B va boshqalar. Toshkent ,2001 . Umumiy sotsialogya . (Aliqoriev N.S va Ubaydullayeva . R.T tahriri ostida) - Toshkent ; 1999. Xolbekov A, Bekmurodov M, Musaev F va boshqalar. Sotsiologiya; Darslik – T; Milliy gvardiya institute 2020 15 b.t. Download 24.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling