Sotsium va til


Download 31.23 Kb.
bet2/7
Sana30.04.2023
Hajmi31.23 Kb.
#1411962
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3. SOTSIUM VA TIL

Kishi o‘z tafakkur tarziga, farqlash qobiliyati va imkoniyatlariga qarab so‘zlaydi – lisoniy imkoniyatlardan foydalanadi. Bu uning bilim va madaniy saviyasiga, hayotiy ko‘nikma, tajriba va dunyoqarashiga bog‘liq. Qolaversa, har bir inson xarakteri va didi, ma'naviy olami, tafakkur ko‘lami va madaniy saviyasi, ichki ruhiy dunyosi va iste'dodi, yashash muhiti, jamiyatining taraqqiyot darajasi kabi yuzlab omillar ta'sirida turli nutqqa ega, ya'ni lisoniy imkoniyatlardan har xil daraja, saviya va maqsadda foydalanadi. Shu tufayli so‘zlovchining nutqidan uning madaniy saviyasi, ijtimoiy mavqyei, tafakkur tarzini sezish qiyin emas. Bu omilni Alisher Navoiy “Muhokamatul lug‘atayn”da alohida ta'kidlab o‘tadi. Xalqimiz ham “suratiga emas, siyratiga boq” maqolida insonning tashqi qiyofasiga emas, ichki olamiga e'tibor berish lozimligini ta'kidlaydi. Yusuf xos Hojib “Qutadg‘u bilig”ning til mohiyatiga bag‘ishlangan boblarida so‘z (til, nutq) insonning ichki olamini – saviyasi va ruhiyati, tafakkur tarzini yuzaga chiqaruvchi eng muhim vosita deb baholaydi. Xuddi shunday ta'rifni til va nutqqa – faqat XVIII va undan keyingi asrlarda yevropaning buyuk olimlari Frans Bopp, Avgust Shleyxer, Yakob Grimm, Hyerman Paul, Vilhyelm Humboldt, Karl Marks, Ferdinand de Sossyur kabilar ham takrorlashdi. Inson va til (nutq qobiliyati) kabi til va jamiyat ham ajralmasdir.
Til – ijtimoiy hodisa ekan, hamisha jamiyat bilan birga rivojlanishda. Tilning davriy hamda mintaqaviy bo‘linishi va o‘zgarishi sizga dialektologiya, arealogiya, til tarixi o‘quv fanlaridan ma'lum. Lekin ayni bir jamiyatning o‘zidagi har qanday holat – hatto bir hudud va davrda jins, yosh, kasb-korga ko‘ra bo‘linishlar ham tilda o‘zini namoyon qiladi. V.A.Zveginsev fikricha, jamiyatning ijtimoiy tafovutiga ko‘ra til hodisalari 3 guruhga bo‘linadi:
1. Tillarning ijtimoiy va maxsus ishlatilishi.
2. Maxsus tillarning yaratilishi.
3. Ommaviy(milliy) tilning ijtimoiy va kasbiy farqlanishi.
A.Samoylovich esa oltoy turklari tilidagi ayol va erkak leksikasi parallelizmi haqida shunday qiziqarli ma'lumotlarni keltiradi: Tilda sinonomiyani yuzaga keltiruvchi va ijtimoiy hodisalar ta'sirida ro‘y beradigan hodisalardan yana biri argo, jargon va iboralar, tabu va evfemizmlarning vujudga kelishidir. Tilimizda, ba'zi so‘zlar jargonlar bo‘lib, muayyan ijtimoiy qatlam, guruh nutqiga xos hisoblanadi. Kishilar dunyoqarashi, tushuncha va e'tiqodlariga ko‘ra so‘z va tushunchalarga yangi ma'no berish hodisasi ham uchraydi Tilning ijtimoiy o‘ziga xos ko‘rinishlari haqida gapirganda, bunday xoslanish avvalo leksikada – semantika, frazeologiya va stilistikada sodir bo‘lishini unutmaslik kerak. Bunday xoslanish leksikada shu darajada kuchliki, ayni bir jamiyatning nafaqat erkagu ayollari, balki yosh-u keksalarining, avom va zodagonlarining so‘zlari, uslublari farqlidir ham ustuvor bo‘ladi, o‘z ta'sirini shu jamiyatdan uzoq-uzoq o‘lkalarga yetkazadi. Buni o‘zbek tilining XI-XVI asrlardagi mavqyeidan ham bilamiz. Turkiyshunoslar Alisher Navoy asarlari tilining bu davrda Qrimdan Oltoygacha, Rumdan Chingacha (Turkiyadan Xitoygacha) bo‘lgan ulkan mintaqada hukmron adabiy me'yor bo‘lib kelganligini qayd etadilar.
Jamiyatda fanlarning taraqqiyoti tilda ilmiy atamalar, murakkab ilmiy tushunchalar, jarayon va tavsiflarni ifodalovchi so‘zlar va uslubning shakllanishi hamda rivojlanishiga olib keladi. Tilning qo‘llanilish sohasi keskin kengayadi, u uzluksiz rivojlnadi, yangi-yangi so‘z va tushunchalar bilan boyiydi.
Dunyoda yakka holda, boshqalardan batamom uzilgan shaklda yashagan jamiyat bo‘lmagan – qo‘shni xalqlar hamisha bir-biri bilan yaqin aloqalarda bo‘lishgan. Ko‘p hollarda esa turli-tuman qavm-elatlar qo‘shnichilikda yonma-yon yashashgan. Turli xalqlarning tili bir-biriga ta'sir etib, bir-birini boyitgan – so‘z bergan, so‘z olgan. Bunday o‘zaro ta'sirlar tillarning qorishuvi va natijada tamoman yangi bir tilning paydo bo‘lishi darajasigacha borib yetishi mumkin. Shu bois dunyoda sof – boshqa tillar ta'siridan xoli til umuman yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Turli jamiyat – davlatlar orasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalar bunday boyishga keng yo‘l ochadi.



Download 31.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling