Sovet hukumati siyosatidan norozi bo’lgan quloqlar o’z g’allalarini davlat belgilagan narxda davlatga sotishdan bosh tortdilar. Natijada, mamlakatda oziq-ovqat tanqisligi ro’y berdi. Barcha markaziy sanoat gubernalarida ochlik boshlandi. Petrograd va Moskvada ishchilarga 50 grammdan non beriladigan bo’ldi. - Sovet hukumati siyosatidan norozi bo’lgan quloqlar o’z g’allalarini davlat belgilagan narxda davlatga sotishdan bosh tortdilar. Natijada, mamlakatda oziq-ovqat tanqisligi ro’y berdi. Barcha markaziy sanoat gubernalarida ochlik boshlandi. Petrograd va Moskvada ishchilarga 50 grammdan non beriladigan bo’ldi.
- Shunday sharoitda Sovet hukumati g’alla yetishtiruvchi asosiy tabaqa quloqlar bilan sog’lom aql nuqtayi nazaridan til topishish o’rniga zo’ravonlik siyosatini qo’llashga o’tdi. 1918-yilning mayidan boshlab mamlakatda oziq-ovqat diktaturasi o’rnatildi. Oziq-ovqat komissarligiga (vazirligiga) favqulodda vakolatlar berildi. Mamlakatda don bilan erkin savdo qilish taqiqlandi. Donga qat’iy baho belgilandi. Dehqonlar o’zlariga iste’mol va urug’ uchun belgilangan normada g’alla qoldira olar, qolganini esa davlatga topshirishga majbur edilar. G’allani yashirganlar “xalq dushmani” deb e’lon qilinardi va ularni 10 yillik ozodlikdan mahrum etish hamda mol-mulkini musodara qilish jazosi kutardi.
1918 yilning o’zidayoq quloqlardan 13 mln. pud don va 50 mln. gektar yer tortib olindi. Davlat, ayni paytda, dehqonlarga bo’lib berilganidan ortibqolgan yerda sovet xo’jaligi (sovxoz), yani sovet davlatining qishloq xo’jalik korxonasini tuza boshladi. Sovxozda ishlovchilar qishloq xo’jaligi ishchilari xisoblanardi. 1918 – yilning oxiriga kelganda sovxozlar soni 3 mingdan ortiq bo’lib , ularning yer maydoni 2 mln. Desyatinga yaqin edi. - 1918 yilning o’zidayoq quloqlardan 13 mln. pud don va 50 mln. gektar yer tortib olindi. Davlat, ayni paytda, dehqonlarga bo’lib berilganidan ortibqolgan yerda sovet xo’jaligi (sovxoz), yani sovet davlatining qishloq xo’jalik korxonasini tuza boshladi. Sovxozda ishlovchilar qishloq xo’jaligi ishchilari xisoblanardi. 1918 – yilning oxiriga kelganda sovxozlar soni 3 mingdan ortiq bo’lib , ularning yer maydoni 2 mln. Desyatinga yaqin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |