Sovet davlati


Oq gvardiyachi hukumatlar esa Rossiya hududining bo’linmasligi va davlatning yagonaligini e’lon qilganlar. Bu esa, tabiiyki, ularning milliy chekka o’lkalarda qo’llab-quvvatlashmasligiga sabab bo’lgan


Download 1.05 Mb.
bet9/20
Sana25.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1399023
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20

Oq gvardiyachi hukumatlar esa Rossiya hududining bo’linmasligi va davlatning yagonaligini e’lon qilganlar. Bu esa, tabiiyki, ularning milliy chekka o’lkalarda qo’llab-quvvatlashmasligiga sabab bo’lgan

  • Oq gvardiyachi hukumatlar esa Rossiya hududining bo’linmasligi va davlatning yagonaligini e’lon qilganlar. Bu esa, tabiiyki, ularning milliy chekka o’lkalarda qo’llab-quvvatlashmasligiga sabab bo’lgan
  • 1919- yildan Sovet hokimiyati o‘rtahol dehqonlarga nisbatan siyosatni o‘zgartirdi. Agar avvalgi yillarda u o‘rtahol dehqonlarni betaraf qoldirish siyosatini yuritgan bo‘lsa, endi uni o‘z tomoniga og‘dirish siyosatini yurita boshladi. Ayni paytda Sovet davlati Antanta davlatlari o‘rtasidagi ziddiyatlardan ustalik bilan foydalana oldi. Chunonchi, o‘ziga qo‘shni davlatlar — Finlandiya, Estoniya, Latviya va Litva bilan tinchlik shartnomalari, Shvetsiya va Daniya bilan o‘zaro manfaatli savdo shartnomalari imzolay oldi.

5. Turkiston xalqlari milliy  ozodlik harakatining tor  mot etilishi.

  • Bolsheviklar ilgari surgan kommunistik mafkura Turkiston xalqlari uchun mutlaq yot tushuncha edi. Shuning uchun ham mahalliy aholi bu mafkurani avval boshdanoq o‘ziga singdira olmadi. Ikkinchidan, Sovet hukumati o‘rnatilgan
  • dastlabki kundanoq unga mahalliy aholi vakillari jalb etilmadi. Bu bilan bobolarimiz milliy g‘ururi va haq-huquqi inkor qilindi. Shu tariqa, Turkistonda o‘rnatilgan sovet tuzumi podsho Rossiyasi mustamlakachiligining yangi shakli ekanligi dastlabki kunlardanoq oshkor bo‘lib qolgan edi. Uchinchidan, Sovet hokimiyati mahalliy xalqning asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, milliy qadriyatlarini toptagan, oyoqosti qilgan edi. Shuning uchun ham millatparvar, erksevar kuchlar 1917-yilda Turkiston Muxtoriyatini tuzdi. Biroq u Sovet hokimiyati tomonidan qonga botirilganligi sizga avvalgi darslardan ma’lum.

Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi bilan farg‘onaliklar Turkistonda birinchi bo‘lib bolsheviklar hokimiyatiga qarshi qurolli kurashga otlandilar. Turkistonda milliy-ozodlik harakati 1918-yilning fevral oyida boshlandi. Katta Ergash, Kichik Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek, Islom pahlavon va Yormat Maxsum kabilar bu harakat yo‘lboshchilari bo‘ldilar. Sovet hokimiyati Turkiston xalqlari milliy-ozodlik harakatini bosmachilik harakati, deb tahqirladi.

  • Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi bilan farg‘onaliklar Turkistonda birinchi bo‘lib bolsheviklar hokimiyatiga qarshi qurolli kurashga otlandilar. Turkistonda milliy-ozodlik harakati 1918-yilning fevral oyida boshlandi. Katta Ergash, Kichik Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek, Islom pahlavon va Yormat Maxsum kabilar bu harakat yo‘lboshchilari bo‘ldilar. Sovet hokimiyati Turkiston xalqlari milliy-ozodlik harakatini bosmachilik harakati, deb tahqirladi.
  • «Bosmachi» deyilganda xalq o‘rtasida harbiy sohaga aloqasi bo‘lmagan jinoyatchi unsurlar, o‘g‘rilar va bezorilar to‘dasi tushunilgan. Xo‘sh, Turkistondagi milliy-ozodlik harakatining harakatlantiruvchi kuchlari ana shunday jinoyatchi to‘dalar edimi? Aslo unday emas. Ular Turkistonni bosqinchi bolsheviklar armiyasidan tozalash, Sovet hokimiyatini tugatish, milliy mustaqil davlatga ega bo‘lish uchun kurashganlar. Bu kurash 1935yilgacha davom etdi. Biroq bu harakat Sovet hokimiyati tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling