6. Yangi iqtisodiy siyosat. - Fuqarolar urushi va chet el intervensiyasi natijasida Sovet Rossiyasi katta talofat ko’rdi.
- Chunonchi, xalq xo‘jaligiga yetkazilgan zarar 50 mlrd oltin so‘mni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi 1920-yilda 1913yilga nisbatan 7 baravar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish esa 3 foizga kamaydi. Urush maydonlarida, shuningdek, ochlik va kasallik, oq va qizil terror natijasida 8 mln kishi halok bo‘ldi. 2 mln kishi siyosiy boshpana izlab mamlakatdan chiqib ketdi. Ularning 75 mingdan ortig‘i ilg‘or va talantli ziyolilar edi.
- Ishchilarning soni 2 baravar kamaydi. Ularning ma’lum qismi sinfiy qiyofasini yo‘qotdi. Ishsizlik kuchaydi, bu hol ularda afsuslanish, loqaydlik, tushkunlik kayfiyatini kuchaytirdi. Ayni paytda, ishchilar orasida sovet hokimiyati siyosatidan norozilik ham kuchayib bordi. Ishchilar madadidan ayrilish sovet hokimiyati uchun hayot-mamot masalasi edi. 1920-yilning oxiriga kelganda dehqonlar oziq-ovqat razvyorstkasi siyosatiga ochiqdanochiq qarshi chiqa boshladi.
Bu tahdid sovet hokimiyati uchun qanday oqibatga olib kelishi mumkinigini - Bu tahdid sovet hokimiyati uchun qanday oqibatga olib kelishi mumkinigini
3,5 millionli Qizil Armiyaning 77 foizini dehqonlar tashkil etganligidan bilsa ham bo‘lar edi. Ahvol shaharlarda ish tashlashga, qishloqlarda esa dehqonlarning isyoni kuchayishigacha borib yetdi. - Norozilik armiyaga ham kirib bordi. Chunonchi, 1921-yilning fevral oyida Kronshtadt harbiy-dengiz qal’asida isyon ko‘tarildi. Sovet hukumati isyonni kuch bilan bostirdi. Sovet hukumati «harbiy kommunizm» siyosatini bekor qilishga, 1921-yil bahorida uning o‘rniga yangi iqtisodiy siyosat (nep)ni joriy etish yo‘lini tutishga majbur bo‘ldi. Yangi iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishlarini mashhur iqtisodchi M. A. Lorin ishlab chiqqan.
- Xo‘sh, yangi iqtisodiy siyosat «harbiy kommunizm» siyosatidan qanday asosiy xususiyatlari bilan farq qiladi?
- Razvyorstka o‘rniga oziq-ovqat solig‘i joriy etildi. Bu soliq, birinchidan, razvyorstkadan 2 baravar kam edi. Ikkinchidan, u oldin e’lon qilib qo‘yildi. Ayni paytda, uning miqdori qat’iy va o‘zgarmas edi. Bu hol, o‘z navbatida, dehqonga soliq uchun to‘langan miqdordan ortib qolgan donni o‘ziga olishga imkon berardi. Endi, dehqon uni bozor narxida erkin sotish imkoniga ega bo‘ldi. Yakka hol dehqonlar qishloq xo‘jalik mahsulotining 98,5 foizini ishlab chiqaradigan bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |