12. Kollektiv xavfsizlik tizimini vujudga keltirish muammosi. - Fashizm xavfi kuchayib borayotgan bir davrda, Fransiya kollektiv xavfsizlik tizimini vujudga keltirish taklifi bilan chiqqan edi. Sovet davlati
- 1933yildan boshlaboq bu g‘oyaning faol taraf-
- dorlaridan biriga aylandi. Chunki Germaniya fashizmining antikommunistik tig‘i, uning nemis kommunistlariga nisbatan tutayotgan siyosati Sovet hukumatini befarq qoldirmadi.
- Xavfsizlik tizimi uchun kurash Sovet davlati xalqaro ahvolining yaxshilanishiga xizmat qildi. Chunonchi, 1933-yilda AQSH Sovet davlatini tan oldi va u bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. 1934-yilda esa Qizil imperiya Millatlar Ligasiga qabul qilindi.
Biroq, kollektiv xavfsizlik tizimini vujudga keltirish ishiga qo‘shilgan real hissa 1935-yilda Sovet davlatining Fransiya va Chexoslovakiya bilan o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomani imzolashi bilan cheklanib qolgan. Vaholanki, qudratli siyosiy doiralar bu shartnomalarning amalda bajarilishiga ishonmas edilar. Fransiya Buyuk Britaniyaning Germaniyaga nisbatan qo‘llayotgan «tinchlantirish» siyosatiga qo‘shildi (qarang 1—2-§). 1938yilda Myunxen shartnomasi imzolangach, Sovet davlati kollektiv xavfsizlik tizimini yaratib bo‘lmasligiga qat’iy ishondi. Myunxen shartnomasi 1935yilda Sovet davlatining Fransiya va Chexoslovakiya bilan imzolagan shartnomalarini amalda quruq qog‘ozga aylantirib qo‘ydi. Buning ustiga, Fransiya tez orada Germaniya bilan shartnoma imzoladi. Moskvada «imperialistik davlatlar» o‘zaro nizolarini Sovetlar hisobidan hal etmoqchi, degan qat’iy fikr paydo bo‘ldi. - Biroq, kollektiv xavfsizlik tizimini vujudga keltirish ishiga qo‘shilgan real hissa 1935-yilda Sovet davlatining Fransiya va Chexoslovakiya bilan o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomani imzolashi bilan cheklanib qolgan. Vaholanki, qudratli siyosiy doiralar bu shartnomalarning amalda bajarilishiga ishonmas edilar. Fransiya Buyuk Britaniyaning Germaniyaga nisbatan qo‘llayotgan «tinchlantirish» siyosatiga qo‘shildi (qarang 1—2-§). 1938yilda Myunxen shartnomasi imzolangach, Sovet davlati kollektiv xavfsizlik tizimini yaratib bo‘lmasligiga qat’iy ishondi. Myunxen shartnomasi 1935yilda Sovet davlatining Fransiya va Chexoslovakiya bilan imzolagan shartnomalarini amalda quruq qog‘ozga aylantirib qo‘ydi. Buning ustiga, Fransiya tez orada Germaniya bilan shartnoma imzoladi. Moskvada «imperialistik davlatlar» o‘zaro nizolarini Sovetlar hisobidan hal etmoqchi, degan qat’iy fikr paydo bo‘ldi.
- 1938yilda Yaponiya bilan yuz bergan harbiy to‘qnashuv Sovet davlatining bu fikrini yanada mustahkamladi. Moskva endi ikki frontda — G‘arbda Germaniya bilan, Sharqda esa Yaponiya bilan urushga tortilishdan xavfsirab qoldi. Bu xavfsizlik Sovet davlati rahbariyatini o‘z tashqi siyosati yo‘nalishini qayta ko‘rib chiqishga undadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |