10.Madaniy inqilob. - Madaniy inqilobning asosiy vazifasi eski tuzumdan meros qolgan madaniy qoloqlikni tugatish, sotsialistik ziyolilarni shakllantirish, madaniyatni partiya siyosatiga bo‘ysundirish va jamiyatda yagona mafkura — kommunistik mafkura hukmronligini qaror toptirishdan iborat bo‘ldi.
- Bolsheviklar yangi sotsialistik madaniyat asosini marksistik mafkura tashkil etadi, deb hisoblardilar. Binobarin, sotsialistik madaniyat proletariatning ( ishchilarning) sinfiy kurashi vazifalariga xizmat qilishi zarur edi. Bolsheviklarning madaniyat sohasidagi siyosatiga ziyolilar qarshi turdilar. Ular aholining 2,2 foizini tashkil etardi. 1917-yilda ziyolilarning 10 foizdan kamrog‘i bolsheviklar partiyasi, bir qismi kadetlar va liberal sotsialistlar partiyalari safida bo‘lsa, asosiy qismi esa betaraf pozitsiyada turdi. Sovet davlati o‘zining jazo organi BFK — (Butunrossiya favqulodda komissiyasi) 1922- yildan DSB (Davlat siyosiy boshqarmasi), 1923-yildan BDSB ( Birlashgan Davlat siyosiy boshqarmasi) yordamida ziyolilarni ta’qib etish siyosatini yuritdi.
NEPga o‘tish ziyolilarning bir qismi sovetlar tarafiga o‘tishiga sabab bo‘ldi. Ziyolilarning bir guruhi Rossiyaning iqtisodiy va madaniy jihatdan qayta uyg‘onishi uchun Sovet hokimiyati bilan hamkorlik qilishni afzal deb bilganlar. Ayni paytda, marksistik mafkuraga tarafdor bo‘lmagan ziyolilar egallab turgan vazifalaridan ozod etilgan. - NEPga o‘tish ziyolilarning bir qismi sovetlar tarafiga o‘tishiga sabab bo‘ldi. Ziyolilarning bir guruhi Rossiyaning iqtisodiy va madaniy jihatdan qayta uyg‘onishi uchun Sovet hokimiyati bilan hamkorlik qilishni afzal deb bilganlar. Ayni paytda, marksistik mafkuraga tarafdor bo‘lmagan ziyolilar egallab turgan vazifalaridan ozod etilgan.
- 1922- yilda alohida senzura organi — Glavlit tashkil etildi. Uning ruxsatisiz gazeta, jurnal chiqarish va kitoblar chop etish mumkin emas edi.
- Bolsheviklar partiyasi hokimiyat tepasida mustahkamlanib olgach, sotsialistik ziyolilarni shakllantirish siyosatini yurita boshladi. Bu ziyolilar yangi tuzumga sadoqat bilan xizmat qilishga da’vat etildi. 1927-yilga kelib mamlakatda 148 ta institut va universitet ishlay boshladi (1917-yilda ularning soni 95 ta bo‘lgan).
- Mafkura kadrlarini tayyorlash uchun 1918-yilda kommunistik universitet; 1921- yilda esa K. Marks va F. Engels instituti, Qizil professorlar instituti, Sharq mehnatkashlarining kommunistik universiteti; 1923-yilda V. I. Lenin instituti ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |