Sovet davlati


Download 1.05 Mb.
bet16/20
Sana25.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1399023
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

Madaniy inqilob siyosatida umumta’lim maktablarini qayta qurish masalasi alohida e’tiborda turdi. O‘quv dasturlari va darsliklari, o‘tmish va hozirgi tarix sinfiylik va partiyaviylik nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqildi. Madaniy inqilob natijasida, bolsheviklar so‘zi bilan aytganda, «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» adabiyot shakllantirildi.

  • Madaniy inqilob siyosatida umumta’lim maktablarini qayta qurish masalasi alohida e’tiborda turdi. O‘quv dasturlari va darsliklari, o‘tmish va hozirgi tarix sinfiylik va partiyaviylik nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqildi. Madaniy inqilob natijasida, bolsheviklar so‘zi bilan aytganda, «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» adabiyot shakllantirildi.
  • Ijodkorlar «sotsialistik realizm» ruhida asar bitishlari zarur edi. Bunday asarlar o‘zining inqilobiy ruhi, asar qahramoni mafkurasini tubdan o‘zgartirib borish hamda mehnatkashlarni sotsialistik ruhda tarbiyalashga xizmat qilish kabi xususiyatlari bilan ajralib turishi lozim edi.
  • Milliy adabiyotlarda proletar internatsionalizmi g‘oyalari ustun turishi zarur edi. Milliy o‘ziga xoslikni saqlashga uringan ijodkorlar qatag‘on qilindilar. Chunonchi, O‘zbekistonda Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Abdulhamid Cho‘lpon, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqalar qatl etildi.

Bolsheviklar partiyasi tarixi bo‘yicha o‘quv darsligi va qo‘llanmalari o‘ziga xos «yo‘lchi yulduz» vazifasini o‘tay boshladi. Tabiiy, aniq va texnika fanlarini ham imkoni boricha kommunistik mafkuraga xizmat qildirishga harakat qilindi.

  • Bolsheviklar partiyasi tarixi bo‘yicha o‘quv darsligi va qo‘llanmalari o‘ziga xos «yo‘lchi yulduz» vazifasini o‘tay boshladi. Tabiiy, aniq va texnika fanlarini ham imkoni boricha kommunistik mafkuraga xizmat qildirishga harakat qilindi.
  • Sovet davlati 30-yillarning oxiriga kelib xalq xo‘jaligi uchun o‘zining sof mutaxassislarini kerakli miqdorda tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi va 1930yilda umumiy majburiy boshlang‘ich ta’lim joriy etildi. 1932-yilda 8—11 yoshli bolalarning 98 foizi maktablarga qatnay boshladi. 1934-yilda esa 10 yillik ta’lim joriy etildi. 1939-yilga kelib, SSSR aholisining 81,2 foizi savodli edi.
  • Bolsheviklar partiyasi omma o‘rtasida ateistik targ‘ibot ishini zo‘r kuch bilan olib bordi. Cherkov va masjidlar mol-mulkdan mahrum etildi. Dinning jamiyat hayotidagi ijobiy o‘rni butunlay inkor etildi hamda din va dindorlarga qarshi kurash avj oldirildi. Ko‘plab din arboblari qatag‘on qilindi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling