Sovet davlati


Download 1.05 Mb.
bet17/20
Sana25.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1399023
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

Sovet jamiyatining har bir a’zosi mafkuralashtirilgan biror-bir tashkilotga jalb etilgan edi. Masalan, eng ishonchli kishilar kompartiya safiga (2 mln kishi), ongli yoshlar komsomolga (9 mln kishi), bolalar — pioner tashkilotiga, ishchi va xizmatchilar kasaba uyushmalariga (22,5 mln kishi), adabiy va badiiy ijodkorlar uyushmalariga birlashtirilgan edi. Ular sovet davlatining navbatdagi har qanday vazifalariga safarbar etilishga tayyor edilar.

  • Sovet jamiyatining har bir a’zosi mafkuralashtirilgan biror-bir tashkilotga jalb etilgan edi. Masalan, eng ishonchli kishilar kompartiya safiga (2 mln kishi), ongli yoshlar komsomolga (9 mln kishi), bolalar — pioner tashkilotiga, ishchi va xizmatchilar kasaba uyushmalariga (22,5 mln kishi), adabiy va badiiy ijodkorlar uyushmalariga birlashtirilgan edi. Ular sovet davlatining navbatdagi har qanday vazifalariga safarbar etilishga tayyor edilar.
  • Xulosa qilib aytganda, 30-yillar oxiriga kelib jamiyatda yagona mafkura — marksizm-leninizm (kommunistik) mafkurasining to‘la hukmronligi qaror toptirildi. Boshqa barcha mafkuralar to‘la inkor etildi.

1921-yilda sovet davlati o’zining janubiy qo’shnilari  Turkiya, Eron va Afg’oniston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishga erishdi. 1922yilda Germaniya amalda sovet davlatini tan oldi

  • 1921-yilda sovet davlati o’zining janubiy qo’shnilari  Turkiya, Eron va Afg’oniston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishga erishdi. 1922yilda Germaniya amalda sovet davlatini tan oldi
  • va ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlana boshladi.
  • 1924yilda Buyuk Britaniya Sovet davlatini tan oldi. Buyuk davlatlardan faqat AQSH qizil imperiyani tan olishni paysalga sola boshladi. Sovet davlati o‘z tashqi siyosatining strategik yo‘nalishini belgilashda o‘z xavfsizligiga sobiq Antanta davlatlari tahdid solishi mumkinligini hisobga oldi va shuning uchun ham u g‘arb davlatlari, birinchi navbatda, Buyuk Britaniya va Fransiya siyosatini diqqat bilan kuzatib bordi. Ayni paytda g‘arb davlatlari o‘rtasida imzolangan Lokarno shartnomasiga qarshi chiqdi. Lokarno shartnomasi Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Chexoslovakiya va Polsha o‘rtasida imzolangan va Germaniyani Millatlar Ligasiga qabul qilishga kelishilgan edi. 1925—1927-yillarda Sovet hukumati Turkiya, Litva, Eron va Afg‘oniston bilan betaraflik va bir-biriga hujum qilmaslik haqida shartnomalarni imzolashga muvaffaq bo‘ldi.

11. 20 – 30 yillarda SSSRning tashqi siyosati.
  • 1928- yilda buyuk davlatlar o‘rtasida «Siyosatda urushdan voz kechish va barcha kelishmovchilik hamda nizolarni tinch vositalar yordamida hal etish to‘g‘risida» shartnoma imzolandi. Sovet hukumatining qat’iy talabi bilan g‘arb davlatlari shartnomani uning ham imzolashiga rozilik berishga majbur bo‘ldilar. 1932-yilda Sovet davlati Finlandiya, Estoniya, Polsha va Fransiya bilan o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolanishiga muvaffaq bo‘ldi.
  • 1931- yilda Uzoq Sharqda Yaponiya harbiy harakatlarni boshlab yubordi. 1933- yilda Germaniyada fashizmning hokimiyat tepasiga kelishi xalqaro ahvolga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
  • Endi, Sovet davlati Germaniya va Yaponiya bilan munosabatlarni ehtiyotkorlik, ehtiroslarga berilmaslik tamoyili asosida qurish lozim, deb hisoblardi.
  • 3 — Jahon tarixi
  • Sovet hukumati 1935-yilda Italiyaning Efiopiyaga qarshi agressiyasini qoraladi. General F. Frankoning Ispaniyada fashistik diktaturasini o‘rnatishiga qarshi kurashayotgan kuchlarga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Ularga yordam uchun ko‘ngillilarni jo‘natdi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling