Sovet davlati


Download 1.05 Mb.
bet13/20
Sana25.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1399023
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20

Chunki, davlat rahbarlari fikricha, bu sohalarni rivojlantirmay turib «kapitalistik qurshov»ga qarshi turib bo‘lmas edi. Bu maqsadga erishish yo‘lida yangi iqtisodiy siyosatdan ham voz kechildi. Xo‘jalikni boshqarish o‘ta markazlashtirildi.

  • Chunki, davlat rahbarlari fikricha, bu sohalarni rivojlantirmay turib «kapitalistik qurshov»ga qarshi turib bo‘lmas edi. Bu maqsadga erishish yo‘lida yangi iqtisodiy siyosatdan ham voz kechildi. Xo‘jalikni boshqarish o‘ta markazlashtirildi.
  • Xalq xo‘jaligi «besh yillik planlar» deb atalgan direktiv rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi. Hukumat o‘z maqsadini ro‘yobga chiqarishni qattiq repressiya siyosati bilan qo‘shib olib bordi. Mamlakatda amalda qullik mehnati joriy etildi. Bu tadbirlar o‘z samarasini bermay qolmadi.

1929—1937- yillar oralig‘ida jami 6 mingga yaqin yirik sanoat korxonasi ( yiliga 600—700) qurildi. 1937-yilga kelib Sovet davlati sanoat mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda AQSH dan so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Chetdan 100 turdan ortiq mahsulot sotib olinmaydigan bo‘ldi va texnikiqtisodiy jihatdan boshqa davlatlarga qaramlikdan qutuldi.

  • 1929—1937- yillar oralig‘ida jami 6 mingga yaqin yirik sanoat korxonasi ( yiliga 600—700) qurildi. 1937-yilga kelib Sovet davlati sanoat mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda AQSH dan so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Chetdan 100 turdan ortiq mahsulot sotib olinmaydigan bo‘ldi va texnikiqtisodiy jihatdan boshqa davlatlarga qaramlikdan qutuldi.
  • Biroq shuni ham ta’kidlash adolatli bo‘ladiki, Sovet davlati sanoat mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 2-o‘ringa chiqqan bo‘lsa-da, aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishda boshqa buyuk davlatlardan ancha orqada qolgan edi. Qizil imperiya o‘zining butun umri davomida ana shu qoloqlikni bartaraf eta olmadi.

9. Qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish.

  • Bolsheviklar partiyasining XV syezdi 1927-yilda qishloq xo’jaligini to’la kollektivlashtirish to’g’risida qaror qabul qildi. Qishloq 30-yillarning oxirigacha to‘la kollektivlashtirildi. Ular o‘zlarining bu siyosatini qishloqni sotsialistik asosda qayta qurish, deb atadilar. Xo‘sh, kollektivlashtirish nima edi?
  • Kollektivlashtirish natijasida qishloqda yakka tartibda faoliyat yurituvchi o‘rtahol dehqon xo‘jaliklarini tugatib, ularning o‘rnida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kollektiv (jamoa) mehnat asosida yetishtiruvchi xo‘jalik ( kolxoz deb atalgan) vujudga keltirildi.
  • Jamoa xo‘jaligining yeri davlatniki edi. Davlat yerni kollektiv xo‘jaliklarga tekinga ijaraga berdi. Jamoa xo‘jaligi xo‘jalik hisobi asosida faoliyat yuritdi. Davlat yeridan foydalanganligi uchun hamda topgan daromadlari yuzasidan davlatga soliq to‘lagan. Aholi biror-bir tabaqasining xususiy mulk shaklida yeri bo‘lmagan.
  • Kolxoz o‘ziga berilgan yerda davlat rejasiga ko‘ra mahsulot yetishtirgan. Mahsulot davlat tomonidan qat’iy belgilangan narxda sotib olingan. Soliq to‘lovidan hamda mahsulot yetishtirish uchun yil davomida qilgan xarajatlaridan ortgan mablag‘ kolxozning mulki bo‘lgan.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling