Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida milliylashtirilgan mayda va o‘rta korxonalar egalariga qaytarib berildi. Xususiy shaxslarga bunday korxonalarni ochishga ruxsat etildi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari ijarasi joriy etildi. - Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida milliylashtirilgan mayda va o‘rta korxonalar egalariga qaytarib berildi. Xususiy shaxslarga bunday korxonalarni ochishga ruxsat etildi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari ijarasi joriy etildi.
- Chet el kapitali kirib kelishiga ruxsat etildi. Ular Sovet davlati korxonalarini ijaraga ola boshladilar. Ayni paytda qo‘shma korxonalar qurishga ruxsat etildi. 20-yillarning o‘rtalariga kelganda, kapitalistik sektor sanoat mahsulotining 27 foizini ishlab chiqara boshladi. Chakana savdoning 75 foizi, ulgurji savdoning esa 18 foizi xususiy soha qo‘lida to‘plandi.
- Korxonalarning xo‘jalik hisobi asosida ishlashi joriy etildi. Bu esa, o‘z navbatida, korxonalarning asta-sekin o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash, o‘zini o‘zi pul bilan ta’minlash imkonini berar edi.
- Mehnatga qarab ish haqi to‘lash qayta tiklandi.
- Yangi iqtisodiy siyosat tez orada o‘z samarasini ko‘rsata boshladi. Chunonchi, 1922-yilda mahsulotlarni taqsimot asosida berish bekor qilindi. 1925- yilga kelib don yetishtirish 1909—1913-yillar oralig‘idagi yillik ko‘rsatkich darajasidan oshdi. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha 1926- yilda 1913-yilgi ko‘rsatkichga erishildi. Sanoat mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishda 1913-yil ko‘rsatkichiga 1926—1927-yillarda erishildi. Iste’mol buyumlari ishlab chiqarisda 1913-yil ko’rsatkichning 72 foizini tashkil etdi.
7. SSSRning tashkil etilishi. - 7. SSSRning tashkil etilishi.
- Bolsheviklar partiyasi har bir millatga o’z taqdirinio’zi belgilash huquqini berish haqidagi va’dasidan tez orada voz kechdi.
- Sovet davlati (RSFSR) rahbarlari sobiq Rossiya imperiyasi hududini mumkin qadar yana avvalgi chegaralarda saqlab qolishga urindilar. Xo‘sh, nega shunday bo‘ldi? Bolsheviklar fikricha, birinchidan, yagona imperiya saqlanmasa, Rossiya jahon inqilobi tayanchi va harakatlantiruvchi kuchi bo‘lishdek strategik vazifaning uddasidan chiqa olmas edi.
- Ikkinchidan, dunyoda faqatgina mehnatkashlar davlati bo‘lgan bolsheviklar davlati, ularning o‘z so‘zlari bilan aytganda, kapitalistik qurshov siquviga bardosh bera olmaydi. Bolsheviklar o‘zlarining bu maqsadlari yo‘lida hech narsadan qaytmadilar.
- 1922- yilning 30-dekabrida to‘rtta respublika yagona davlat — SSSRga — Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqiga birlashdilar. Bular: RSFSR, Ukraina, Belorussiya va Zakavkaze Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyani birlashtirgan edi. Ularning vakolatli vakillari syezdi (SSSR sovetlarining I syezdi) 1922-yilning 30dekabrida SSSR tuzilganligi haqida Deklaratsiya va Shartnoma qabul qildi. 1924- yilda esa bu yangi davlatning Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |