Hukumat Qizil Armiya oldiga hujumni davom ettirish, Polsha poytaxtini egallash va Polshada sovet hokimiyatini e’lon qilish uchun barcha zarur harbiy-siyosiy sharoit yaratish vazifasini qo‘ydi. Hujum davom etayotgan bir sharoitda hatto F. E. Dzerjinskiy (Butunrossiya favqulodda komissiyasi raisi) boshchiligida bo‘lajak Sovet Polshasi hukumati tuzildi. Biroq barcha zarur ta’minotdan ajralib qolgan sovet davlatining G‘arbiy front qo‘shinlari Varshava shahri ostonalarida mag‘lubiyatga uchradi va, shu tariqa, Polshani sovetlashtirish siyosati barbod bo‘ldi. 1920-yilning oktabr oyida Polsha— Rossiya yarash bitimi, 1921-yilning mart oyida esa tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, Ukraina va Belorussiyaning g‘arbiy qismlari Polshaga o‘tdi. - Hukumat Qizil Armiya oldiga hujumni davom ettirish, Polsha poytaxtini egallash va Polshada sovet hokimiyatini e’lon qilish uchun barcha zarur harbiy-siyosiy sharoit yaratish vazifasini qo‘ydi. Hujum davom etayotgan bir sharoitda hatto F. E. Dzerjinskiy (Butunrossiya favqulodda komissiyasi raisi) boshchiligida bo‘lajak Sovet Polshasi hukumati tuzildi. Biroq barcha zarur ta’minotdan ajralib qolgan sovet davlatining G‘arbiy front qo‘shinlari Varshava shahri ostonalarida mag‘lubiyatga uchradi va, shu tariqa, Polshani sovetlashtirish siyosati barbod bo‘ldi. 1920-yilning oktabr oyida Polsha— Rossiya yarash bitimi, 1921-yilning mart oyida esa tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, Ukraina va Belorussiyaning g‘arbiy qismlari Polshaga o‘tdi.
- Polshani «sovetlashtirish» siyosati barbod bo‘lgan bo‘lsa-da, Sovet hukumati bu siyosatni boshqa chekka o‘lkalardagi xalqlarning milliy-ozodlik harakatini qonga botirish orqali amalga oshirdi. Chunonchi, 1920-yilning aprel oyida Ozarbayjonda, noyabr oyida esa Armanistonda, 1920-yilning fevral-mart oylarida Gruziyada shunday qilindi.
O‘rta Osiyoni sovetlashtirish maqsadida Turkiston ASSR tuzildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi o‘rnida 1920-yilning fevralida Xorazm, oktabr oyida esa Buxoro Xalq Respublikalari tuzilganligi e’lon qilindi. - O‘rta Osiyoni sovetlashtirish maqsadida Turkiston ASSR tuzildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi o‘rnida 1920-yilning fevralida Xorazm, oktabr oyida esa Buxoro Xalq Respublikalari tuzilganligi e’lon qilindi.
- A. B. Kolchak armiyasi tor-mor etilgach, Qizil Armiya 1920-yilning bahorida Uzoq Sharq tomon yurish boshladi. Uzoq Sharqni bu davrda Yaponiya egallab olgan edi. 1922-yilda Qizil Armiya Vladivostok shahrini egalladi va Uzoq Sharq oq gvardiyachilar hamda interventlardan to‘la tozalandi.
- Shu tariqa fuqarolar urushi va chet el intervensiyasi bolsheviklar g‘alabasi bilan tugadi. Bolsheviklar g‘alabasining asosiy sababi — ularning mamlakat aholisi asosiy qismi bo‘lgan mayda va o‘rtahol dehqonlar tomonidan qo‘llabquvvatlanishiga erishganliklari edi. Ayni paytda milliy chekka o‘lkalarda ham ularni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar bo‘lgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |