Sovet hokimyatining O'zbekiston ssrdagi sanoatlashtirish siyosati (1925-1941 yillar). Reja: Kirish


Sovet hokimiyatining o‘lkamiz da yuritgan qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlari. Qonun va inson huquqlarining poymol etilishi


Download 40.87 Kb.
bet4/5
Sana23.09.2023
Hajmi40.87 Kb.
#1686226
1   2   3   4   5
Bog'liq
OF-1

Sovet hokimiyatining o‘lkamiz da yuritgan qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlari. Qonun va inson huquqlarining poymol etilishi.
20-yillarning oxiridan boshlab mamlakat va respublikada tarkib topib kelayotgan totalitar jamiyatga xos xususiyatlar tobora oshkora namoyon bola boshladi. Muhim qarorlarning hammasi tor partiya doirasida qabul qilinar va butun mamlakat uchun majburiy bo‘lib qolardi. Demokratiyani bog‘ish, haq-huquqlarning, qonunchiliklarning ommaviy ravishda buzilishiga olib keldi. Natijada milliy madaniyatni qayta tiklash, xalq turmushini yaxshilashga e'tibor qaratmoqchi bo‘lgan rahbar xodimlar Akmal Ikromov, Turar Risqulov, Fayzulla Xo‘jaev, Nazir Toraqulov va boshqa arboblar millatchilikda ayblandi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muqobil yollarini amalga oshirishga uringan kishilar guruhbozlikka qarshi kurash shiori ostida tazyiqqa uchradi. Keyinchalik "inog‘omovchilik", "O‘n sakkizlar guruhi", "qosimovchilik" deb nom olgan ishlar o‘sha paytlarda to‘qilgan edi. "On sakkizlar guruhi" bolsheviklar tomonidan boy-quloq deb nomlangan oziga toq xo‘jaliklarning yer-suv islohoti jarayonida belgilangan me'yordan ortiqcha mol-mulkni tortib olinishiga qarshi chiqdilar.
O‘zbekiston yer ishlari xalq komissari I.Xidiraliev boshchiligida 18 nafar mas'ul partiya va sovet xodimlari dehqonlarni iqtisodiy jihatdan himoya qilinganliklari uchun jazolandilar. Shu davrda O‘zbekiston Kompartiyasi MKning matbuot bolimi mudiri R.Inag‘omov, O‘zbekiston Oliy sudi raisi S.Qosimov va ularning tarafdorlari partiyani O‘zbekistonda mustamlakachilik siyosati olib borayotganlikda aybladilar, iqtisodiyot, madaniyatning mustaqil rivojlanishiga yo‘l ochib berishni talab qildilar. Natijada nohaq ayblanib, qatag‘on qilindilar. 1929-yil oxirlarida Munavvar Qori Abdurashidxonov boshchiligidagi "Milliy istiqlol" tashkilotining a'zolari qamoqqa olindilar. Ular sovet hokimiyatining siyosatiga qarshi chiqqan reaktsion tashkilotlarning a'zosi sifatida qoralandilar. Toshkentda qamalgan tashkilotning 85 nafar a'zosidan 15 nafari otib tashlandi (Munavvar Qori Abdurashidxonov 1931-yil Moskvada otilgan), qolganlari ahloq tuzatish mehnat lagerlariga jonatildilar, 30-yillarda qonunbuzarlik va qatag‘onlar yanada avjga chiqdi, inson qadr - qimmati poymol etildi. Buning oqibatida 1937-yil ikkinchi yarmidan song A.Qodiriy, Cholpon, Fitrat, Elbek, Usmon Nosir va boshqalar, matbuot va adabiyot xodimlari, tarjimonlar va olimlar, ruhoniylar nohaq ravishda xalq dushmani sifatida ayblanib, qatag‘on qilindilar. Ular yaratgan asarlar va badiiy tarjimalarni oqish ta'qiqlab qoyildi. Islomga oid noyob qolyozma kitoblar yoq qilindi. O‘zbekistonda yalpi qatag‘on partiya va davlatga xizmat qilgan atoqli arboblarni qamoqqa olishdan boshlandi. Siyosiy boshqarma U.Xojaev. A.Ikromov, S.Segizboev va boshqalar ustidan "sovetlarga qarshi qoporuvchilik" degan uydirmalarni toqib chiqardilar. Chunki ular bahs va munozaralarda o‘z dunyoqarashlarini sobit turib himoya qila oladigan xalq etakchilari edi, 1931-1939-yilLarda O‘zbekiston jamiyatning hamma tabaqalariga yoyilgan hibsga olish tolqini ostida qoldi. Olimlar, muhandislar, shoiru - yozuvchilar, maorifchilar, san'atkorlar, jurnalistlar, hattoki ishchi va dehqonlar ham ta'qib ostiga olindi va qatag‘on qilindi.
O‘zSSR Ichki ishlar xalq komissarligining ichki turmasi va boshqa qamoqxonalarida mahbuslar jismoniy jazolarga mahkum bo‘ldilar. Mahbuslarning ko‘plari bu holatdan chiqish, qutulishning yagona yo‘li o‘z joniga qasd qilish deb bildilar. Ayrimlari esa qilmagan jinoyatlarini bo‘yniga olishga majbur bo‘lganlar.
Xullas, 1937-1939-yillarda sohta ayblovlar bo‘yicha O‘zbekistonda hammasi bo‘lib, 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan, ulardan 37 mingdan ortiq kishi jazolangan, ularning ichidan 6 ming 920 kishi esa otib tashlangan. («Pravda Vostoka» 1991, 15 sentyabr). Natijada, respublika ozining kuchli kadrlaridan ayrildi, ziyolilar avlodlarining payvastaligi vahshiyona buzildi. Shunday qilib, 30-yillarning oxirida O‘zbekistonda insoniylik va demokratiya printsiplarini oyoq osti qiladigan, har qanday o‘zgacha fikr yuritishni kuch bilan bog‘adigan, ommaviy ozboshimchalik va zo‘rlik bilan Vatanga sodiq ming - minglab kishilarni qirib tashlagan totalitar tartibot qaror topdi va kuchaya bordi. Bu xalqning boshiga chinaham fojea bo‘lib tushdi hamda unga nihoyatda og‘ir urush sinovlari arafasida ulkan ziyon va talofat yetkazdi.


Xulosa
Sovetlar hukumati va kompartiya amalga oshmaydigan va shirin xayoldan
iborat «sostializim va kommunizm» haqidagi dastur, shior va chaqiriqlar asosida amalda Chor Rossiyasiga nisbatan ham ayanchliroq va dahshatliroq mustamlakachilik siyosatini olib bordi. Bu siyosat «Kommunistik firqaning lenincha milliy siyosati» deb atalmish balandparvoz, havoyi va g‘irt yolg‘on, faqat targ‘ibot va tashviqotdan iborat g‘oya va qarashlarda ko‘klarga ko‘tarib maqtaldi. Lenincha milliy siyosiy qobig‘iga o‘ralib O‘zbekistonda amalga oshirilgan mustamlakachilik siyosatining maqsadlari nimalardan iborat edi, degan qonuniy savol tug‘iladi
Birinchidan, siyosiy sohada Turkistonni milliy jihatdan parchalab tashlash, o‘lkaning milliy mustaqil davlat sifatida shakllanishi va oyoqqa turishini abadul-abad yo‘q qilish, hududiy jihatdan uni Rossiya Federatsiyasining boiinmas tarkibiy qismiga aylantirish.
Ikkinchidan, ma'naviy-mafkuraviy sohada o‘lkada «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» madaniyat shiori asosida amalda ruslashtirish siyosati olib borilishi va kelajakda bu siyosat o‘lkadagi tub yerli aholining «velikoruslar» bilan qo‘shilib, assimilyasiyalashib ketishiga xizmat qilmog‘i kerak edi.
Sovet hukumati va kompartiya o‘zining bu strategik bosh dasturiy maqsadini
juda ustalik, ehtiyotkorlik va ayyorlik bilan rejali suratda, ammo og‘ishmay amalga
oshirdi. U o‘z faoliyatida mustamlaka asoratida yashayotgan millatlarda shubha uyg‘otmaslik maqsadida milliy masalada ikkita asosiy xavf bor: biri buyuk davlatchilik shovinizmi va ikkinchisi mahalliy millatchilik degan aqidaga amal qildi. Kompartiya millatchilikning qaysi biri xavfli: buyuk davlatchilik shovinizmimi yoki mahalliy millatchilikmi? degan savolga millatchilikning qaysi biriga qarshi kurash susaytirilgan bo‘lsa, o‘shanisi xavfli deb e'lon qildi. Amaliy faoliyatda esa sovetlar tarixida buyuk davlatchilik shovinizmi kasaliga mubtalo bo‘lgan va u bilan zaharlangan, ushbu kasallik tufayli Turkistonda tub yerli aholini sonsiz-hisobsiz dahshatli qirg‘inlar qilgan, shahar va qishloqlarni yondirib, kulini ko‘kka sovurgan «buyuk og‘alar»dan birortasiga biror-bir keskin chora ko‘rilgan emas. Holbuki, buyuk davlatchilik, shovinizmi va mustamlakachilik siyosati har qanday mahalliy millatchilikning aks sadosidir. Bu narsaga ajablanishning hojati yo‘q. chunki sovetlar davlati va kompartiyaning hyech qachon qabul qilgan qarori bilan amalda qiladigan ishi bir xil bo‘lmagan, doimo birinchisini ikkinchisi inkor etgan. O‘zining qonuniy va adolatli milliy haq-huquqini talab qilgan mahalliy millat vakillari esa darhol millatchi sifatida yo‘q qilib borildi. Bunga Turkiston o‘lkasi xalqlari istiqlol uchun va milliy ozodlik uchun kurash yillarida o‘z tajribalarida ko‘rib to‘la ishonch hosil qildilar.


Download 40.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling