Sovet maktabini isloh qilish yosh avlod tarbiyasini yanada kuchaytirish, ularni jamoatchilik, mehnatsevarlik va jamiyat oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g‘oyat muhim vazifalar bilan bog‘liqdir
Download 167.06 Kb.
|
xxx
Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlarida ta’kidlanganidek, “sotsialistik jamiyat yosh avlodning jismoniy jihatdan baquvvat,sog‘lom, xushchaqchaq bo‘lib, mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorbo‘lib o‘sishidan juda manfaatdordir”. Shunga ko‘ra islohotda o‘huvchilarning darslar va o‘qishdan tashqari vaqtlarda, sport seksiyalarida har kuni jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish, buning uchun zarur sharoitlar yaratish, har bir maktabda, hunar-texnika bilim yurtida barcha ta’lim-tarbiya muassasalarida asbob-uskunalar va anjomlar bilan yaxshi ta’minlangan sport zallari va maydonchalari barpo qilish, o‘g‘il va hizlarni jismoniy jihatdan tarbiyalash uchun sport tashkilotlari va klublarning, korxonalar va muassasalarning bazasidan kengroq foydalanish nazarda tutiladi. Sovet maktabini isloh qilish yosh avlod tarbiyasini yanada kuchaytirish, ularni jamoatchilik, mehnatsevarlik va jamiyat oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g‘oyat muhim vazifalar bilan bog‘liqdir. Buning ma’nosi bolalarda maktabda o‘qiy boshlagan birinchi kundanoq mehnatga muhabbat, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlagan ishni oxiriga yetkazish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, xususan, bolalarning se- vimli mashg‘ulot—harakatli o‘yinlardan foydalanish ayni muddaodir. Harakatli o‘yinlar turli qiyinchiliklarni yengish va har xil fazilat va qobiliyatlarni ko‘rsatishga doir jismo niy mashqlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, odatda bolalarga quvonch oag‘ishlaydigan musobaqalar ham harakatli o‘yinlar jumlasiga kiradi. Atoqli pedagog N.K. Krupskaya maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning, o‘smirlarning o‘yinlariga doimo alohida e’tibor berdi,o‘yinlarga shaxsni har jihatdan tarbiyalashning eng muhim vositalaridan biri, deb qaradi. Bolalar faqat dars jarayonida emas, balki uyushqoqlikni va turmushni yaxshi bilib olishga o‘rgatadigan o‘yinlar orqali ham bilim olishlarini uqtirdi va asosladi. Shuning uchun N.K. Krupskayapedagog o‘yinlarni tanlashga jiddiy yondashuvi, har bir o‘yinning mazmunini avvalo o‘zi tushunib olishi va o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyatini yaqqol ko‘ra bilishi zarurligini uqtirdi. N.K. Krupskaya maktab va pionerlar tashkiloti bolalarni iktizomlilikka, tashabbuskorlikka, tashkilotchilik va haqiqiy jamoachilikka o‘rgatishda turli tadbirlar qatori o‘yinlardan keng foydalanish zarurligini va bu ishningfoydaliligini ifodaladi. Ma’lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarking o‘yinlari asosan taqlid qilishdan iborat bo‘ladi. Bola tevarak atrofdagi borliqki kuzatadi, uning elemektlarini o‘yinga kiritadi va shu o‘yin orqali o‘zini qurshab turgan olamki tushuna boshlaydi, u mda turmush hodisalariga muayyan munosabat paydo bo‘ladi. O‘quvchi turmushdagi, mehnat sohasidagi xatti- harakatlarga, tabiat hodisalari va jonivorlar hayotiga taqlid qilib ana shu hodisa va harakatlarning ma’kosini anglay ooshlaydi, asta-sekin hayotiy tajriba orttiradi, qiyinchiliklarni yengishni o‘rganadi, unda harakat ko‘nikmalari va tasavvurlar boyib boradi. • Bolalarning o‘zlari ijod qiladigan o‘yinlarga keng o‘rin berilishi juda muhim, ammo bunday o‘yinlar ota-onalar hamda tarbiyachilarning e’tibori va rahbarligidan chetda qolmasligi kerak. O‘yinlarni to‘g‘ri yo‘lga solish bilan bo- lalarda kuzatuvchanlik, tashabbuskorlik, mustaqillik, mehnatsevarlik qobiliyatlarini o‘stirish, ularga atrofdagi vaziyatni, o‘zlarinikg va o‘rtoqlarining harakatlarini to‘ri baholashni, o‘zlari duch kelishi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatsizlikka to‘g‘ri munosabatda bo‘lish va tegishli xulosa chiqarishni o‘rgatish muhim tarbiyaviy vazifalardir. Chunki bu tadbirlar bolada zarur malakalarni shakllantiradi, u mana shu malakalar tufayli o‘z kuchini to‘g‘ri sarflay oladi- gan, turli sharoitda o‘ylab harakat qila oladigan, kelgusida, tajribasining ortishiga qarab, har xil qiyinchiliklarni oson yenga oladigan kishiga aylanib boradi. Bolaning oilada ham, bog‘chada ham tevarak-atrofdagiolamni bilishga faol intilishi dastlab o‘yinda kamoyok bo‘ladi. O‘yin jarayonida uning borliq haqidagi tushunchalari chuqurlashadi va musgahkamlanadi.. Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘proq o‘yin va boshqa ermaklar bilan band bo‘lsalar, maktabga kirish bilan ularning asosiy qiziqish va e’tibori o‘qishga qaratiladi. Uyinda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yangi bilim va tushunchalarni egallashga doir mustaqil faoliyatni amalga oshiradilar. Bolalar maktab tajriba uchastkasida ishlash va uyda foy- dali mehnat qilishdan tashqari, bo‘sh vaqtlarida turli o‘yin va ermaklar bilan mashg‘ul bo‘ladilar, shu orqali o‘z ehtiyojlarini qondiradilar va yaxshi dam oladilar.Harakatli o‘yinlar yurish, yugurish, sakrash, biror narsani irg‘itish yoki uloqtirish, biror narsaga tirmashib chiqish kabi mashqlarni o‘z ichiga oladi va bolaning xarakatlarini takomillashtiradi.Harakatlar bilan birga oolada jismo- niy qobiliyat ham rivojlanadi, yurak va nafas olish organlarining faoliyati yaxshilanadi. Harakatlio‘yinlar bolalarning jismoniy kamolotida muhim ahamiyat kaso etishi bilan birga ularda o‘z xatti-harakatlari uchun ham mas’uliyatni sezishdek olijansb fazilatni tarbiyalaydi. Ma’lumki, milliy sport turlari va milliy o‘yinlar ta- rixiy taraqqiyot jarayokida jiddiy o‘zgargan. Har bir iqtisodiy tuzum ularning mazmuni va qoidalarida o‘zining muayyan iziki qoldirgan. Bu o‘zgarishlarning ko‘pi, ayniqsa o‘yinlarning nomi va qoidalarida hozirgacha saqlanib qolgan, Ana shunday o‘yinlardan foydalanishda ularning bolalarga jismoniy t a’siridan tashqari, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishini ham nazarda tutish, lozim bo‘lsa, ularni ijodiy qo‘llash maqsadga muvofiqlashtirish kerak. Hozirgi milliy harakatli o‘yinlar tarbiyaning eng ta’sirchan, yosh avlodni jismoniy kamol toptirish, ularning aqliy, axloqiy va nafosattarbiyasini muvaffaqiyatli amal- ga oshirishning muhim vositasidir. Mualliflar qo‘llanmani tayyorlashda jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasiga oid manbalar, shuningdek, harakatli o‘yinlarga 1-2 qadam oraliqda ikkita parallel chiziq tortiladi. Maydonchaningqarama-qarshi tomonlariga ikkala chiziqdan 15-30 qadam narida bittadan uy chiziqlari o‘tkaziladi. O‘yinchilar teng ikki komandaga bo‘linadilar va komandalar o‘rtadagi o‘z chiziqlari bo‘ylab bir-biriga orqa o‘girib saflanadi, ya’ni har bir komanda o‘z uyiga qarab turadi. Komandalardan qaysi biri kun va qaysinisi tun bo‘lishi chek tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. O‘yinning tavsifi. Rahbar maydonchaning yoniga kelib turadi va to‘satdan “Kun!” deydi. “Tun” komandasi o‘z uyiga qochadi. “Kun” komandasi esa uni quvlaydi. Ushlangan o‘yinchilar sanab chiqiladi va o‘z komandasiga qo‘yib yuboriladi. Rahbar tutilganlar sonini yozib qo‘yadi. Shundan keyin komandalar yana bir-biriga orqa o‘girib, o‘rtadagi o‘z chiziqlari bo‘ylab saflanadi. Rahbar baland ovoz bilan signal beradi. U doimo o‘quvchilar kutmagan paytda, ya’ni tasodifan signal berishga harakat qiladi. O‘yin bir necha marta takrorlangach har bir komandadan ushlangan o‘yinchilar (xar bir komanda navbat bilan ushlaydi hisoblab chiqiladi. Ko‘proq o‘yinchilarni ushlagan komanda g‘olib chiqqan hisoblanadi. O‘yinning qoidalari. 1. Rahbarning “Kun!” yoki “Tun!” deb signal bermay turib o‘ z uyiga qochish mumkin emas. 2. Qochayotganlarni u chizig‘igacha bo‘lgan oraliqdagina ushlash mumkin. 3. Ushlangan o‘yinchilar hisobga olingach, ular yana o‘yinda boshqalar bilan bir qatorda qatnasha oladilar va ularni yana ushlash mumkin. Uyinning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Bu o‘yin o‘quvchilar diqqatini o‘stiradi, ularni tez yugurishga, o‘z muhitini yaxshi bilib ish ko‘rishga o‘rgatadi. Qisqa masofaga ildam yugurish o‘yindagi harakatlarning asosiy turidir. Metodik ko‘rsatmalar. O‘yinni o‘tkazishda bir tomoni oq, bir tomoni qora taxtachadan foydalanish mumkin. Rahbar taxtachani yuqoriga uloqtiradi va uning qaysi tomon bilan tushishiga qarab “Kun!” (oqtomoni) yoki “Tun!” (qoratomoni) deb signal oyeradi. Lekin taxtachadan o‘quvchilar kattalarsiz mustaqil holda o‘ynaganlaridagina foydalanish tavsiya qilinadi. Rahbar signal berishdan oldin bolalarning diqqatini chalg‘itish uchun ularga har xil mashqlarni, masalan, qo‘llarni oldinga cho‘zish, yuqoriga ko‘tarish va pastga tushi- rish, oyoq uchida o‘tirish va o‘rindan turish, oyoq uchlarida tik turish va undan oyoqqa to‘la bosib turishga o‘tish singari mashqlarni bajartirishimumkin. Bundaymashqlarni o‘ynovchilar rahbarningtavsiyasi bilan bir necha marta bajaradilar va xuddi shu paytda rahbar “Kun!” yoki “Tun!” deydi. Agar muzika asboblari bo‘lsa, bu mashqlarni muzika jo‘rligida bajarish ma’qulroq. Aniq hisob olib borish uchun o‘yin oxirida tutilganlar sonigina emas, balki har bir komandaning necha marta chaqirilganligi ham nazarda tutiladi; ushlanganlar komandaningnecha marta chaqirilganligiga qarab hisoblanadi. Chunki “Kun!” komandasiga besh marta, “Tun!” komandasiga esa uch marta signal berilgan bo‘lishi mumkin. Ushlanganlarni aniqroq hisobga olish uchun, yaxshisi, ularni yozib borish kerak. Bu o‘yinni III sinfdan boshlab o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. “Qarg‘alar va chumchuqlar” o‘yini ham “Kun va tun” o‘yinining variantidir. Bunda maydonchaning belgilanishi va o‘yinchilarning saflanishi ham “Kun va tun” o‘yinidagidek bo‘ladi. Komandalardan biriga qarg‘alar, ikkinchisiga chum- chuqlar nomi beriladi. Rahbar “Qarg‘alar!” yoki “Chumchuqlar!” deb signal beradi. Nomi aytilgan komanda ikkinchi komandani quvlashi kerak. Undan keyin o‘yin xuddi “Kun va tun” dagidek davom etadi. O‘yin qoidalari h am avvalgi o‘ yin qoidalari kabidir. XO‘ROZLAR JANGI O‘yin maydonchada, zalda yoki koridorda o‘tkaziladi. O‘yingatayyorlanish. Yerga diametri 2 metrli aylana chiziladi. Xamma o‘yinchilar 2 ta komandaga bo‘linadilar va doira yonida oir-birlariga yuzma-yuz ikki qator bo‘lib turadilar. Uyinning tavsifi. Onaboshilar o‘z komandalaridan bittadan o‘yinchini ajratadi va ular aylana ichiga kirib qo‘llarini orqaga qilib bir oyoqlab turadilar. Signal berilishi bilan bir-birlarini yelkalari va gavdalari bilan turtib, itarib aylanadan chiqarishga harakat qiladilar. Uz raqibini tashqariga chiqara olgan o‘yinchi g‘olib hisoblanadi va o‘z komandasi uchun bir ochko yutgan bo‘ladi. Shundan keyin, doira o‘rtasiga onaboshilar lozim topgan navbatdagi “xo‘roz- lar” jufty kiradi. O‘yin hamma bolalar xo‘roz rolini bajarib bo‘lgunicha davom ettiriladi. O‘yinchilari ko‘p ochko to‘p- lagan komanda yutgan hisoolanadi. O‘yinningqoidalari. 1. Agar o‘yinchi aylana ichida ikkinchi oyog‘ini ham yerga qo‘ysa yutqazgan hisoblanadi. 2. Agar bir-birink turtish paytida ikkala o‘yinchi ham doiradan chiqib ketsa, hech kim yutga hisoblanmaydi va navbatdagi juft xo‘rozlar jangi boshlanadi. 3. Xo‘rozlar har ga signal berilgandan keyingina jangga kirishadilar. 4. Jang vaqtida qo‘llarni ham pastga tushirish mumkin emas. O‘yinning ta’lim-taroiyaviy ahamiyati. Bu o‘yin o‘quvchilar kuchining o‘sishiga, ularning chaqqon va farosatli oo‘lishlariga yordam beradi. Uyinda o‘zining va o‘rtoqlarining kuchigahaqqoniybahoberishqobiliyati, shuningdek, maqsadga erishish uchun matonatlilik xislati tarbiyalanadi. • O‘yinchilar bu o‘yinda o‘z komandalarining sharafini himoya qiladilar. Bu esa ularda o‘z jamoasi oldidagi mas’u- liyat hissini, o‘z komandasidagi o‘yinchilar kuchini to‘g‘ri taqsimlay olish iqtidorini tarbiyalashga yordam beradi. Qarshilik ko‘rsatish, kurashish bu o‘yindagi asosiy harakatlardir. Mana shu harakatlar dam olish bilan alma- shinib turadi. Har bir o‘yinchi 1-2 marta o‘yinda qatnashadi va qolgan vaqtda o‘yinning qanday borishini kuzatib turadi. Metodik ko‘rsatmalar. Bu o‘yinni komandalarga bo‘lmas- dan ham o‘tkazish mumkin, bunda o‘yinchilar o‘z xohishlari bilan musobaqalashish uchun o‘rtaga chiqadilar. G‘olio chiqqan o‘yinchi maydonda qoladi va o‘zi bilan jang qilishni istagan yangi o‘yinchi bilan bellashadi. O‘yin shu tariqa davom etave- radi. O‘yin oxirida ko‘p marta g‘olio chiqqan o‘yinchilar aniqlanadi. O‘ynovchilar ko‘p bo‘lsa, to‘rtta komanda tuzib, o‘yinni ikkita doirada o‘tkazish mumkin. O‘yinchilarning olishuvida to‘g‘ri usullar qo‘llanishini rahbar kuzatib borishi zarur. Ba’zan o‘yinchilar raqiblarini qo‘l bilan turtadilar. Bunga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak. “Jang” qiluvchilarning kuchi taxminan teng bo‘lishiga ham e’tibor berish lozim. Download 167.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling