Abonent viktorinaning butun muddati davomida atigi uch marta kunlik sovrinni, bir marta oylik sovrinni
va bir marta yillik sovrinni (super sovrin) yutib olishi mumkin.
O`yinlarni o‘tkazish sanalari www.smg.uz saytida e’lon qilinadi.
Viktorina g‘oliblariga quyidagi sovg‘alar topshiriladi:
KUNLIK SOVRIN: 1 000 000 UZS (o‘zbek so‘mi).
OYLIK SOVRIN: 10 000 000 UZS (o‘zbek so‘mi).
YILLIK SOVRIN (SUPER SOVRIN): 100 000 000 UZS (o‘zbek so‘mi).
*Ballar teng bo'lgan taqdirda (o'yin vaqtida ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar
bir xil miqdordagi ball
to'plagan), barcha savollarga eng tez javob bergan g'olib hisoblanadi. Agar g'olib sovrinni olishdan bosh tortsa yoki
rasmiy shartlarga muvofiq belgilangan muddat ichida u bilan bog'lana olmasa sovrin ikkinchi g'olibga topshiriladi.
Agar ikkinchi g'olib o'z sovrinini qo'lga kirita olmasa, g'olib aniqlanmaguncha sovrin keyingi g'olibga beriladi.
* Ko‘rsatilgan xizmat doirasidagi sovrinlar g‘oliblarga tegishli bank plastik kartalariga o‘tkaziladi.
* Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi O‘zbekiston
Respublikasining soliq
qonunchiligiga muvofiq belgilangan tartibda KONTENT PROVAYDER tomonidan ushlab qolinadi va to‘lanadi.
9.Ishtirok etish protsedurasi
Viktorinada ishtirok etish uchun mazkur viktorina ishtirokchilariga aylanish huquqiga ega bo’lgan
abonentlar (7 paragraf: Viktorina ishtirokchilariga qarang) Viktorinaning amal qilish
muddati davomida istalgan
vaqtda Viktorinaning 0780 qisqa raqamiga xohlagan mazmun bilan (СТОП, STOP, STOP1 o’chirish kalit so’zlaridan
tashqari) SMS-xabar joʻnatishlari lozim. 0780 raqamiga birinchi SMS (Qayd etish SMSi) ni yuborgandan so’ng
yuboruvchi viktorinada roʻyxatdan oʻtkaziladi va ishtirokchi bo’lib hisoblana boshlaydi. Abonent 0780 raqamiga
qayd
etish SMSini yuborgandan keyin, u 0780 qisqa raqamidan uning ishtirokini
tasdiqlovchi va xizmat, narxi,
o’chirish qoidalari to’g’risida to’liq ma’lumot, tilni tanlash va shuningdek abonent yechishi va o’sha SMSning o’ziga
javoban qisqa raqamga yuborishi kerak bo’lgan Viktorinaning birinchi savoli yuboriladi. Masalan,
abonentga
"O`zbekiston Respublikasi poytaxtini ayting"
kabi savol yuboriladi, abonent to'g'ri javobni topib «1-raqam-
Toshkent» yoki «2 raqam-Samarqand» va xizmatning qisqa raqamiga qaytib yuborishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: