Sovitish mashinalari
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
15-Sovitish mashinalari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bug’ oqimli sovitish qurilmasi Ideal sovitkich qurilmasi va uning ish
Sovitish mashinalari Reja: • Ideal sovitkich qurilmasi va uning ish siklidagi termodinamik jarayonlar. • Havo bilan sovitish qurilmasi • Siqilgan bug’ bilan sovitish qurilmasi • Bug’ oqimli sovitish qurilmasi Ideal sovitkich qurilmasi va uning ish siklidagi termodinamik jarayonlar Sovitkich mashinalarning ishlash printsipi termodiamikaning ikkinchi qonuniga asoslangan bulib, ularda ish jismi temperaturasining atrof-muhit temperaturasidan pasayishidan iborat, ya’ni jismdan issiqlik miqdori tashqi muhitga chiqariladi. Moddaning temperaturasi kichik bo’lishini tahminlash uchun albatta ish bajariladi. Bu qurilmalarda sovuq elitgich sifatida suv, sho’r suv (—21,4°S), kalg’tsiy xlorid (—55°S), etilenglikolg’ (—70°S), xladon (—96,7°S) va sh. k. moddalardan foydalaniladi. Sovitish mashinalarining sikli Karno sikliga teskari bo’lgan, sikldir. Karno sikliga teskari bo’lgan sikl sovitkich mashinalarning ideal sikli deyiladi. Ideal siklga sovitkich mashinalarning real sikllari solishtirilib, ularning itstisodiy jihatdan samaradorligi aniqlanadi. Karnoning sovitish sikli (1-rasm) dan ko’rinib turibdiki, sovituvchi moddaga issiqlik miqdori sovitiluvchi jismdan izoterma (T=const) bo’yicha uzatiladi (2 va 3 nuqtalar oralig’i). Bu jarayon davomida ish jismi (real sharoitda suv bug’i, ammiak, karbonat angidrid, freon-12 va sh. k.) bosimi o’z hajmini oshirinsh hisobiga pasayadi. Ish jismi hajmi kengayib borgan sari uning temperaturasi pasayadi, ya’ni ish jismi soviydi. SHundan so’ng ish jismi adiabatik (dq=0) siqiladi. Bu siqilish jarayonida mahlum miqdorda ish bajariladi va ish jismi temperaturasi ko’tariladi, ya’ni isiydi (3 va 4 nuqtalar oralig’i). Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling