Sovitish mashinalari
-rasm. Havo bilan sovitish qurilmasi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
15-Sovitish mashinalari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siqilgan bug’ bilan sovitish qurilmasi
2-rasm. Havo bilan sovitish qurilmasi
PV diagrammadan ko’rinib turibdiki, 1—2 va 3—4 nuqtalar oralirida havo adiabatik siqishadi va kengayadi. SHuni ehtiborga olib havo temperaturalari nisbatini quyidagicha ifodalash mumkin: Demak, kompressorning haydash klapanidan o’tgan siqilgan havo temperaturasi qancha kichik bo’lsa yoki havo dvigatelining so’rish kanalidagi havo temperaturasi qancha past bo’lsa, sovitish qurilmasining iqtisodiy samaradorligi shuncha yuqori bo’ladi. Issiqlik almashtirgichga kiritiladigan suvning temperaturasi qancha past bo’lsa, Havo bilan sovitish qurilmasining samaradorligi shuncha katta bo’ladi. CHunki kompressorda havoni yuqori bosimgacha siqish uchun ortiqcha ish sarflash zarur bo’lmaydi. Sovitish koeffitsient ξ ni goho solishtirma sovuqlik ishlab chiqarish q o deb yuritiladi. Sovuq manbadan ish birligi sarfi vaqtida chiqarilgan issiqlik miqdorini bildiruvchi kattalik kJ yoki Megajoulda o’lchanadi. Solishtirma sovuqlik ishlab chiqarishni quyidagicha ifodalash mumkin: Siqilgan bug’ bilan sovitish qurilmasi Atmosfera bosimi yoki shunga yaqin bosimlarda bug’ holatiga o’tuvchi gazlar moddani siqib sovituvchi qurilmalarning asosiy ish jismi bo’lib, ular goho sovitish agenti deb ham yuritiladi. Bunday gazlar nolg’ gradusdan past temperaturalarda to’yinish nuqtasiga ega bo’ladi. Siqilish xisobiga sovituvchi qurilmalarda qo’llaniladigan sovitish agentlari termodinamika nuqtai nazaridan quyidagi talablarga javob berishi kerak: a) vakuumda bug’lanish yuz bermasligi va tashqaridan sovitish xonasiga havo so’rilmasligi uchun noldan past bo’lgan manfiy temperaturalarda to’yinish nuqtasiga ega bo’lgan sovitish agenti bug’ining bosimi atmosfera bosimidan kichik bo’lmasligi shart; b) siqish kamerasidagi bosim kichik bo’lishi talab qilinadi (ana shundagina mashina qismlari yengil konstruktsiyadan tashkil topadi); v) past temperaturalarda tez va ko’p bug’lanadigan, ya’ni hajmiy sovuqlik ishlab chiqarishi yuqori bo’lishi kerak; g) suyuqlikning issiqlik sig’imi past bo’lishi talab qilinadi. Bunday talablarga to’liq javob beradigan sovitish agenti, ya’ni ideal gaz topilganicha yuq. Lekin shunga yaqinroqlari sovitish qurilmalarida qo’llanilmoqda (1- Jadval). № Sovitish agentining nomi va formulasi 1 bar bosimda to’yinish temperaturasi, °S To’yinish bosimi, bar 15° -10°S 1 Suv bug’i, N20 —99,64 0,017 0,00218.1 2 Ammiak, NH 3 —33,4 7,28 2,91 3 Karbonat angidrid, SO2 —78,9 50,9 26,4 4 Oltingugurt angidrid —10,3 2,75 1,015 5 Metil xloridi, CH 3 CI —24,0 4,18 1,75 6 Freon — 30,0 4,9 2,19 Sovitish moddalari va ularning to’yinish temperaturalari hamda bosimlari Siqilgai bug’ bilan sovitadigan qurilma sovitish xonasi 1 kompressor 2, bug’latkich 3, kondensator 4 va rostlovchi (drosselli) ventilg’ 5 dan tashkil topgan (3- rasm). Siqilgan bug’ bilan sovitadigan qurilmada yuz beradigan termodinamik jarayonlarning TS dia- grammasidan ko’rinib turibdiki (3-rasm), sikl sovi- tuvchi agent (ish moddasi) ni kompressorga so’rish va uni adiabatik (dq = 0) siqishdan boshlanadi (1 va 2 nuqtalar oralig’i). Bug’latkich 3 da o’zgarmas bosim (R = const) ostida hosil bo’lgan sovituvchi agentning bug’ini kompressor 2 so’rib oladi. Albatta, bu sovituvchi agent hosil qilgan bug’ning bosimi atmosfera bosimidan katta, temperaturasi esa manfiy ishorali bo’ladi (1 nuqta, 18.3-rasm). So’rilgan bug’ 2 nuqtagacha adiabatik siqiladi va uning temperaturasi sovituvchi suv temperaturasidan katta bo’ladi. Siqilgan bug’ o’zining ichki energiyasini ortishi hisobiga isiydi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling