Sovitish mashinalari
-rasm. Siqilgan bug’ bilan sovitish qurilmasi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
15-Sovitish mashinalari (1)
3-rasm. Siqilgan bug’ bilan sovitish qurilmasi
Bug’ oqimli sovitish qurilmasi Suv buri asosiy ish jismi sifatida suv oqimli sovitish qurilmalarida ishlatilishi mumkin. Bunday bug’ keskin kengayganda sovish g’odisasidan foydalanadi. Agar oddiy suv o’rniga sho’r suvdan foydalanilsa, u holda — 21,4°S gacha bo’lgan temperaturani atrof-muhit temperaturasiga nisbatan tushirish mumkin bo’ladi. CHunki ana shu temperaturada sho’r suv muzlay boshlaydi. Bug’ oqimli sovitish qurilmasi bug’ qozoni 1, ejektor (frants. ejecteur, ejecter — otmoq), oqimli nasos 2 (ejektor o’z navbatida Lavalsoplosi 3 va konfuzor-diffuzor 4 dan iborat), kondensator 5, drossellash ventili 6, bug’latkich 7, sovitish xonasi 8, kondensat nasosi 9 dan tashkil topgan (18.4- rasm). Bug’ oqimli sovitish qurilmasining ish sikli quyidagicha: qozon 1 dan bug’ oqimi ejektorga oqib kiradi, u yerdan de-Laval soplosi 3 orkali o’tayotganda o’z parametrlarini (bosimi, temperaturasi va hajmini) o’zgartirishi natijasida bug’ oqimi zarralarining tezligi tovush tezligidan katta bo’ladi. Bug’ bunday kengaygandan so’ng u ejektorning aralashtirgich qismiga bug’latkich 7 dan so’rilgan temperaturasi pastroq bug’ bilan birgalikda, konfuzor 4 da adiabatik siqiladi (1—2 nuqtalar oralig’i). Bu siqilgan aralashmaning temperaturasi uning ichki energiyasi hisobiga ortadi. Bundagi siqilish xuddi kompressordagiday bo’ladi. Konfuzordan chiqqan aralashma diffuzor 4' da birdan kengayib soviydi. Bu sovish jarayoni kondensatorda davom etadi. Bu jarayon TS diagrammadagi 2-3 nuqtalarga mos keladi. Kondensatning mahlum qismi drossellash ventilida katta hajmga o’tishda kengayib soviydi (3-4 nuqtalar oralig’i) va sovitish xonasi 8 dagi bug’latkich 7 ga o’tadi. O’z navbatida, unda bug’lanib soviydi va sovitish xonasi 8 da joylashgan jismlardagi ortiqcha issiqlik miqdorini yutadi, jismlar esa soviydi. Bug’latkichdagi sovitkichga jismlardagi issiqlik miqdori izotermik keltiriladi va sovituvchi modda (bug’) hajmi ortadi (TS diagrammadagi 4-1 nuqtalar oralig’i). Bug’ qozonida uzluksiz bug’ hosil bo’lishi uchun ejektorga uzatilgan bug’ miqdoriga teng bo’lgan kondensat suyuqlik nasosi 9 orqali qozonga haydaladi. Sikl takrorlanadi. Demak, bug’ oqimli sovitish qurilmasi siklidagi termodinamik jarayonlar bitta adiabatik (1-2 nuqtalar oralig’i), ikkita izotermik (2-3 va 4-1 nuqtalar oralig’i) va bitta izoxoradan (3-4 nuqtalar oralig’i) tashkil topgan ekan. Siklning TS diagrammasidagi OKN chizig’i 1 kg va OK'N' chizig’i esa g kg bug’ga mos keladi. OK'N' egri chiziqdagi 1'—2' nuqtalar oralig’i bug’ning de-Lavalg’ soplosidan oqib chiqishiga mos kelsa, 2'—3' nuqtalari oralig’i konfuzor-diffuzorda g' kg bug’ning siqilishini bildiradi. 3'—4' nuqtalarga g kg bug’ning kondensatsiyalanishi to’g’ri keladi. g kg suvning qozonda bug’lanishiga 4'—5'—1' nuqtalar oralig’i mos keladi. Sovitishning foydali effekta sovitish xonasidagi jismlardan qancha miqdorda q Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling