Soxibaxon ped texnologiya doc


-rasm. Ta`lim oluvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash shakllari


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/122
Sana26.09.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1687950
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   122
Bog'liq
Soxibaxon ped texnologiya doc

2-rasm. Ta`lim oluvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash shakllari
Bilimlarni tekshirish va baholash shakllari
Og'zaki ommaviy tekshirish ta`lim oluvchilardan og'zaki so'rash bo'lib, ular
guruhga qaratilgan savollarga javob beradilar. Bunday tekshirishda javoblar qisqa
bo'ladi. Mazkur so'rash ko'pchilik ta`lim oluvchilarni nazorat qilishni ta'minlaydi va
butun guruhni faollashtiradi, ammo ta`lim oluvchilarning nutqini o'stirmaydi. Bunday
nuqsonlar individual so'rashda ko'zga tashlanmaydi. Ammo so'rashning bu shaklida
guruhdagi boshqa ta`lim oluvchilarning to'laqonli ishlashlariga erishish juda qiyin.
Kombinatsiyalangan (tezlashtirilgan) tekshirishda Ta`lim beruvchibir necha ta`lim
oluvchini bir vaqtda doskaga chaqiradi, biri og'zaki javob beradi, 3-4 nafar ta`lim
oluvchi esa kartochkalar bo'yicha yozma ishni bajarishadi va hokazolar. Bu
tekshirishning murakkab usuli bo'lib, o'qituvchidan yetarlicha tajriba va diqqatlarini
guruhdagi hamma ta`lim oluvchilarga taqsimlay bilishni talab qiladi. Yozma
tekshirish - ta`lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va
baholashning eng samarali usullaridan biri bo'lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini
baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, Ta`lim beruvchi
alohida mavzu yoki o'quv dasturining ma'lum bo'limini o'tib bo'lganidan so'ng ta`lim
oluvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashni tashkil etadi. Yozma tekshirish
topshiriq, ya'ni, insho yozish hamda turli nazorat va mustaqil ishlarni bajarishni uyda
ham amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu jarayonda o'qituvchining bajarilgan ish
Bilimlarni tekshirish va
baholash
Frontal
Kombinatsiyalangan
Individual


70
bilan tanishib chiqishi, uning sifatini tekshirishi uchun ko'p mehnat va vaqt
sarflanadi. Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan
amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to'g'riligini kuzatish yoki olingan
natijalarga tayanishdan iborat bo'lishi mumkin.
O`quvchining butun dars davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat qilish
tekshirishning maxsus turi bo'lib, u ta`lim oluvchining darsdagi ishtiroki uchun ball
qo'yish bilan yakunlanadi. Bu ta`lim oluvchini doimo harakat qilishga va faollikka
undaydi.
Xulosa qilib aytganda, ta`lim oluvchi va talabalarning bilimini, aqliy holatlarini
nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga ega ishdir. Shu
bilan birga, nazorat va baholash jarayoni ta`lim oluvchi bilimining boyishiga, ular
shaxsining rivojlanishiga hamda tarbiyasiga ta’sir ko'rsatadi. Pedagogika fani
bilimlarni o'z vaqtida nazorat qilish va baholashning 3 vazifasi borligini alohida
uqtiradi:
1. O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta'lim
standartlarining qanday bajarilayotganligi to'g'risida xulosa chiqariladi va galdagi
vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida ta`lim oluvchi-talabalarda
bilimlar yanada kengayadi.
3. Ta’lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ijobiy ta'sir
ko'rsatadi. Ularda ko'tarinki ruh, o 'z kuchiga bo'lgan ishonch va qiziqishlar
paydo bo'ladi.

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling