Soxibaxon ped texnologiya doc


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/122
Sana26.09.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1687950
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   122
Bog'liq
Soxibaxon ped texnologiya doc

Tekshirishning maqsadi
nafaqat
ta`lim oluvchining bilim darajasi, sifati,
shuningdek, uning o'quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat. Tekshirish
tizimidagi birinchi bosqich ta'lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash
hisoblanadi. Odatda, u o'quv yili boshida ta`lim oluvchilar tomonidan avvalgi o'quv
yilida o'zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Bu kabi
tekshirish, shuningdek, o'quv yilining o'rtasida yangi bo'lim (kurs) ni o'rganishga
kirishilganda ham o'tkazilishi mumkin va o'rinli. Bilimlarni tekshirishning ikkinchi
bosqichi har bir mavzuni o'zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir.
Joriy
tekshirish ta'lim oluvchilar tomonidan o'quv dasturida belgilangan ayrim alohida
elementlarni o'zlashtirish darajasini tashhis qilish imkonini beradi. Mazkur
tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan vaziyatni o'rganishdir.
Bunday tekshirish shakl va metodlari turlicha bo'lib, ular o'quv materiali mazmuni,
murakkabligi, ta`lim oluvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta'lim bosqichi va
maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq belgilanadi.
Oraliq tekshirish bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi
bosqichi sanalib, ta`lim oluvchilarning o'quv materialining muayyan bob yoki
bo'limlari bo'yicha o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash,
baholash shakli. Yangi mavzuni o'rganish bilan birga ta`lim oluvchilar avval
o'zlashtirilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga
ko'maklashadi, biroq o'quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarning mustahkamlik
darajasini tashhis qilish imkonini bermaydi. Tashhisning boshqa shakl va metodlari
bilan birga qo'llanilsagina ushbu tekshirish kutilgan samarani beradi. Tekshirishni
tashkil etishda beshinchi bosqich ta'lim oluvchilarning ta'lim jarayonining barcha
bosqichlarida egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va
hisobga olishdir. O'zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o'quv yili oxirida
o'tkaziladi. U olingan baholarni qo'shib, o'rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda
chiqarishdangina iborat bo'lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan
maqsadga muvofiq tarzda mavjud bilim darajasi (sifati)ni tashhis qilishdan ibort.


66
Tekshirishdan tashqari nazorat o'z ichiga baholash (jarayon sifatida) va baho
(natija sifatida) ham oladi. O'zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting
daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash
belgilari va hokazolar baho ko'rinishida qayd etiladi.
Ta`lim oluvchining

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling