Soxibaxon ped texnologiya doc


Tayanch tushunchalar tahlili


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/122
Sana26.09.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1687950
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   122
Bog'liq
Soxibaxon ped texnologiya doc

Tayanch tushunchalar tahlili
Tushuncha
Tushuncha mazmuni
Bilim
borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi.
Obyektiv reallikning inson ongida adekvat aks ettirilishi
(tasavvur, tushuncha, mulohaza, nazariyalar). U kundalik,
ilmiy, empirik, nazariy bilimlarga ajradadi.
Kundalik bilim sog'lom fikrga va kundalik amaliy faoliyat
shakllariga asoslanadi. Insonning atrof-muhitga moslashuvi,
uning xatti-harakatlari va oldindan ko'ra bilishi uchun asos bo'lib
xizmat qiladi.
Ko`nikma
ongli faoliyat (harakat)ni tez, tejamli, to 'g'ri, kam
jismoniy va asabiy kuch sarflagan holda bajarish. Shaxsning
bilimlari 
asosida 
tarkib 
topadi. 
Dastlabki 
shakllanish
bosqichlarida bunday harakatlar jiddiy diqqat bilan bajariladi,
keyingi bosqichlarda diqqat
bilan nazorat qilish kamayib boradi va natijada avtomatlashgan
harakatga aylanadi.
Harakat turlari bo’yicha uch turga: harakat ko'nikmalari,
3-jadval. Grafik organayzerni qo’llash jarayonida mavzuga oid topshiriqlarni
bajaradigan jadval namunasi


80
sensor ko'nikmalar, aqliy ko'nikmalarga bo'linadi. Ko'nikmalar
muntazam mashq qilish (takrorlash) orqali zarur darajada
saqlanadi. Ma’lum
vaqt takrorlamaslik ko'nikma darajasining pasayishiga olib
keladi. Uni qayta mashqlar bajarish, malaka oshirish orqali
tiklanadi.
Malaka
shaxsning m a’lum kasbga yaroqlilik, tayyorlik dara-
jasi, shu kasbda ishlay olishi uchun zarur bilim,
ko'nikmalari yig'indisi.
Kasbiy axborotlarning tez ko'payib borayotgani ilgari
o'zlashtirilgan malakaning yetishmasligini keltirib chiqaradi.
Bu yetishmaslikni qayta tayyorlash va malaka oshirish orqali
to'ldiriladi. Bu jarayon uzluksiz davom etgandagina malaka ortib
borishi orqali kasbiy faoliyatni hozirgi talablar darajasida
davom ettirish imkoniyati hosil bo'ladi.
Maqsadni
belgilash
didaktik vazifalarni aniklash, ukuv natijalarini shakllantirish. Bu
pedagogik faoliyatni asosiy omili bulib, ta’lim beruvchi va
ta’lim oluvchining birgalikdagi faoliyati xarakatini umumiy
natijaga yunaltiradi.
Nazorat
doimy tekshirish yoki nazorat maqsadidagi tekshiruv. Ta’lim
oluvchilarni 
bilim, 
ko`nikma, 
malakalarini 
(BMK)
aniqlash,o`lchash va baxolashni anglatadi.
Joriy nazorat
O`qituvchi tomonidan har kungi ishda, asosan dars jarayonida
amalga oshiriladi
Oraliq nazorat
Dastur mavzusi, bulimlari uzlashtirilgandan sung amalga
oshiriladi.
Yakuniy nazorat
O`quv yili yarmida yoki yil oxirida amalga oshiriladi.
Frontal
tekshiruv
O`zlashtirish lozim bo`lgan (qoida, jadval, yilnomalar) ko`p
bo`lmagan materialni tekshirish uchun qo`llaniladi.
Og`zaki
tekshirish
nazoratning eng uzgaruvchan usuli bulib, ta’lim berishning
barcha boskichlarida kullaniladi va talabalar bilan alokani onson
ushlab turishga, ularning fikr va xarakatlarini kuzatishga,
javoblarini tugrilashga yordam beradi.
Yozma nazorat
(diktant, bayon yozish, savollarga yozma javob berish va yozma
nazorat ishlari) - vaqt bo`yicha tejamli bo`lib, butun guruxni va
har bir talabani ta’lim olishga tayyorligini bir vaqtda aniqlash
imkonini berib, topshiriqni individual bajarish xususiyati bilan
ajralib turadi, biroq topshiriqni tekshirishga ko`p vaqtni talab
qiladi.
Metod
grekcha so'z bo'lib, yo'l, axloq usuli ma’nolarini bildiradi.
Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli.
Faoliyat, harakatning yo'li, usuli yoki qiyofasi, shakli.
ko'rinishi.


81
Ta’lim metodi
o'qituvchining ta`lim oluvchilar bilan muntazam qo'llaydigan,
ta`lim oluvchilarga o'z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini
rivojlantirish, bilim va ko'nikmalarni egallash hamda ulardan
amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling