Soxibaxon ped texnologiya doc


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/122
Sana26.09.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1687950
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   122
Bog'liq
Soxibaxon ped texnologiya doc

o'zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo'ladi.
Bunda ta`lim oluvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko'rsatkichlari hisobga
olinadi. Miqdor ko'rsatkichlari ko'proq ballar yoki foizlarda. Sifat ko'rsatkichlari esa
a'lo, yaxshi, qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir
baholovchi fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ma'lum ball, ko'rsatkich
(masalan, o'rin - 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o'lchash va
hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma'no
ekanini unutmaslik muhim. Baholovchi son sifatida qo'llashga berilib ketishning
oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va hokazo)
ifodaga ega.
Bahoni amalda egallangan bilim, ko'nikma va malakalar bilan davlat ta'lim
standartiga ko'ra o'zlashtirilishi belgilangan bilim, ko'nikma va malakalar umumiy
hajmi o'rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta'riflash)dan ta'lim darajasining miqdoriy
mazmuni kelib chiqadi. O'zlashtirish (ta'lim samaradorligi) ko'rsatkichi B+A/T yuz
foiz nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:
%
100
'
T
A
B
K
O
+
=
B - o'zlashtirish (ta'lim samaradorligi) bahosi;
A - amalda o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarning hajmi;
T - o'zlashtirish nazarda tutilgan bilim, ko'nikma va malakalarning to'liq hajmi.
Ko'rinib turibdiki, (O'K) o'zlashtirish ko'rsatkichi (baho) bu o'rinda 100 foiz -
axborotni to'liq o'zlashtirish va 0 foiz - uning umuman mavjud emasligi o'rtasida
bo'ladi. Ma'lumki, baholash funktsiyasi ta'lim darajasini qayd etish bilangina
cheklanmaydi. Baho - ta'lim oluvchilarga ularning ta'lim olishi, bilimlarni
o'zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag'batlantirish maqsadida ta'sir
ko'rsatish vositasi. Aynan xolis (ob'ektiv) baholash ta'sirida ta`lim oluvchilarda
adekvat o'z-o'zini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga
keladi. Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi ta`lim oluvchilar
o'quv faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni
ta'minlaydigan ko'rsatkichlarni izlab topishni taqozo etadi. Demak, o'zlashtirishni
nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish
vazifalarini bajaradi:


67

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling