Soxibaxon ped texnologiya doc
Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi
Download 1 Mb.
|
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon
Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi:
konseptual asos, ta’lim jarayonining mazmuni texnologik jarayondan iborat bo‘ladi. Har bir pedagogik texnologiya muayyan ilmiy konsepsiyaga asoslanadi. Pedagogik texnologiyaning ilmiy konsepsiyasi ta’lim maqsadlariga erishishning: falsafiy, psixologik, ijtimoiy-pedagogik didaktik asoslashlami qamrab oladi. Ta’lim jarayoni mazmuni ta’lim jarayonining: umumiy va aniq maqsadlari, o‘quv materiali mazmunidan iborat bo‘ladi. Texnologik jarayon: o‘quv jarayonini tashkil etish, Ta'lim beruvchifaoliyati, talaba faoliyati, o‘quv jarayonini boshqarish usullari, o‘quv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi. Tadqiqotchilar har qanday pedagogik texnologiyalami qanoatlantiradigan mezonlarni belgilaydilar: Izchillik pedagogik texnologiyaning mezoni sifatida jarayonning mantiqiyligi, pedagogik texnologiyaning barcha qismlarining o‘zaro bog‘likligi, yaxlitligani o‘z ichiga oladi. Boshqaruvga asoslanganligi pedagogik texnologiyaning mezonlaridan biri. U o‘quv jarayoni diagnostikasi, uni rejalashtirish va amalga oshirishni loyihalash, undagi o‘qitish metodlari va vositalari bilan o‘zgartirib turishdan iborat bo‘ladi. Samaradorlik mezoni pedagogik texnologiyaning ta’lim jarayonining konkret sharoitlarida olinadigan yo'qsak natijalami ko’zda tutadi. Qayta tiklash pedagogik texnologiyalar mezonlaridan biridir. Unda pedagogik texnologiyalami boshqa o‘quv yurtlarida qo‘llash imkoniyati tushuniladi. Shunday qilib, oliy maktabda mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi murakkab va doimiy harakatdagi tizimni tashkil etadi. Bu tizimda bo‘lg‘usi o‘qituvchining texnologik tayyorgarligi alohida o ‘rin tutadi. U bo‘lg‘usi pedagogning intellektual rivojlanishi, faol o'qishi, ijodiy shaxsning rivojlanishi, tafakkuming kasbiy yo‘nalganligini idrok qilish, o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishda tadqiqiy (ilmiy) tamoyillami amalga oshirish bilan bog‘langan. Bo‘lg‘usi pedagogning texnologik tayyorgarligi, oliy o ‘quv yurtida pedagogik texnologiyalami amalga oshirishni talab qiladi. Pedagogik texnologiya fanining quyidagi asosiy tushunchalari mavjud: 1. Texnologiya - biror ishda mahoratda, jarayonda qo’llaniladigan yo’llar, usullar majmuasi. Pedagogik texnologiya - pedagogik va texnologik yondashuvlar integrasiyasidir. Pedagogik loyihalash - yaratilgan modelni dastlabki va yakuniy ko’rinnishda ishlab chiqish va uni amaliy qo’llash darajasiga yetkazishdan iborat. Pedagogik tizim -bir biribilan o’zaro bog’langan mo’ayyan munosabatda bo’lgan elementlar bilan tasvirlangan yahlit ta’lim tizimidir. Pedagogik innovasiya - pedagogik jarayonga yangilik kiritish. Pedagogik jarayon - Ta'lim beruvchiva ta'lim oluvchi orasidagi ta’limiy va tarbiyaviy munisabatlar tizimi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling