Soxibaxon ped texnologiya doc


Download 1 Mb.
bet2/112
Sana16.07.2023
Hajmi1 Mb.
#1660615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

ZA.Xolmatova falsafa fanlari doktori, dotsent
Taqrizchilar:
N.Erkaboyeva pedagogika fanlari doktori, dotsent
B.Abdullayeva pedagogika fanlari doktori , dotsent
Mazkur o'quv qo'llanma Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika instituti ilmiy kengashining 2020 yil, oyidagi, qarori bilan OAKka
tavsiya etildi.
So'z boshi
“Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi, avvalambor, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bog’liq”1
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi2da belgilangan “Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish” hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining asosiy faoliyat yo’nalishlaridan ta’lim tizimida innovatsiyalarni ishlab chiqishni ta’minlash3 kabi ustuvor vazifalari ta’lim muassasalarida o’qituvchilar innovatsion faoliyatini tashkil etish zarurligini ko’rsatmoqda. Chunki kasbiy ta’limning xalqaro andozalarga to’liq mosligini ta’minlash va ijtimoiy buyurtma asosida malakali kadrlarni tayyorlashda yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va innovatsion faoliyatga tayyorlash amaliyotiga joriy qilish ta’lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Pedagogika oliy o’quv yurtlari uchun mo’ljallangan pedagogik texnologiya o'quv qo'llanmasi o’quv dasturida ilgari surilgan talablarga muvofiq yaratildi. O'quv qollanmaning maqsadi - pedagogik texnologiya fanining nazariy-metodologik asoslarini ochib berish, bo’lajak pedagoglar tomonidan ularning chuqur o’zlashtirilishiga erishish, talabalarda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil eta olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling