Soxibaxon ped texnologiya doc
ILMIY ADABIYOTLARDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING UCH ASPEKTI TO'G'RISIDA FIKR YURITILADI
Download 1 Mb.
|
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILMIY TAVSIFIY AMALIY ASPEKT da
- ASPEKT da
- 1-rasm. Ppedagogik texnologiyaning asosiy aspektlari
- huquqiy-me’yoriy asosi
ILMIY ADABIYOTLARDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING UCH
ASPEKTI TO'G'RISIDA FIKR YURITILADI: ILMIY TAVSIFIY AMALIY ASPEKTda o'qitishning maqsadi, mazmuni va metodlari ilmiy asoslanadi hamda pedagogik jarayon loyihalashtiriladi. ASPEKTda rejalashtirilgan o‘qitish natijalariga erishishning maqsadi, mazmuni, metodlari va vositalarining ishtiroki asosida algoritm jarayoni ishlab SPEKTda pedagogik texnologiya jarayoni amalga oshiriladi chiqiladi. 1-rasm. Ppedagogik texnologiyaning asosiy aspektlari PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSLARI Pedagogik texnologiyaning ijtimoiy asosi har bir shaxs, jamiyat va davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi va shu ehtiyojlarni qondirishning maqsad va talablarini tashkiliy shakllari va usullarini belgilaydi. Pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi uning maqsadlari hamda tashkiliy shakl va usullarini falsafiy jihatdan to'g'ri yo'nalishda bo'lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Pedagogik texnologiya fanining metodologik asosi uni amalga oshirishda qanday metodlarga asoslanishini belgilaydi, insonlarning olamini hamda o'zlarini bilishlari turli tarixiy davrlarda turlicha asoslarga ega bo'lgan va ular o'ziga xos metodlarni keltirib chiqargan. Hozir olam va uninng hususiyatlari haqida xolis ma’lumotlar olish haqqoniy bilimlar hosil qilishninng ilmiy metodikasi pedagogik texnologiyalarning metodologik asosi hisoblanadi. Metodologik asosning ilmiy jihatdan to'g'ri bo'lishi texnologiyalar uchun zaruriy shartdir. Pedagogik texnologiyaning didaktik asosi uning ta’lim-tarbiya qoida va tamoyillariga muvofiqligini belgilaydi. Pedagogik texnologiyaning pedagogik asosi. Zamonaviy pedagogika fanining ilmiy hulosalaridan kelib chiqadi. Bunda pedagogik texnologiyaning umumiy tarkibiy tuzilmasi, mazmuni, shakli, usullari, vositalari, pedagogik jarayonninng tashkil qilinishi, olib borilishi, uninng diagnostikasi, monitoringi, o'quv-mavzu rejalar va shu kabilarninng ilmiy jihatdan to'g'ri bo'lishi ta’minlanadi. Pedagogik texnologiyaninng psixologik asosi psixologiya fanining ilmiy hulosalari va tavsiyalari bilan belgilanadi. Pedagogik texnologiyaninng fiziologik asosi o'quvchilarning turli yoshdagi fiziologik hususiyatlarini hisobga olishdan iborat. Pedagogik texnologiyaninng gigenik asosi ta’lim- tarbiya jarayonida salomatlikni saqlash talablariga rioya qilishdan iborat. Pedagogik texnologiyaninng mafkuraviy asosi uninng milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasi tamoyillarini o'zida mujassam etishi va ularni amalga oshirishga yo'naltirilgan bo'lishidan iborat. Pedagogik texnologiyaning huquqiy-me’yoriy asosi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirishga doir qonuniy va meyoriy hujjatlar bilan belgilanadi. Pedagogik texnologiyaning iqtisodiy asosi ta’lim menejmenti xulosalari va marketing tadqiqotlari natijalariga muvofiq belgilanadi. Pedagogik texnologiyaning tarixiy asosi ta’lim-tarbiya masalalarini turli tarixiy davrlarda amalga oshirishning shakl va usullari, mazmuni hamda turli pedagogik nazariyalar haqidagi ma’lumotlardan iborat bo'lib ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarning kelib chiqishi uchun zamin hisoblanadi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling