Soxibaxon ped texnologiya doc


Darsning texnologik xaritasi


Download 1 Mb.
bet54/112
Sana16.07.2023
Hajmi1 Mb.
#1660615
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   112
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Darsning texnologik xaritasi - dars ishlanmasining asosiy o’zagini tashkil etadi. U dars turi va tanlangan metodlarga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Darsning texnologik xaritasi xususida ma’ruzaning keyingi o’rinlarida alohida to’xtalib o’tiladi.
Ta’lim jarayonni loyihalash: loyiha - mazmun - faoliyat uchligi asosida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyatning umumiy mohiyatini yaxlit ifodalashga xizmat qiluvchi loyihani yaratishdir.
Ta’lim jarayonini loyihalash quyidagi bosqichlarda kechadi:


Ta’lim jarayonini loyihalashda bajariladigan asosiy vazifalar quyidagilardir:

  1. pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish;

  2. natijalarni oldindin ko’ra bilish;

  3. rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish.


14-rasm. Ta’lim jarayonni loyihalashda vazifalarning belgilanishi
Dars ishlanmasi - bu ta’limiy mazmunga ega loyiha, shuningdek, o’qituvchi tomonidan tuzilishi majburiy bo’lgan hujjat hisoblanadi. Uni tuzishda o’qituvchining dars jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish, dars mazmuni boyitish, ta’lim samaradorligini oshirish maqsadi ko’zlanadi. Dars ishlanmasini yildan-yilga takomillashtirib va mukammalllashtirib borish, yangi metodlarni qo’llash, yangi materiallarni kiritish bilan yangilab turilishi lozim. Binobarin, ta’lim jarayoniga yangi DTS, o’quv dasturlari, zamonaviy ta’lim texnologiyalarning joriy etilishi, o’qituvchi tomonidan yangi axborot texnologiyalari, zamonaviy texnik vositalarining qo’llanishi bilan dars ishlanmalariga qo’yilgan talablar ham o’zgarib boradi. Dars loyihasi (ishlanmasi)ni uchun tayyor, standart qolip mavjud emas. CHunki dars “jonli” tashkil etilishi zarur. Darsning bu xususiyatiga ko’ra uni hech qanday qolipga solib bo’lmaydi. U dars turi va tanlangan metodlarga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
Ta’lim jarayonini loyihalash, odatda, texnologik pasport va texnologik xaritalar vositasida amalga oshiriladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling