Soxibqiron Amir Temurning jangovar xarakatlari
Amir Temur saltanatining parchalanishi
Download 36.75 Kb.
|
Amir Temur janglari tarixi 6 лист
4. Amir Temur saltanatining parchalanishiSoxibqiron saltanati zaiflashtirish va parchalanishiga olib kelgan muhim sabablardan biri ko’p sonli Temuriy shaxzodalar o’rtasida toj - taxt talashish boshlanib ketgan va bir necha yilga cho’zilgan o’zaro besamara urushu-nizolardir. Gap shundaki, Amir Temur vafotidan so’ng ko’p sonli vorislari uning dono vasiyatlari, o’gitlariga quloq osmay, asosiy xokimiyatni egallash yo’lida jangu-jadalga kirishadilar. Amir Temur Xitoy yurishiga otlangan bir paytda O’trorda 1405 yil 18 fevralda kasallanib, vafot etgan paytda, uning 4 o’g’ilidan 2 tasi (Mironshox va Shoxrux Mirzolar) va 19 ta nevara, 15 chevara, shuningdek, qizlari Og’a begim, Sulton Baxtbegim va Og’a begimning o’g’li Sulton Xusayin Mirzolar qolgan edi. Amir Temur vasiyatiga ko’ra uning o’rnini Qobul, Qandaxor va Shimoliy Xind erlarini boshqarib turgan nabirasi Pirmuxammad (Jaxongir Mirzo o’g’li) egallashi kerak edi. Biroq shaxzoda Halim Sulton (Mironshox o’g’li) ning o’zboshimchaligi bilan Samarqandni egallab, o’zini xukmdor deb e’lon qilishi, tabiyki, boshqa shaxzodalarning ham qo’zg’alishiga, saltanatning darz ketishiga olib keldi. Buning oqibatida tez orada G’arbiy xududlarning ancha qismi mustaqil bo’lib ajralib ketdi. Ozarbayjon tomonda turkmanlarning Oq quyunli va Qora quyunli sulolalarining Temuriylarga bo’ysunmaslik va ularga qarshilik harakati kuchayadi. amir Xudoydod va Shayx Nuriddinlar esa Movaraunnaxrning turli xududlarida bosh ko’taradilar. Faqat qat’iyatli, shijoatli Shoxrux Mirzo bu qonli nizolar, urushlarga barham berib, Xuroson va Movaraunnaxrda xokimiyat jilovini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ladi. U 1409 yilda Movaraunnaxrdagi vaziyatni o’z foydasiga hal etib, uni katta o’g’li Ulug’bekka topshiradi. O’zi esa Xuroson xukmdori bo’lib qoladi (1407-1447). Mirzo Ulug’bekning asl ismi Muhammad Tarag’ay bo’lib, u 1394 yilda Sultoniyada tavallud topgan. U Movaraunnaxr taxtini egallaganida endi 15 yoshga to’lgan edi. Mirzo Ulug’bek xukmronligi (1409-1449) saltanatning an’anaviy rivoji va muhim ijtimoiy o’zgarishlar yo’lidan ilgarilib berishda aloxida davrni tashkil etadi. Ulug’bek o’z davlat siyosatida qanchalik oqil va izchil siyosat yuritishga, ilm-fan axliga, din peshvolariga xomiylik qilish, savdo-tijorat va xunarmand a’liga ko’p rag’bat ko’rsatishga harakat qilmasin, unga qarshi jiddiy muxolifatchi kuchlar ham bor edi. Ulug’bek zamindor feodallarning oddiy fuqarolarga nisbatan suiste’molchiliklarini cheklash tadbirlarini ko’rganda, ular «taxtdagi olimga» qarshi chiqadilar. Ruhoniylar orasidagi jaxolatparast unsurlar Ulug’bek Islom diniga zarar keltiruvchi «betavfiq xukumdor» deb tashvijot yuritdilar. Shu tariqa, jaxolatparastlik ilmga, o’z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo’yuvchilar taraqqiyotga qarshi chiqdilar. Ulug’bek mamlakatdagi turli ijtimoiy-siyosiy guruxlar o’rtasidagi ichki ziddiyatlarni, mutaassib, reaktsion kuchlar muholifatchiligini oxirigacha bartaraf eta olmadi. Bu esa XV asrning 40 yillari oxirlariga kelib mamlakatni barqarorlik va chuqur ijtimoiy larzalarga duchor etdi. Saltanat qo’shinining jangovar xolatda bo’lmaganligi va turli joylarga sochilganligi esa Dashti qipchoq ko’chmanchilarining bu erlarga tez-tez bostirib kelib, yurtni talash uchun keng yo’l ochib bergandi. Xususan, 1447 yilda Shoxrux Mirzo vafoti munosabati bilan Ulug’bekning ota taxtiga da’vogarlik qilib Xurosonga yurishi, jiyani Alouddavla va boshqa merosxo’rlar bilan xokimiyat talashishi, uning yo’qligida Abdulxayrxon boshliq Dashti qipchoq o’zbeklarining Movaraunnaxr erlarini g’arot qilishi bunga misol bo’la oladi. Shuningdek, qora kuchlar ig’vosi tufayli o’z o’g’li Abdullatif bilan boshlangan nizoning katta jangga aylanib, unda Ulug’bekning mag’lub bo’lishi uning fojiali o’limi bilan yakun topib qolmay, ayni paytda Temuriylar sulolasi inqirozining yanada ham chuqurlashishiga olib keldi. Ilm-fanga katta zarar etkazildi. Ulug’bek akademiyasi tarqalib ketdi, kutubxonalardagi kitoblar yondirildi, olimlar boshi oqqan tomonga ketishga majbur bo’ldilar. Ulug’bek o’limidan so’ng tez orada oqpadar Abdullatifning o’ldirilishi, undan keyin Samarqand xokimiyati tepasiga kelgan Abusaid Mirzo (1451-1468) ning davlatni boshqarish o’rniga asosiy vaqtini Eron va Xuroson xududlarida harbiy yurishlar bilan o’tkazishi, uning vafotidan so’ng Movaraunnaxrda xukmronlik qilgan avlodlari Sulton Axmad (1468-1493), Sulton Maxmud (1493-1494) va Sulton Ali Mirzolar (1494-1501) davrida yurtning yanada ichki ziddiyatlar va tanazzullikka yuz tutishi pirovard oqibatda Temuriylar xukmronligining barham topishiga olib keldi. XV asrning 90 yillari boshlarida Farg’ona mulkida otasi Umarshayx Mirzo (1494) vafotidan so’ng xokimiyat jilovini qo’lga olgan Bobur Mirzo (1494-1530)ning Temuriylar saltanatini saqlab qolish yo’lida Muhammad Shayboniyxonga qarshi olib borgan bir necha yillik jangu-jadal harakatlari ham natijasiz tugadi. Bunday xolning yuz berishiga Temuriy shaxzodalar o’rtasidagi o’zaro nizo, janjallar oqibatida saltanatning inqirozga uchrashi sabab bo’ldi. Bobur Mirzoning Afg’on va Xind erlari sari bosh olib ketishga majbur bo’lganligi boisi ham mana shundadir. Xurosonda XV asrning ikkinchi yarmida Abusaid Mirzo o’limidan so’ng (1468) xokimiyatga kelgan Xusayn Boyqaro (1468-1506) davrida bu o’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida ko’plab muxim o’zgarishlar-u siljishlar yuz berganligi faktdir. Buning boisi shundaki, Temuriy shaxzodalar ichida ta’sir va tadbirkor, salohiyatli va ma’rifatli xukmdor bo’lgan Xusayn Boyqaro o’zining salkam 40 yillik xukmronligi davrida Xuroson mamlakatida katta xayrli ishlarni amalga oshirish, saltanat qudratini ko’tarishga muvaffaq bo’ldi. Bu ulug’vor ishlar va sa’y-harakatlarda uning maktabdosh do’sti, buyuk donishmand siymo, o’zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy xazratlari (1441-1501) ning o’rni beqiyosdir. Download 36.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling