Soya va mosh maxsulotlarining yig'ib olingandan keyingi
Sifat o‘zgarishidagi isrofgarchilik
Download 0.7 Mb.
|
shoh kursavoy
Sifat o‘zgarishidagi isrofgarchilik. Saqlash to‘g‘ri tashkil etilganda maxsulot sifati bo’zilmaydi. Isrofgarchilik saqlash muddatining cho‘zilishi bilan bog‘liq bo‘lib, maxsulot chidamlilik muddatidan o‘tganidan keyin ro‘y beradi.
Maxsulotlarni saqlashda sifatining salbiy o‘zgarishi (muddatidan ortiq saqlash ko‘zda tutilmagan) asosan mikroorganizm va xasharotlarning ta’siri, kemiruvchi va qushlar tomonidan zararlanishi, shuningdek, texnik zararlanishi natijasida ro‘y beradi. Xulosa. Don massasi turli komponentlarning yig‘indisidan, shuningdek asosiy ekinlarning donlaridan, aralashmalardan, mikroorganizmlardan, donlar orsidagi xavodan, xashoratlar va kanalardan tashkil topgan. Don massasi о‘zida turli komponentlar (don, aralashmalar) ni saqlaydi, bu esa donning oquvchanligiga ta’sir kо‘rsatmaydi. Oquvchanlik tufayli don massasi noriyalarda, transportyorlarda va boshqa mashinalarda oson xarakat qiladi. Shuningdek, donlarni bunkerlarga, siloslarga joylashtirishda va о‘zi oqizar quvurlar yordamida ulardan chiqarib olishda ushbu xususiyati as qotadi. Don massasining oquvchanligini e’tiborga olgan xolda quvurlarning minimal qiyalik burchagi xamda elevatorlarda, un yorma va omixta yem ishlab chiqarish zavodlarida bunker va siloslarning xaqiqiy xajmlari aniqlanadi. Saqlash jarayonida don massasining oquvchanligi kamayadi. Oquvchanlik kо‘rsatkichi donning ishqalanish va tabiiy qiyalik burchaklari bilan baxolanadi. Tabiiy qiyalik burchagi deb don massasining gorizontal tekislikka tushib xosil qilgan konus asosining diametri bilan tashkil qiluvchisi orasidagi burchakka aytiladi. Ishqalanish burchagi deb, don massasining qiya yuza bо‘ylab xarakatiga kela boshlangan eng kichik burchagiga aytiladi. Don massasining oquvchanlik darajasiga don massasidagi qattiq jismlarning granulametrik tarkib tabiati ta’sir kо‘rsatadi. Bular don va aralashmalar yuzasining xolati, tavsifi, shakli, о‘lchami, namligi, aralashmalarning tarkibi va miqdori, shuningdek sirpanuvchi yuzadan materialdan va shaklidan iborat. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling