Soya va mosh maxsulotlarining yig'ib olingandan keyingi
Download 0.7 Mb.
|
shoh kursavoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ildiz tizimi
I.Bob.
1.1 Soya doniga dastlabki ishlov berish texnologiyasi Don massasini saqlash samaradorligini oshirish bir qator texnologik, tashkiliy va xo’jalik tadbirlari bilan bog’liq. Bu tadbirlarning kompleks qo’llanishi don massasining miqdor va sifat jihatdan qoniqarli sadlanishini ta’minlaydi. Donning saqlanuvchanligini oshirish uning tarkibidagi begona va donli aralashmalar miqdorini, zararkunandalarning mavjudligini va donning fizik hamda fiziologik xususiyatlarini chuqur bilishni, kechadigan o’zgarishlarni muntazam ravishda aniqlab borishni, mavjud chora-tadbirlar kompleksini o’z vaqtida sifatli o’tkazilishini taqozo qiladi. Don massasini o’z vaqtida turli xil begona araashmalardan tozalash uning saqlanuvchanligini oshiruvchi muxim tadbir hisoblanadi. Don massasidagi begona aralashmalar - organik va mineral xarakterga ega bo’lib, ular ayrim fiziologik xususiyatlari jihatdan ancha aktiv bo’lganligi uchun dondagi kechadigan fiziologik jarayonlarning jadallashib ancha oshiradi hamda donni qayta ishlash mahsulotlari (un va yormani) sifatining pasayishiga olib keladi. Dondagi begona aralashmalar mikroorganizmlarning rivojlanishi uchui asosiy manba hisoblanadi. Don begona aralashmalardan turli o’lchamdagi va shakldagi teshiklari bor elaklar bilan jihozlangan don tozalash mapganalarida tozalanadi. Elaklar g’alla ekinlarining turiga, donning ishlatilish maqsadiga va aralashmalarning miqdoriga qarab tanlanadi. Xo’jaliklarda don massasidagi begona aralashmalarning miqdori va tarkibi aniqlanib, keyin uni tozalash sxemasi tuziladi va mashinalarning ishlash rejimi aniqlanadi. Barcha don tozalash va saralash mashina-mexanizmlarning ishlash qonuniyati urug’larning shakliga va katta-kichikligiga asoslangan bo’lib, donni shamol va g’alvirlar yordamida saralovchi, don hamda boshqa urug’larni uzunligi bo’yicha saralovchi trenerlar, g’alvirlar, shamol va triyerlar yordamida tozalaydigan va saralaydigan mashinalarga bo’linadi. Shu o‘rinda mosh o‘simligi haqida qisqacha ma’lumot berib ketish joiz deb hisoblayman. Ildiz tizimi – Mosh (Phaseolus aureus Pip.) – bir yillik o`tsimon o`simlik. o`q ildiz, 1-1,5 m chuqurlikka kirib boradi. Asosiy va yon ildizlarida no`xatsimon tuganaklar hosil qiladi. Poyasi qirrali, ko`p shoxlaydi, balandligi 40-60 sm, chirmashuvchi yoki yarim chirmashuvchi. Barglari uchtalik, yirik, uzun bandli. O`simlikning barcha organlari shu jumladan dukkaklari ham tukli. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling