Mamlakatimizda bo`layotgan ilmiy-texnik rivojlanish jarayonlari


Download 207.83 Kb.
bet1/13
Sana05.01.2022
Hajmi207.83 Kb.
#228861
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

KIRISH

Mamlakatimizda bo`layotgan ilmiy-texnik rivojlanish jarayonlari xalq xo`jalik ishlab chiqarishining turli tarmoqlarida o`z aksini topmoqda. Jumladan, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishida aholi va sanoatni qishloq xo`jalik mahsulotlari bilan ta`minlash, ularni el dasturxoniga faqat mavsumda emas, balki yil davomida uzluksiz tarzda yetkazib turish, mahsulotlarni saqlash va ularga ishlov berishda sifat ko`rsatgichlarini ta`minlash kabi jarayonlarni zamonaviy mashina-traktor agregatlaridan, turli qurilma va jihozlardan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar va kompleks agregatlar yordamida ishlab chiqarishni tashkil etilishi, zamonaviy texnik servisning shakllanishi kabi tizimlarni bugungi samarali faoliyati olib borilayotgan islohotlarning natijalari sifatida qaraladi. Mustaqilligimiz tufayli ishlab chiqarish kuchlarini ishlab chiqarish vositalariga bo`lgan munosabatining o`zgarishi, qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish vositalarining xususiylashuvi, mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni raqobatli tizimining shakllanishi, o’z navbatida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasini qo`yadi. Bu vazifani bajarilishi esa Oliy maktab zimmasiga yuklatilgan bo`lib, o`z navbatida ta`limning samarali usulini, o`quv adabiyotlar va moddiy texnik o`quv bazasini takomillashtirishni talab qiladi. Shulardan kelib chiqib mashina-traktor parkidan foydalanish fanini o`quv – uslubiy majmuasi kun talablari asosida yozilgan bo`lib fanning maqsadi, vazifasi, mazmuni va tarkibi aniqlanib, talabalarda zaruriy nazariy va amaliy ko`nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Fanning o`qitilishidan maqsad qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining bo`lajak mutaxassislariga berilgan tabiiy-ishlab chiqarish sharoitlariga mos keladigan qishloq xo`jalik mahsulotlaridan yuqori hosil olish maqsadida mashina-traktor agregatlari (MTA), texnologik komplekslari, mashina-traktor parklari tarkibini asoslash va ulardan samarali foydalanish, texnikalarga texnik servisni tashkil etishni nazariy asoslari bilan qurollantirish.

Fanning vazifasi – MTAlarini yuqori ish unum bilan ishlatish, qishloq xo`jaligidagi mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarni yuqori saviyada o`tkazishni tashkil etish, MTAlariga texnik servis xizmatini ko`rsatish, mahsulot yetishtirishning jadal texnologiyalarini o`rgatish, samarali yechimlar ishlab chiqish, texnologik jarayonlarini tanlash, tajriba ishlarini o`tkazish uslublarini o`zlashtirish, olingan natijalariga ishlov berishda zamonaviy kompyuterlardan foydalanish bo`yicha amaliy ko`nikmalar hosil qilishdir.

Mashina-traktor parkidan foydalanish fani asosiy ixtisoslik fanlaridan biri bo`lib,o`quv jarayonini 4-bosqichida o`qitiladi. Dasturni amalga oshirish ta`lim yo’nalishining o`quv rejasida keltirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, informatika va informatsion texnologiyalar, fizika), umum kasbiy (nazariy mexanika, mashina va mexanizm nazariyasi, mashina detallari, gidravlika va gidravlik mashinalar, materialshunoslik va konstruktsion materiallar texnologiyasi, yuritma va qishloq xo’jaligini avtomatlashtirish va h.k.) va ixtisoslik (qishloq xo`jaligi mashinalari, chorvachilikni mexanizatsiyalash, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini dastlabki ishlashni mexanizatsiyalash) qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti, hayot faoliyat xavfsizligi va h.k. fanlaridan yetarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlikni talab etadi.

Mamlakatimizda qishloq xo`jaligini rivojlantirish va uning mahsulotlariga oshib borayotgan ehtiyojlarni qondirishning asosiy yo`li, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni bosqichma bosqich jadallashtirishda texnikalardan samarali foydalanish orqali erishiladi.

Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini jadal texnik jihozlashda horijiy texnikalarni jalb etish, mamlakatimizda ishlab chiqariladigan texnikani takomillashtirish va qishloq xo`jaligi mashinasozligini rivojlantirilishi agrar sohani texnik jihatdan qayta qurollanishi uchun zamin yaratilmoqda. Bunday sharoitda traktorlar va qishloq xo`jaligi mashinalari, transport vositalaridan unumli va samarali foydalanish qoidalarini o`rganib borish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ularni uzliksiz mukamallashtirib borish qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish texnologik tizimini ajralmas bo`lagi hisoblanadi.




Download 207.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling