Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning asosiy vazifasi - aholini yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlash sanoatini esa hom ashyolarning kerak turlari bilan ta`minlashdan iboratdir. Ushbu o’ta dolzarb hal etish moddiy texnik negizining muhim qismi mashina-traktor agregatlari (MTA), murakkab texnologik jarayonlarni bajarishda qo’llaniladigan alohida texnologik komplektlar, xo’jaliklarni va tashkilotlarni mashina-traktor parklari tashkil etadi. Mashina-traktor parkidan samarali foydalanishdan ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori va sifati, turli resurslar sarfi va pirovard natijada xo’jaliklarning iqtisodiy gullab yashnashi bevosita bog`liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |