Mamlakatimizda bo`layotgan ilmiy-texnik rivojlanish jarayonlari


Mamlakatimiz qishloq xo’jaligidagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari


Download 207.83 Kb.
bet5/13
Sana05.01.2022
Hajmi207.83 Kb.
#228861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2. Mamlakatimiz qishloq xo’jaligidagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari. Mustaqil Respublikamizni qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish va uni qayta ishlash bo‘yicha rivojlangan davlatlar bilan raqobatlasha oladigan saloxiyatda bo‘lishini ta’minlash maqsadida xukumatimiz tomonidan bir qancha qarorlar qabul qilinib, izchillik bilan xayotga tadbiq etilmoqda. Bu borada prezidentimiz I.Karimov tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosat, ya’ni qishloq xo‘jaligida o‘tkazilayotgan islohotlar diqqatga sazovordir. Qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar mehnatkashlarning qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirishga bo‘lgan munosabatlarini tubdan o‘zgartirib yubormoqda. Buni qishloq xo‘jaligida texnikalardan foydalanishda ham yaqqol kurish mumkin. Qishloq xo‘jaligining iqtisodiy jixatdan mustahkam bazasini yaratish asosan qo‘yidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi. Birinchidan, etishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sotish bahosini oshirish. Ikkinchidan, etishtirilayotgan mahsulotning yalpi miqdorini ko‘paytirish. Uchinchidan, etishtirilayotgan mahsulot tannarxini kamaytirish. Bu omillarning bajarilishini ta’minlash, qishloq xo‘jaligida texnikalardan foydalanish darajasining va samaradorligining yuqori bo‘lishligi bilan xarakterlanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida biz arzon va yuqori sifatli raqobatbardosh mahsulotlarni ko‘p miqdorda etishtirish uchun mexanizatsiya yordamida bajariladigan ishlarni o‘z vaqtida agrotexnik talab

darajasida bajarilishini ta’minlaydigan texnika va texnologiyalarga ega bo‘lish bilan birga ulardan foydalanish qoidalarini ham egallagan bo‘lishimiz kerak.

Respublikamizning mustaqillikga erishgandan keyin qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan texnika va texnologiyalarning rivojlanishida ham tub burilish davri boshlandi. Xozirgi kunda qishloq xo‘jaligimizga rivojlangan davlatlarning yangi texnika va texnologiyalari jadal kirib kelmoqda. SHu bilan birgalikda respublikamizda ham yangi tipdagi mashinalar ishlab chiqarilmoqda. Qishloq xo‘jaligida texnikalardan foydalanishning yangi bir davri boshlangan ya’ni quvvati oshirilgan, ish unumi yuqori bo‘lgan, ishni sifatli bajara oladigan hamda ishlab chiqarishni uzluksiz holda tashkil etishni ta’minlaydigan texnikalar joriy etilmoqda. Bundan tashqari mashinalarni universallashtirishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Bu qishloq xo‘jaligi muxandis-mexaniki mutaxassislari oldiga katta ma’suliyatlarni yuklaydi. Bundan tashqari hozirgi davrda boshqarish tizimi va mulkchilikka munosabat ham butunlay o‘zgarib ketgan. Bu ham o‘z navbatida texnikalardan foydalanishning mavjud qoidalarini takomillashtirishini talab qiladi.


Download 207.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling