Mamlakatimizda bo`layotgan ilmiy-texnik rivojlanish jarayonlari


Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirishning rivojlantirish istiqbollari


Download 207.83 Kb.
bet13/13
Sana05.01.2022
Hajmi207.83 Kb.
#228861
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
5. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirishning rivojlantirish istiqbollari. Texnikalardan foydalanishda avvalo ularning foydalanish ko`rsatgichlarini yaxshilash hisobiga ish unumini oshirishning eng zamonaviy usullardan foydalanish hamda bajariladigan ishlarning tashkil etishning yangi tartib va qoidalarini ishlab chiqarishga joriy qilinishi talab etiladi.

Shuning uchun Prezidentimizning 2012 yil 21 maydagi “2012-2016 yillarda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash,texnik va texnologik qayta qurollantirish dasturi to`g`risida”gi PQ-1758-sonli qaroriga ko`ra mamlakatimizda qishloq xo`jaligi mashinasozligini rivojlantirish va texnikalardan samarali foydalanish istiqbollari belgilab berilgan bo`lib, bu yo`nalishlar quyidagilardan iborat:

-mashina-traktor parklarini sifatli qishloq xo`jaligi mashinalari bilan qayta jihozlash;

-quvvati, ish unumi, yoqilg`i sarfi va boshqa ko`rsatgichlari zamonaviy standartlarga mos keladigan yangi turdagi qishloq xo`jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni o`zlashtirish;

-qishloq xo`jaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta jihozlash;

-qishloq xo`jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va etkazib berish tizimini takomillashtirish;

-servis xizmati tizimining sifatini oshirish va kengaytirish;

-fermer xo`jaliklari, mashina-traktor parklari va qishloq xo`jaligi mashinasozligi korxonalariga etuk mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini doimo oshirib borishdan iborat.

Ushbu qo`yilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kelajakda mamlakatimiz aholisini qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan ta`minlashda muhim rol o`ynaydi.
Nazorat savollari:

1. Mamlakatimizda qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirish qanday dehqonchilik sharoitida amalga oshiriladi?

2. Mahsulot etishtirishning eksintensiv va intensiv usularining mohiyatini tushuntiring.

3. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirishning asosiy maqsadi nimadan iborat?



4. Qishloq xo`jaligi ekinlarini etishtirishda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash darajasi deganda nimani tushinasiz?

5. Mamlakatimizda qishloq xo`jaligi mashinasozligini rivojlantirish va texnikalardan samarali foydalanish istiqbollarini ayting.
Download 207.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling