4. Mashina-traktor agregatlari tushunchasi haqida ma’lumot.
Mashina traktor agregatlari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish jarayonida barcha mexanizatsiyalashgan qishloq xo‘jalik ishlarini bajaradi.
Energetik vosita bir yoki bir necha qishloq xo‘jalik mashinasi yoki kurolidan xamda tirkash kurilmasidan iborat bo‘lgan tuzilma “mashina traktor agregati” deb ataladi.
MTA qishloq xo‘jalik ishlarini bajarish usuliga, energnya manbainnng turiga, MTA tarkibi undagi QXM lar va qurollar soniga, ularning traktor simmetriyasiga nisbatan joylanishi va unga biriktirish usuliga, shunnngdek bajaradigan ishinnng turlariga ko‘ra bir necha guruhlarga bo‘linadi:
1.Agregatlar qishloq xo‘jalik texnologik jarayonlarni bajarish uslubiga ko‘ra: Mobil va statsionar agregatlarga bo‘linadi.
Mobil agregatlar tortib xarakatlantiruvchi, o‘zi yurar va xarakati cheklangan agregatlarga bo‘linadi.
Statsionar agregatlar esa ko‘zg‘almas xamda ko‘chma agregatlarga bo‘linadi.
2.Agregat energiya manbainnng turiga ko‘ra: Mexanikaviy, elektromotorli, shuningdek ot-ulovli agregatlarga bo‘linadi. Mobil agregatlar asosan ichkn yonuv dvigatellari (motorli), ayrim xollarda esa ot-ulov tortish kuchidan foydalanib harakatlantiriladi. Statsionar agregatlar esa deyarli elektromotorlar, qisman esa shamol yoki suv energiyasidan foydalanib ishlatiladi.
3. Agregatlar qishloq xo‘jalik mashinalari yoki qurollarini traktorlarga biriktirish usuliga ko‘ra tirkama, o‘rnatma, yarim o‘rnatma va yarim tirkama agregatlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |