Soya va mosh maxsulotlarining yig'ib olingandan keyingi
O‘zbekiston xalq xo‘jaligida don maxsulotlarini istemolchilarga yetib borishi
Download 0.7 Mb.
|
shoh kursavoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miqdordagi isroflar.
O‘zbekiston xalq xo‘jaligida don maxsulotlarini istemolchilarga yetib borishi
Istemolchilar Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarilishi Sanoatning turli soxalari Zaxiralar Savdo va jamoat ovqatlanish korxonalari Tayyorlov tizimi Barcha ekin turlari xosildorligini ko‘tarish va yalpi xosil miqdorini oshirish mumkin, lekin iste’molchiga maxsulotlarni yetkazib berishning turli bosqichlarida ko‘p miqdorda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilsa va sifati pasaytirib yuborilsa, unda natijalar samara siz bo‘ladi. Ayniqsa, hosil yig‘ib olingandan keying davrda maxsulotlarga notug‘ri munosabatda bo‘lish natijasida isrof miqdori yuqori bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, maxsulot butunlay bo’zilishi yoki ular tarkibida zaxarli xususiyatlar yuzaga kelishi mumkin. Fan va texnikani rivojlantirishga qaramay, xozirgi davrda xosilning katta qismi isrof bulmoqda. Terimdan keyingi davrda uyumdagi isrofni kamaytirish va sifatini saqlash uchun uni tashish, saqlash va sotishga asosiy e’tiborni qaratish kerak. Saqlash davrida maxsulot isrofgarchiligi ularning fizik va fiziologik xususiyatlari natijasidir. Faqat maxsulot tabiatini, unda ro‘y beradigan jarayonlarni, ular uchun ishlab chiqilgan saqlash rejimlarini yaxshi bilish isrofni kamaytirish va xosildorlik o‘sishini ta’minlash imkonini beradi. Maxsulotni saqlashda isrof ikki turga bulinadi: miqdor va sifat. Ko‘pchilik xollarda bu isroflar o‘zaro bog‘langan bo‘ladi, ya’ni uyumdagi isrof sifatidagi isrof bilan qo‘shilib boradi va buning aksi kuzatiladi. Tabiatda isrofgarchiliklar fizik, biologik bo‘lishi mumkin. Miqdordagi isroflar. Saqlashda maxsulot miqdorining kamayishi fizik xususiyat va fiziologik jarayonlar natijasida ro‘y beradi. Fizik isrof misolida maxsulotdagi namlikning atrof-muxitga bug‘lanishi tushuniladi. Ammo bu turli maxsulotlarda xar xil kechadi. Ba’zi sabzavot va mevalarda oz miqedorda namlikning buglanish belgilari bo‘lishi. qonuniy xisoblanadi va isrofni umumiy chamasiga kiritiladi. Don va urug’‘larni saqlashda esa bug‘laiish natijasida namlikni kamayishi isrof xisoblanmaydi. Fizik isrofning boshqa turi — maxsulotni saqlash davrida ko‘chirish, qayta taxtlash jarayonida ustki qatlamlarida mayda qismlarni ajralishidir. Bu xolda maxsulot omborxona satxida yoki don bilan donning sirg‘alishi natijasida xisobsiz maydalanish yuzaga keladi. Maxsulot uyumi joydan joyga qancha ko‘p ko‘chirilsa shunchalik mayda zarrachalar miqdori ko‘payadi, extiyotsizlik natijasida, xatto saqlanayotgan maxsulotning tashqi qismi jarox atlanishi va mayda zarrachalar ajralishi mumkin. Miqdorda bu katta isrofgarchilikka sabab bo‘ladi xamda sifatiga va kelgusida maxsulotning saqlanuvchanligiga ta’sir etadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling