Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


§. TURKISTONDA 1916-YILGI VOQEALARNING OQIBATLARI VA


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1536017
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
Bog'liq
9-uzbek


§. TURKISTONDA 1916-YILGI VOQEALARNING OQIBATLARI VA 
AHAMIYATI 
Qo
’zg’olon xarakteriga ko’ra milliy-ozodlik ko’rinishida yuz berdi, chunki bu 
qo
’zg’olonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi xalq ommasi edi. Ular 
mustamlakachilik tartiblariga qarshi qo
’lga qurol olib toptalgan haq-huquqlari
din-u diyonatlari uchun tengsiz kurash olib bordilar. Qo
’zg’olonchilar Vatanning 
haqiqiy fidoyi farzandlari ekanliklarini amalda isbotiadilar. Mislsiz jasoratlari 
bilan 
Vatan 
tarixi 
sahifalaridan 
munosib 
o
’rin egalladilar. Mazkur 
qo
’zg’olonlargarus amaldorlaridan biri: `Urush frontlariga yangi bir Turkiston 
fronti qo
’ shildi`,-deb o’lkadagi vaziyatga baho bergan edi. 


Qo
’zg’olonchilar mustamlakachi hukumatga qarshi oddiy ish qurollari bilan 
jang olib bordi. Bundan tashqari ularning aksariyati dehqonlar, hunarmandlar 
bo
’lganligi va harbiy sohadan mutlaqo bexabar ekanligi qo’zg’olonning 
mag
’lubiyatga uchrashiga sabab bo’ldi. Ular Turkistonning turli mintaqalarida 
mustamlakachilarga 
qarshilik 
ko
’rsatdilar. 
Shunday 
bo
’lsa-da, 
qo
’zg’olonchilarning taktik va strategik uquvsizligi, ahillikda va birdamlikda 
harakat qilmasligi pand berdi. 
Qo
’zg’olon xalq ommasi uchun juda katta yo’qotishlarni olib keldi. Birinchidan, 
Jizzax atrofidagi aholisi qo
’zg’olonda qatnashgan qishloqlar yondirib yuborildi, 
natijada ko
’pchilik uy-joysiz qoldi. Ikkinchidan, qo’zg’olon yoz faslida bo’lib 
o
’tganligi bois ekinzorlar, qishloq xo’jaligi mahsulotlari nobud bo’ldi. Buning 
natijasida Turkiston aholisi 1916-1917-yil qish oylari uchun g
’amlaydigan oziq-
ovqat zaxirasining katta qismidan ayrildi. Uchinchidan, qo
’zg’olon natijasida 
aholi orasida ko
’plab qurbonlar bo’ldi. 
Rossiyaning birinchi jahon urushida ishtirok etishi, Turkiston o
’lkasidagi 
qo
’zg’olonlar xalq turmushiga ham o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatdi. Podsho 
hukumati tomonidan Turkiston aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi 
mahalliy aholining katta qismini boquvchisiz qoldirdi. Natijada bu davrda oziq-
ovqat taqchilligi, narx-navoning ko
’tarilishi tirikchilik qilishning qiyinlashishiga 
olib keldi. Shuning uchun ham mardikorlikka qarshi olib borilgan 1916-yildagi 
qo
’zg’olonlar mahalliy aholining mustamlakachilarning jabr-zulmlarga 
asoslangan siyosati va urush oqibatlarining salbiy ta
’siri natijasida sodir bo’ldi. 
1916-yildagi qo
’zg’olonlar podsho hukumati tomonidan ayovsiz ravishda 
bostirildi. Qo
’zg’olonchilar mustamlakachi hukumatning politsiya va harbiy 
kuchlariga qarshi mardonavor kurashdilar. Garchi qo
’zg’olon ishtirokchilari va 
rahbarlari 
podsho 
hukumati 
tomonidan 
qattiq 
jazolanib, 
ko
’plab 
qo
’zg’olonchilar qurbon bo’lishi va yarador bo’lishiga qaramay, bu 
mardikorlikka 
qarshi 
qaratilgan 
qo
’zg’olonlar 
Turkiston 
aholisining 
bosqinchilarga qarshi milliy-ozodlik xarakteridagi harakati hisoblanadi. 
Qolaversa, bu qo
’zg’olonda o’lka keng xalq ommasining barcha tabaqalari, 
jumladan, qariyalar va ayollar ham ishtirok etdi. 
1916-yilgi qo
’zg’olonlar mustamlakachi hukumatni qattiq sarosimaga soldi. Bu 
qo
’zg’olon Turkiston xalqlarining o’z huquqlarini poymol qilishlariga yo’l 
qo
’ymasligini ko’rsatdi. Bu qo’zg’olon mustamlakachi hukumatga yana bir bor 
mahalliy aholining ozodlik va mustaqillik uchun kurash tuyg
’ulari hali 
so
’nmaganligini ko’rsatdi. Podsho hukumati ba’zi choralar ko’rishga, 
yengilliklar yaratishga va aholi bilan murosa qilishga majbur bo
’ldi. 
> Rossiyanmg birinchi jahon urushida ishtirok etishi uning mustamlakalari, 
jumladan, Turkiston o
’lkasiga ham o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatdi. 
> Podsho hukumati tomonidan Turkiston aholisining mardikorlikka safarbar 
qilinishi mahalliy aholining norozilik harakatlariga sabab bo
’ldi. 
> 1916-yildagi qo
’zg’olonlar podsho hukumati tomonidan harbiy kuchlar 
yordamida bostirildi. 


> Qo
’zg’olon ishtirokchilari podsho hukumati tomonidan qattiq jazolandi. 
VIII BO
’LIM 
XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGI VA XIVA 
XONLIGI 
33-
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling