Tuyg’ularning hilma hilligi


Download 16.98 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi16.98 Kb.
#1492564
Bog'liq
tuyg\'ular hilma hilligi


Tuyg’ularning hilma hilligi
Insonlar uchun muhim bo’lgan, hayotimizni ranglarga bo’yaydigan narsalarning biri, bu his’tuyg’ular hisoblanadi. Turfa hil his tuyg’ular bo’lib, ular insonlarda holat va vaziyatga qarab yuzaga chiqadi. His tuyg’ularga misol tariqasida ishonch, do’stlik, muhabbat kabilarni keltirishimiz mumkin. Hammamizda savol tug’ilishi mumkin his tuyg’ular bizning hayotimizda qanday o’ringa ega. Hayot tuyg’ular bilan yaxshimi yoki his tuyg’ularsiz yaxshi bo’larmidi?
-Ishonch har bir tirik insonda bo’lishi kerak bo’lgan hotirjamlik, his tuyg’u ruxiy holat va insonlarni harakatga keltiruvchi kuch. Dunyoda har bir insonni nimagadur yoki kimgadur ishonch tuyg’usi bo’ladi va buni ortida qandaydur maqsad bo’ladi. Har qanday narsani boshlanishi ishonchga tayanadi. Eng katta ishonch o’zingizga bo’lishi lozim. Qayerda birlashish bo’lsa o’sha yerda o’sish bo’ladi. Birlashishni esa ishonchsiz tasavvur qilish qiyin. Islom dinining asosida ham ishonch yotadi. Bu ishonch Allohning yagonaligiga bo’lgan ishonch. Bu ishonch biz musulmonlarni birlashtiradi.
-do’stlik keng tushuncha. Bu tuyg’u hammangizga ham tanish bo’lsa kerak. hamangizni ham kamingizni yashirib, boringizni ko’paytiradigan do’stlaringiz bo’lsa kerak. Shunday ekan biz ham sizlarga do’stlik haqida qisqacha gapirmoqchimiz. Hozirgi zamonda ikki yuzli insonlar juda ko’payib ketgan. Manfaat uchun do’st bo’lganlar juda ko’p. hayot charxpalagi teskari aylanganda bu manfaat uchun tuzilgan do’stliklarni ko’pi buzilib ketadi. Kimdur boshqa bir insonga o’zini do’stdek ko’rsatadi u inson unga ishonadida haqiqiy do’stdek qabul qiladi. U insoning asil basharasi oshkor bo’lganda qalbi yaralangan inson do’stlik tuyg’usiga negativ qarashni boshlaydi. Shunday yaxshi tuyg’uni yomon ko’rsatmaslik uchun sizdan ikki yuzlamachi bo’lmaslikni iltimos ham talab ham qilgan bo’lardik.
-Hayotimizni ranglarga bo’yaydigan tuyg’ulardan biri bu muxabbatdir. Ho’sh muhabbat o’zi nima? Ba’zilar bu so’zni ,,Hubb” ya’ni ,,Xum” so’zidan kelib chiqqan deb taxmin qilishadi. Ularning ta’kidlashicha xum to’lganida unda boshqa joy qolmaganidek, ko’ngil ham muhabbat bilan to’lganidan so’ng, unda sevmagan kishisiga joy qolmaydi. Muxabbat bizni buzg’unchilik g’oyalaridan qaytaradi. Ya’ni biz Alloh yaratgan har bir narsani har bir jonzotni sevsak, bizni buzg’unchilikga boshlaydigan nafrat tuyg’usiga ko’nglimizda joy qolmaydi. Shunday ekan o’rtangizda nizolar chiqmasligi uchun bir biringizga muhabbat ila boqishingizni so’ragan bo’lardik. Sizlarga tayyorlab qo’ygan taqdimodimiz shundan iborat edi agar shu mavzuga oid savollaringiz bo’lsa marxamat eshitamiz.
Download 16.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling