Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
§. TOSHKENTNING BOSIB OLINISHI
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
9-uzbek
§. TOSHKENTNING BOSIB OLINISHI Toshkent bosib olinishining strategik ahamiyati Toshkent O ’rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy, yirik ma’muriy va savdo-sotiq markazlaridan biri hisoblangan. XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent shahrining 12 ta, ya ’ni Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag’bon, Chig’atoy, Ko ’kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog’och, Qo’ymas, Qo’qon, Qoshg’ar darvozalari bo ’lgan. Har tomondan shaharga kirish uchun qurilgan bu darvozalar soqchilar tomonidan qo ’riqlangan. Shaharni mudofaa qilish uchun qurilgan devor ortida Kaykovus arig ’ining suvi bilan to’ldiriladigan xandaqlar bo ’lgan. Toshkent to’rtta-Beshyog’och, Ko’kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalariga bo ’linib, har bir daha o’z oqsoqoli tomonidan boshqarilgan. XIX asr o ’rtalarida shahar aholisi 80 mingga yaqin kishini tashkil qilgan. Toshkent shahrining bosib olinishiga podsho hukumati jiddiy tayyorgarlik ko ’rdi. Chunki Toshkentni egallash-Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi harbiy yurishlarini keng qamrovda va tayanch hududga ega bo ’lgan holda olib borilishini ta ’minlar edi. Bu shahar O’rta Osiyoni bosib olish uchun asosiy yo ’lak, harbiy qo’shinlarning kelgusidagi harakatlari uchun tayanch nuqta vazifasini bajara oladigan joy hisoblangan. 1864-yil 1-oktabrida M. Chernyayev o ’zini podshoga yaxshi ko’rsatish uchun tezlik bilan Toshkentni qo ’lga kiritmoqchi bo’ldi. Lekin uning bu rejasi amalga oshmadi. M. Chernyayev 70 nafardan ziyod askarlaridan ajralib, Chimkentga chekinishga majbur bo ’ldi. Uning Toshkentni egallash uchun olib borgan birinchi harakati natija bermagach, yangi hujumga tayyorgarlik boshladi. Uning bu tayyorgarligi bahorgacha davom etdi va 1865-yil aprel oyi oxirida podsho hukumatining harbiy qo ’shinlari Toshkent yaqiniga joylashtirildi. M. Chernyayev boshchiligidagi harbiy qo ’shin Toshkent shahridan 25 km uzoqlikdagi Chirchiq daryosining chap sohilidajoylashgan Niyozbek qal ’asiga kelib, uni jangsiz topshirishni taklif qiladi, lekin qal ’a himoyachilari rad javobini berib, mudofaaga o ’tadi. Himoyachilar va istilochilarning harbiy kuchlari o ’rtasidagi farq juda katta edi. Qal’a to’xtovsiz ravishda to’plardan o’qqa tutilib, devorlari buzib tashlandi. Devorlarning buzilgan joylaridan bosqinchilar qal ’aga kirib, uni egallashga muvaffaq bo ’ldilar. Oqibatda Toshkent darvozasi deb nom olgan Niyozbek qo ’rg’oni dushman qo’liga o’tdi. Ushbu qal’aning qo’lga kiritilishi M. Chernyayevga Toshkentni suv ta ’minotidan uzib qo’yish imkonini berdi. Uning buyrug ’i bilan Toshkent shahri aholisini suv bilan ta’minlaydigan Chirchiq daryosidagi to ’g’on buzib tashlanadi. M. Chernyayev boshchiligidagi istilochilar 1865-yil may oyida bevosita Toshkentga hujum boshladi. Toshkent mudofaasida shahar himoyachilari va Qo ’qon xonligi qo’shinlari amirlashkar Aliquli boshchiligida qarshilik ko’rsatdi. Ayovsiz janglarda Aliqulining yaralanib vafot etishi shahar himoyachilarini sarosimaga solib qo ’ydi. Himoyachilarning yagona harbiy boshliqsiz qolishi istilochilarning qo ’li ustun kelishiga olib keldi. Toshkent himoyasiga Buxoro amirligidan kechikib yetib kelgan qo ’shinlarning foydasi tegmadi. Chernyayev qo ’shinlari Kamolon darvozasi yonidan devorni buzib shaharga kirdi. Ularga toshkentlik sarbozlar va aholi shaharning har bir mahalla ko ’chasida tashkil qilingan to ’siqlarda qattiq qarshilik ko’rsatdi. Toshkentning har bir qarich yeri uchun ko ’cha va mahallalarda janglar davom etdi. Asosiy jang Kamolon darvozasidan Xadradagi markaziy bozorga boradigan ko ’chada bo’lib, podsho qo ’shinlari to’rtta to’p himoyasida bo’lgan to’siqdan o’ta olishmadi. Ammo M. Chernyayev qo ’shinining bir qismi bu vaqtda shahar qal’asini egallab, shu yerdan shahar ichkarisini to ’plardan o’qqa tutadi. Himoyachilar shaharni o’qqa tutilishidan saqlash maqsadida qal ’aga o’t qo’yadilar. Bu bilan qal’adan podsho qo ’shinlarini chiqib ketishga majbur qildilar. Kamolon darvozasi tomonga chekingan M. Chernyayev qo ’shinlari ertalab yana jangga o ’tishdi. Shahar yong’in ichida qoldi. Suv yo’llarining to’sib qo ’yilganligi yong’inlarni o’z vaqtida o’chirish imkonini bermadi. Shahar qurol kuchi bilan egallab olingach, M. Chernyayev 17-iyunda Beshyog ’och, Ko’kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalarining oqsoqollarini chaqirdi. Muzokarada Toshkent qozikaloni Hakimxo ’ja, Abulqosim eshon, Solihbek dodhoh va shaharning boshqa nufuzli kishilari ishtirok etdi. M. Chernyayev xalqaro doirada o ’z xatti-harakatlarini oqlash maqsadida go’yoki Toshkent ixtiyoriy ravishda taslim bo ’ldi va aholi tinchligi uchun toshkentliklar o ’zlari Rossiya askarlariga uning darvozalarini ochib berdi, degan xatni imperator nomiga yozishlarini talab qiladi. Oqsoqollardan 9 nafari shaharni `ixtiyoriy ravishda topshirish` to ’g’risidagi sulhni imzolashga majbur bo’lishdi. Jahon ommasi bu xatning mazmunidan xabardor bo ’lishi uchun podsho hukumati tomonidan barcha choralar ko ’rilgan edi. Bunday soxta xat yozilishiga qarshi bo ’lgan Solihbek dodhoh, Abulqosim eshon, Hakimxo’ja singari vatanparvarlar Sibirga surgun qilingan. Shu bilan Toshkent podsho hukumati ixtiyoriga o ’tib, Turkiston o’lkasining harbiy, siyosiy va ma’muriy markaziga aylantirildi. Harbiy istilochilik yurishlari natijasida bosib olingan hududlarda Turkiston viloyati tuzilib, unga harbiy qo ’shin qo’mondoni, general-mayor M. Chernyayev gubernator qilib tayinlandi. 1865-yil 6-avgustda qabul qilingan `Turkiston viloyatini boshqarish to ’g’risidagi Muvaqqat Nizom`ga muvofiq viloyatda harbiylashtirilgan boshqaruv tartiblari o ’rnatildi. Viloyat bo’limlarining harbiy asosda tashkil qilinishidan maqsad podsho hukumatining kelgusidagi harbiy rejalari amalga oshirilishida tayanch ma ’muriy hudud vazifasini o’tashi ko’zda tutilgan edi. Toshkent darvozalarining ramziy oltin kalitlari Yakunlarni chiqaramizi 1 > 12 ta darvoza, 80 ming aholi, 4 ta daha. > 1864-yil 1-oktabr-Chernyayevning birinchi hujumi, Niyozbek qal ’asining egallanishi, 1865-yil Toshkentning egallanishi. > 1865-yil Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tashkil qilindi. Unga M. Chernyayev harbiy gubernator etib tayinlandi. Atamalar izohi Ultimatum (lotincha-so ‘nggi, oxirgi)-biror masala yuzasidan bir davlat hukumatining boshqa davlat hukumatiga bayon qilgan, hech qanday e ’tirozga o ’rin qoldirmaydigan qat’iy talabi. Chor Rossiyasi ( Царская Россия)-rus tilida podsho `царь` deyiladi. Bu mahalliy aholi tilida `chor` deb talaffuz etilgan va shu bois o ’zbek tilidagi adabiyotlarga shunday ko ’rinishda kirgan. 8- Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling