Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Download 6.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/148
Sana19.10.2023
Hajmi6.86 Mb.
#1710147
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   148
Bog'liq
9-sinf Ozbekiston tarixi 2014-yil [uzsmart.uz]

M. D. Skobelev
39


dorlari soni oshdi va buning natijasida u Nasriddinbekni siqib chiqarib, ho- 
kimiyatni o‘z qoMiga oldi.
PoMatxon qo"zg"olonining kuchayib ketishidan xavotir- 
ga tushgan mustamlakachi hukumat ulam i tor-mor qilish 
uchun Andijonga hujum qildi. Chunki qo4zg"olonchilar- 
ning asosiy kuchlari shu yerda joylashgan edi.
General M. Skobelev boshchiligidagi hujum 1875-yil oktabr oyi boshida 
boshlandi. Shahar kun davomida to ‘plardan o ‘qqa tutildi. Andijon aholisi 
mudofaa janglarida shahaming har bir qarich yeri uchun 
jon-jahdi bilan kurashdi. M. Skobelev boshchiligidagi 
qo‘shinning dastlabki urinishlari jiddiy qarshilikka uch- 
radi. Shundan so‘ng podsho hukumati qo‘shinlari bar­
cha imorat va xonadonlarga o"t qo'yib, shahami yongMn 
ichida qoldirdi. Shahar to ‘xtovsiz ravishda artilleriyadan 
o ‘qqa tutib turildi. Bu shahar himoyachilarini og‘ir ah- 
volga solib qo‘ydi. Uch soat davom etgan betinim o ‘qqa 
tutishdan so‘ng kechqumn podsho hukumati qo‘shinlari 
yana hujumga o‘tdi. Lekin bu hujum ham natija berma- 
di. Erta tongdan boshlab yana to 4piardan kun b o ‘yi o ‘q 
yog‘dirildi. Biroq shahar himoyachilarining qarshi hu­
jum ga o‘tishi podsho qo‘shinlarini chekinishga m ajbur qildi. Shahar 1876-yil 
yanvarda uyushtirilgan ikkinchi hujum natijasida qiyinchilik bilan egallandi.
Rossiya imperiyasining general M. Skobelev bosh­
chiligidagi qo‘shinlari 1875-yil 18-oktabrda Naman- 
ganga joylashib, K. P. Kaufman qo‘mondonligi ostidagi 
harbiy kuchlar ga qo‘shildi. Mustamlakachi qo‘shinlarga qarshilik harakatlari 
Namanganda bir oy davom etdi. Shahami ozod etish uchun atrofdagi qishloq- 
lardan qo‘shimcha kuchlar keldi. Shunga qaramasdan, podsho qo‘shinlari to­
monidan shahaming yarmi qoMga kiritildi. Podsho hukumati harbiy qo‘shini 
uch kun davomida shahar qal’asida turdi. Ikki tomon o ‘rtasida janglar 1876- 
yil yanvar oyi oxirigacha davom etdi. General M. Skobelev boshchiligidagi 
qo‘shin fevral oyiga kelibgina harbiy qurol ustunligi bilan g ‘alabaga erishdi. 
PoMatxon va uning tarafdorlari qatl qilindi.
1876-yil 19-fevralda podsho hukumatining Q o‘qon xonligining tugatil- 
ganligi to ‘g ‘risidagi farmoni e’lon qilindi. Shu tariqa Q o‘qon xonligi hududi 
o ‘m ida Turkiston general-gubematorligi tarkibiga kimvchi Farg‘ona viloyati 
tashkil qilindi. Viloyatga Q o‘qon xonligini bosib olishdagi harbiy yurishlar- 
ga rahbarlik qilgan general M. Skobelev harbiy gubemator etib tayinlandi.

Download 6.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling