Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


‘rta Osiyoga Rossiya imperiyasi bosqinining ... yillarda uchinchi bos­qichi bo‘ldi. M. D. Skobelev -


Download 1.93 Mb.
bet31/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

0‘rta Osiyoga Rossiya imperiyasi bosqinining ... yillarda uchinchi bos­qichi bo‘ldi. M. D. Skobelev - ...
0
Turkmanlarning
bo‘ysundirilishi
‘rta Osiyoni bosib olishning to‘rtinchi bosqichi Amudaryo va Kapettog‘ oralig‘idagi Qoraqum sar- hadlaridagi turkmanlarga qarshi qaratildi. 1879-yil iyulda Angliya Afg‘oniston hududining bir qismini bosib olgandan so‘ng inglizlar uchun 0‘rta Osiyoga yo‘1 ochildi. Shuning uchun 1879-yil iyulda Krasnovodskdan I. Lazerev boshchiligidagi harbiy qo‘shin turkmanlar yashaydigan hududlarga jo‘natildi. Bu yo‘nalishdagi dastlabki harakat- larda podsho hukumati qo‘shinlari magTubiyatga uchradi. Qo‘qon xonli- giga qarshi harbiy yurishlarda tajribasi katta boTgan general M. Skobelev boshchiligidagi qo‘shin 1880-yil may oyida ikkinchi yurishni boshladi. 1881-yilda uch oy davom etgan janglardan so‘ng qamalga olingan turk­manlar qal’asi - Go‘ktepa qoTga olindi. Buning natijasida istilo qilingan yerlarda Kaspiyorti viloyati tashkil qilindi. Turkmanlarning batamom bo‘ysundirilishi esa 1885-yildagina amalga oshirildi.
Turkmanlarning asosiy qal’asi Go‘ktepa bo‘ysimdirilgach, 1881-yilda Rossiya va Eron o‘rtasidagi chegaralar belgilandi. Shu yili Sharqiy Turkis- tonning Ili oTkasidagi qo‘zg‘olon podsho hukumati qo‘shinlari tomonidan bostirilishi bilan Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi chegaralar ham belgilandi.
Shu harakatlar bilan Rossiya imperiyasining 0‘rta Osiyo hududidagi istilochilik yurishlarining to‘rtinchi bosqichi (1880-1885) tugadi.
Shunday qilib, istilo qilingan hududlarda besh viloyat, ya’ni Sirdaryo, Yettisuv, Farg'ona, Samarqand va Kaspiyorti viloyatlari tashkil qilinib, ular Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.
Rossiya imperiyasining XIX asr o‘rtalaridan boshlab amalga oshiril- gan harbiy istilochilik yurishlari natijasida Buxoro amirligi va Xiva xon- ligi imperiyaning protektoratiga aylantirildi. Qo‘qon xonligi esa batamom tugatildi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling