Turkistonda xalq
teatri
adimiy san’at turlaridan eng sevimlisi hisob- langan xalq teatrining Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarida o‘ziga xos ko‘rinishlari mav- jud edi. Jumladan, Buxoro amirligida masxaraboz, qo‘g‘irchoqboz, raq- qos kabi san’at yo‘nalishlarining uyushmalari vujudga kelgan edi. Xo- razm an’anaviy teatrida esa ikki turkum tomoshalar - kulgili va xatarli o‘yin turlari yaxshi shakllandi.
Xalq teatri shakl jihatidan rang-barang va boy bo Tib, ular xalq ora- sidan chiqqan komik aktyorlar - qiziqchilar, qo‘g‘irchoqbozlar, masxa- rabozlar va boshqalar o‘z mahoratlarini namoyish qilishgan. Ana shu teatrlar va masxarabozlarning tomoshalarida, asosan, xasis va ochko‘z boylar, chalasavod mullalar, amalparast beklarning kirdikorlari fosh etilgan. Ko‘proq bu tomoshalar dolzarb voqealar tasvirlangan satirik ko‘rinishlardan iborat boTgan. Garchi ularda yozma pyesalar boTmasa- da, xalq og‘zaki ijodi mahsuli sifatida yod olingan mavzular sahnalashti- rilgan. Salma asarlarini, odatda, san’atkorlarning o‘zlari ijod qilishgan.
X IX asrning ikkinchi yarmida bir nechta shaharlarda an’anaviy te- atr uyushmalari vujudga keldi. Eng mashhurlari Qo‘qonda Zokir eshon, Buxoroda To‘la masxara uyushmalari edi. Ayniqsa, qo‘g‘irchoq teatrlari ommabop bo Tib, ular mavzusi markazida Kachal Polvon obrazi turgan.
0‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilgach, mustamlakachi hukumat siyosiy maqsad- larni nazarda tutib, oTkaga ms madaniyatini jadal yoyishga kirisha boshladi. Bunda nafaqat ta’lim tizimi, balki teatr sohasi ham muhim o‘rin tutgan.
1
Turkistonga
Yevropa va rus
teatrlarining
kirib kelishi
0‘zingizni sinangl
Zokir eshon
Do'stlaringiz bilan baham: |