Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Download 1.93 Mb.
bet111/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

Tarix fanidagi
yutuqlar

IX asr oxiri - XX asr boshlarida ilm-fan sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Bu muvaffaqiyatlar- ga erishishda jadidlarning o‘rni katta boTdi. Ular tarbi- yaviy maqsadlarda tarix sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantira boshladilar. Jadidlar tarixni xonlar, sultonlar va amirlar almashinuvi sifatida tasvir- lash o‘miga xalq tarixning haqiqiy bunyodkori ekanligini o‘quvchilarga tanishtira boshlashdi.
T
arixchi va jurnalist Mulla Olim Maxdum hoji «Tarixi Turkiston» («Turkiston tarixi») asarini yozdi. Bu asar o‘zbek tilida bosmadan chiqdi. Unda qadimgi davrdan to Turkistonning XX asr boshlarigacha boMgan voqealari yilnomasi bay on etilgan edi. Bu kitob o‘zbek tilidagi ilk tarixiy asar sifatida shuhrat qozondi.
Jadidlar Turkistonda savodxon va bilimdon kishilarni tarbiyalashda tarix fanining ahamiya- tini yuqori baholar edilar. Mahmudxo‘ja Beh- budiy Turkistonning barcha aholisiga «hozirgi dunyoda yashash, ziyoli, komil va odil» boTish uchun o‘z vatani tarixini o‘rganish da’vati bi­lan murojaat qildi. Bu davrning yana bir yirik tarixchi olimi Muhammad Solih edi. U 25 yillik izlanishlaridan keyin «Tarixi jadidai Toshkent»
(Toshkentning yangi tarixi) asarini yozgan.
Asar Toshkent shahrining XIX asrdagi qiyofasi batafsil yoritilganligi bilan qimmatlidir.
Xorazmlik mashhur olim Muhammad Yusuf Ulug‘bek rasadxonasi
Bayoniy ham avlodlarga ikki yirik tarixiy asarini meros qoldirgan. Bular «Xorazm tarixi» va «Shajarai Xorazmshohiy» asarlaridir.
Rus tadqiqotchilari ham o‘lkadagi tarix fani rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan. Ulardan biri sharqshunos va arxeolog Y. Yyatkin (1869-1932) bo‘lib, u Samarqandda faoliyat yuritdi. V. Vyatkin mahalliy tarixchilar bilan birgalikda ancha vaqt Ulug‘bek rasadxonasi o‘rnini izladi. 1908- yilda rasadxona binosi qoldiqlarini va rasadxonaga tegishli asbob- uskunalarning bir qismini topishga muvaffaq bo‘ldi. U «Shohizinda», «Cho‘ponota», «Afrosiyob qo‘rg‘oni» asarlarini yozdi. Rus va o‘zbek tillarini o‘rganish bo‘yicha qator darsliklar muallifi bo‘ldi.
1895-yilda tashkil etilgan Arxeologiya havaskorlari to‘garagining qat- nashchilari oMkadagi tarixiy yodgorliklarni o‘rganishga kirishdi. Garchi qidiruv va qazish ishlari kamdan kam o‘tkazilgan bo‘lsa-da, ular ayrim arxeologik obyektlarni izlab topish va yodgorliklarni tavsiflash bilan shug‘ullanib, sohaga muayyan hissa qo‘shdilar.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling