Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
Download 1.93 Mb.
|
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzem
- §. TURKISTONDA ILM-FAN TARAQQIYOTI
Matbuot va jurnalistika
870-yildan boshlab Turkiston general-gubernatorli- gining rasmiy nashri - «TypicecTaHCKHe Be^OMOCTH» va uning o‘zbek tilidagi ilovasi «Turkiston viloya- tining gazeti» muntazam chiqib turdi. Uning muharriri mustamlakachilik tuzumining targ‘ibotchisi N. Ostroumov edi. 1906-yilda Ismoil Obidov muharrirligida ilk bor o‘zbek milliy gaze- tasi «Taraqqiy» nashr etildi. Gazetaning birinchi soni chiqqan sana, ya’ni 27-iyun hozirda 0‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Jadidlarning ma’rifatparvarlik faoliyati faqatgina maktablarda emas, balki matbuotchilik faoliyati, jumladan, gazetalarning ko‘plab vujudga kelishida ham ko‘rindi. 1906-yilda Ismoil Obidovning muharrirligida «Taraqqiy», shu yili Munavvarqori muharrirligida «Xurshid», 1907- 1908-yillarda Abdulla Avloniy muharrirligida «Shuhrat», Ahmadjon Bek- temirov muharrirligida «Osiyo» gazetalari chop etildi. Ma’rifatchilikning yangi toMqinida 1913-1915-yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona», «E1 bayrog‘i», «Kengash», «Ulug‘ Turkiston», «Tu- ron» gazetalari, «Oyna» jurnali, 1917-yilda esa «Hurriyat», «Farg‘ona sahifasi» kabi ommaviy axborot vositalari ham paydo bo‘ldi. Bu davr- dagi nashrlar orasida «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona» gazetalari- ning milliy o‘zlikni anglashdagi xizmatlari katta bo‘ldi. Uning ikki yillik (1914-1915) faoliyati davomida milliy ziyolilarning vatanparvar qatlam- lari tomonidan millat ozodligi va ravnaqini tarannum etuvchi, xurofot kabi eski aqidaparastlikni qoralovchi ko‘plab maqolalar e’lon qilindi. A tamalar izohi r 11 ■ —i i Tuzem - yerli xalq, mahalliy aholining mustamlakachilar tomonidan atalishi. Matbuot (arabcha - bosma asarlar, nashrlar) - gazeta, jurnal va kitoblar majmuyi. Gimnaziya - ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan va ular bo‘yicha chuqur ta’lim beradigan o‘qirv muassasasi. Turkiston madrasalarida ta’lim qancha vaqt davom etgan? Rus-tuzem maktablari va jadid maktablari ta’limi o‘rtasida qanday farqlar bo‘lgan? Jadid maktablarini tashkil qilish tashabbuskorlari bo‘lgan ma’rifat- parvarlarni sanab bering. Turkiston oTkasida qanday matbuot nashrlari tashkil qilingan edi? §. TURKISTONDA ILM-FAN TARAQQIYOTI X Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling