Savol va topshiriqlar
Oo‘zg‘olonlarning vengilish sabablarini sanab bering.
1916-yildagi qo‘zg‘olonlar qanday oqibatlarga olib keldi?
1916-yilda Turkiston oTkasidagi xalq qo‘zg‘olonlarining XIX asr oxiridagi qo‘zg‘olonlar bilan qanday o‘xshashligi bor?
1916-yildagi qo‘zg‘olonlarga mustamlakachi hukumat qanday mu- nosabatda boTdi?
XIX ASR OXIRI - XX ASR BO SHL ARID A
BUXORO AMIRLIGI VA XIVA XONLIGI
Bo‘limni o‘rganish natijasida:
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro amirligining boshqarish tizimi haqida;
hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlanishi haqida;
Yosh buxoroliklar harakati rejalari va faoliyati to‘g‘risida;
1920-yilda Buxoro amirligining ag‘darilishi haqida;
Xiva xonligining siyosiy tizimi haqida;
Yosh xivaliklaming mamlakatda islohotlar o‘tkazish harakatlari to‘g‘risida;
Xiva xonligining ag‘darilish sabablari haqida bilib olasiz.
§. BUXORO AMIRLIGINING DAVLAT TUZUMI
VA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI
R
Buxoro amirligining
ijtimoiy-siyosiy
ahvoli
ossiya bilan 1868-yildagi shartnoma Buxoro amir- ligi taqdirini tubdan o‘zgartirib yubordi. U siyosiy mustaqillikdan mahrum bo‘lib, Rossiya protektora- tiga aylanib qoldi. Garchi siyosiy mustaqilligidan mahrum bo‘lsa-da, Buxoro amiri o‘z fuqarolari ustidan cheklanmagan ho- kimiyatini qo‘lida saqlab qolgan edi. Buxoro amirining siyosiy faoliyatini bevosita nazorat qilish uchun Rossiya imperatorining 1885-yildagi farmo- ni asosida «Rossiya imperatorining siyosiy agentligi» (1886-1917) tashkil etilgan bo‘lib, u 1868-yildagi shartnoma shartlari bajarilishini va amiming siyosiy faoliyatini nazorat qilib borgan.
XIX asr oxirida Buxoro amirligi hududi Rossiya imperiyasi tasarrufiga o‘tgan hududlar hisobiga qisqargan edi. Aholisining soni 2 million kishi atro- fida bo‘lib, asosiy mashg‘uloti hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachi- lik edi. Poytaxt Buxorodan tashqari Chorjo‘y, Kitob, Shahrisabz, Denov kabi shaharlar amirlikning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari hisoblangan.
Davlat ishlarini boshqaruvchi oliy amaldor qo ‘shbegi bo‘lib, u soliq- lar yig‘imi nazoratini boshqarar, ma’muriy amaldorlar tarkibiga rahbar- lik qilar, mahalliy beklar bilan yozishmalar olib borardi. Qo‘shbegi har
kuni shaxsan hukmdorga amirlikdagi ah- vol to‘gdisida ma’lumot berib turardi. Barcha amaldorlar qo‘shbegi tomonidan, faqat oliy amaldorlargina amirning o‘zi tomonidan tayinlanar edi.
X
Do'stlaringiz bilan baham: |