Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Download 1.93 Mb.
bet84/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

Qo‘zg‘olonning
bostirilishi
u vaqtda mustamlakachi hukumat tomonidan qo‘zg‘olonni bostirish va uning ishtirokchilari- ni jazolash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Jiz- zaxga polkovnik Ivanov boshchiligida 13 ta rota soldat, 2 ta artilleriya qismi, kazak otryadlari, jami ikki yarim ming kishilik harbiy kuchlar yuborildi. Ular Jizzax shahrini to‘p va pulem- yotlardan o‘qqa tutdilar. Mustamlakachilar qo‘shini dastlab Jizzaxni, keyin Zominni egallab, so‘ng Sangzorga yurish qiladi. Qo‘shin qurol- siz qo‘zg‘olonchilarni ayovsiz o‘qqa tutadi. Abdurahmon jevachi omon qolgan 600 kishilik odamlari bilan 20-21-iyulda polkovnik Afanasyev boshchiligidagi harbiy kuchlarga qarshi jang olib bordi. Ivanov bosh- chiligidagi harbiy kuchlarning yordamga kelishi qo‘zg‘olonchilarning mag‘lubiyatga uchrashini ta’minladi. Natijada qo‘zg‘olonchilar yengil- di va chekinishga majbur bo‘ldi. Qo‘zg‘olon rahbarlari va faol ishti- rokchilaridan Abdurahmon jevachi, Nazirxo‘ja eshon, aka-uka To‘raqul va Eshonqul To‘rabekovlar, Qosim hoji eshonlar qo‘lga olinib, o‘lim jazosiga hukm etildi. Mustamlakachi hukumatning jazo qo‘shini qo‘zg‘olonchilarni ayovsiz ravishda jazolashga kirishdi. Qo‘zg‘olon ko‘tarilgan qishloqlarga o‘t qo‘yildi.
Uylar yondirildi. Ularning oila a’zolari ham jazoga tortildi. Bu ja- zodan qariyalar, ayollar, hatto yosh bolalar ham chetda qolmadi.
Jizzaxga 26-27-iyulda yana qo‘shimcha jazo otryadlari ye-
tib kelib, iazoni yanada kuchay- „ . . , ... . ^ . ...
. J . . Qo zg‘olonchuarning temiryo Ini
tirdi. Qo zg olonchilardan j mmg buzishi
kishi hibsga olindi. Ularning boshliqlari o‘lim jazosiga, qolganlari qa- moq va surgunga hukm qilindi. Mahalliy aholining qo‘zg‘olonda ishti- rok etganligi, qo‘zg‘olonchilarga xayrixoh boMganligi va ularni tutishda podsho hukumatiga yordam bermaganligi uchun o‘z uylaridan choMga hay dab yuborildi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling