Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


A Savol va topshiriqlar


Download 1.93 Mb.
bet85/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

A
Savol va topshiriqlar
tamalar izohi

Jevachi (jeva — qurol-aslaha) — qurol-aslahaxona boshlig‘i.
Pulemyot (ruscha — o'qva metall otmoq) — o‘qni tez otadigan avtomatik qurol.

  1. Jizzax qo‘zg‘oloni qay holatda boshlandi?

  2. Qo‘zg‘olon rahbarlari kimlar edi va ular qanday yo‘l tutishdi?

  3. Jizzax qo‘zg‘oloni qanday bostirildi?

  4. Qo‘zg‘olonchilarning yengilishiga nimalar sabab bo‘lgan?

  1. §. TURKISTONDA 1916-YILGI VOQEALARNING
    OQIBATLARI VA AHAMIYATI


Q
Qo‘zg‘olonning
yengilish sabablari
va oqibatlari

o‘zg‘olon xarakteriga ko‘ra milliy-ozodlik ko‘ri- nishida yuz berdi, chunki bu qo‘zg‘olonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi xalq omma- si edi. Ular mustamlakachilik tartiblariga qar- shi qo‘lga qurol olib toptalgan haq-huquqlari, din-u diyonatlari uchun tengsiz kurash olib bordilar. Qo‘zg‘olonchilar Vatanning haqiqiy fi- doyi farzandlari ekanliklarini amalda isbotladilar. Mislsiz jasoratla- ri bilan Vatan tarixi sahifalaridan munosib o‘rin egalladilar. Mazkur qo‘zg‘olonlarga rus amaldorlaridan biri: «Urush frontlariga yangi bir Turkiston fronti qo‘shildi», - deb oMkadagi vaziyatga baho bergan edi.
Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachi hukumatga qarshi oddiy ish qurol- lari bilan jang olib bordi. Bundan tashqari ularning aksariyati dehqonlar, hunarmandlar bodganligi va harbiy sohadan mutlaqo bexabar ekanligi qo‘zg‘olonning mag‘lubiyatga uchrashiga sabab bo‘ldi. Ular Turkiston- ning turli mintaqalarida mustamlakachilarga qarshilik ko‘rsatdilar. Shun-
day boTsa-da, qo‘zg‘olonchilaming taktik va strategik uquvsizligi, ahil- likda va birdamlikda harakat qilmasligi pand berdi.
Qo‘zg‘olon xalq ommasi uchun juda katta yo‘qotishlarni olib keldi. Birinchidan, aholisi qo‘zg‘olonda qatnashgan Jizzax atrofidagi qishloq- lar yondirib yuborildi, natijada ko‘pchilik uy-joysiz qoldi. Ikkinchidan, qo‘zg‘olon yoz faslida boTib o‘tganligi bois ekinzorlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nobud boTdi. Buning natijasida Turkiston aholisi 1916- 1917-yillar qish oylari uchun g‘amlaydigan oziq-ovqat zaxirasining kat­ta qismidan ayrildi. Uchinchidan, qo‘zg‘olon natijasida aholi orasida ko‘plab qurbonlar boTdi.
Ushbu qo‘zg‘olon Turkiston xalqiga juda katta talafotlarni olib keldi. Ayrim maTumotlarga qaraganda, 1916-yilgi qo‘zg‘olon oqibatida Tur­kiston aholisidan 673 ming kishi oTdirildi, 300 mingdan ziyod aholi xo- rijga chiqib ketdi. 100 minglab kishining mol-mulki musodara qilinib, talon-toroj etildi.
Rossiyaning Birinchi jahon urushida ishtirok etishi, Turkiston oTkasidagi qo‘zg‘olonlar xalq turmushiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Podsho hukumati tomonidan Turkiston aholisining mardi- korlikka safarbar qilinishi mahalliy aholining katta qismini boquvchi- siz qoldirdi. Natijada bu davrda oziq-ovqat taqchilligi, narx-navoning ko‘tarilishi tirikchilik qilishning qiyinlashishiga olib keldi. Shuning uchun ham mardikorlikka qarshi olib borilgan 1916-yildagi qo‘zg‘olonlar mahalliy aholining mustamlakachilarning jabr-zulmlarga asoslangan si- yosati va urush oqibatlarining salbiy ta’siri natijasida sodir boTdi.
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling