Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Qo‘zg‘olonning Turkiston bo‘ylab tarqalishi


Download 1.93 Mb.
bet82/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

Qo‘zg‘olonning
Turkiston bo‘ylab
tarqalishi


ardikorlikka qarshi qaratilgan norozilik harakatlari bir necha kun ichida butun o‘lkaga yoyildi. Qo‘zg‘o- lonchilar mustamlakachi hukumat tomonidan kuch bilan tarqatilib, qarshilik qilganlar qattiq jazolandi. Toshkentda 11-iyulda ko‘p sonli aholi Beshyog‘ochdagi politsiya mahka- masi oldiga to‘plandilar. Qo‘zg‘olon faollaridan Rizvonbibi Ahmadjonova politsiyaga qarata: «Bizni oddirsanglar ham o‘g‘illarimizni sizlarga ber- maymiz», - deb xitob qilgan. Politsiyachilar esa o‘q uzib, uni og‘ir ya- rador qilgan. Norozilik bildirganlarga qarshi miltiqlardan o‘q otilgandan so‘ng xaloyiq mahkamaga bostirib kirdi. Bu vaqtda yordamga yetib kel- gan harbiy kuchlar namoyishchilami o‘qqa tuta boshladi. Natijada 11 kishi otib oddirildi, 15 kishi yarador bo‘ldi. Qo‘zg‘olon harbiy kuchlar tomoni­dan qiyinchilik bilan bostirildi. Shahar harbiy holatga tushib, har bir joyda qo‘riqchilar, tun-u kun navbatchilik, nazorat va tekshiruvlar kuchaytirildi. Bu voqealardan keyin norozilik harakatlari Toshkent shahri atrofidagi qish- loqlarga yoyildi. U yerdan Farg‘ona vodiysiga o‘tib, vodiyda bu harakat
keng tus olib ketdi. U yerda ham mahalliy aholi ma’muriyat vakillariga bo‘ysunmay qo‘yadi.
Q


1916-yil Toshkentdagi qo‘zg‘olon

o‘zg‘olon iyul oyining o‘rtalarida Far- g‘ona viloyatining Qo‘qon, Rishton, Mar- g‘ilon, Andijon, Namangan uyezdlarida kes- kin tus oldi. Jumladan, 9-iyul kuni Andijonda podsho farmoni o‘qib eshittirilgandan so‘ng tayoq, tosh, ketmon va boshqa narsalar bilan qurollangan aholi mardikorlikdan bosh tortib namoyishga chiqdilar. Ularga politsiya va har- biy kuchlar qarshi qo‘yildi. Qo‘zg‘olonchilami tarqatish paytida ulardan 3 kishi otib oddirildi, 12 kishi yarador bo‘ldi.

  1. iyulda Eski Marg‘ilonda taxminan 25 ming kishi norozilik bildirib, bozor atrofiga yig‘ildi. Qo‘zg‘olonchilar mardikorlikni bekor qilishni ta- lab qilib mahalliy ma’muriyat idoralariga kirdilar. Ular mustamlakachilar- ning xizmatida boMgan mahalliy ma’muriyat vakillari uylariga, ma’muriy binolarga o‘t qo‘ydilar, 2 ta mirshab oddirildi va bir necha kishi jaro- hatlandi. Qo‘zg‘olonning kuchayib ketganligidan xavotirga tushgan vi- loyat ma’muriyati zudlik bilan ularga qarshi harbiy kuch yubordi. Ular qo‘zg‘olonchilardan 63 kishini otib oddirdi va ko‘pchilikni yarador qildi.

Shahrixonda ham qo‘zg‘olonchilardan 16 ta kishi oddirildi, ko‘pchilik yarador bo‘ldi. 11-iyulda Namanganda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon ham jiddiy tus oldi. Labbaytog‘a dahasida yig‘ilgan 1500 dan ortiq kishilarga qarshi kuchli qurollangan rota tashlandi va qo‘zg‘olonchilar tarqatib yuborildi.
Mustamlakachi hukumat politsiyasi va harbiy kuchlari bilan qo‘zg‘o- lonchilar o‘rtasida ayovsiz janglar natijasida qurolsiz namoyishchilardan ko‘pchiligi o‘ldirildi va yarador qilindi. Ular orasida ayollar va bolalar ham bo‘lganligi mustamlakachilarning beshafqat siyosatini yana bir bor fosh qildi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling