Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
TURKISTON VA BIRINCHI JAHON URUSHI Bo‘limni o‘rganish natijasida
Download 1.93 Mb.
|
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY
- Bu sahifa navigatsiya:
- §. BIRINCHI JAHON URUSHINING BOSHUANISHI VA UNING TURKISTONGA TA’SIRI
TURKISTON VA BIRINCHI JAHON URUSHI Bo‘limni o‘rganish natijasida:
Birinchi jahon urushining boshlanishi va unda Rossiyaning ishtirok etishi, urashning Rossiya va Turkiston oTkasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga, aholisining turmush tarziga ko‘rsatgan salbiy ta’siri; Birinchi jahon urushiga Turkiston aholisining mardikorlikka safar- bar qilinishi va unga mahalliy aholining bildirgan munosabati; 1916-yilgi qo‘zg‘olonning boshlanishi, sabablari va oqibatlari; Jizzax qo‘zg‘oloni, Turkiston ayollarining qo‘zg‘olonda ishtiroki; 1916-yilgi qo‘zg‘olonning mustamlakachi hukumat tomonidan ayovsiz ravishda bostirilishi; Turkistondagi 1916-yilgi qo‘zg‘olonlarning ahamiyati haqida bilib olasiz. §. BIRINCHI JAHON URUSHINING BOSHUANISHI VA UNING TURKISTONGA TA’SIRI X Birinchi jahon urushining Turkistonga ta’siri X asrning boshlarida jahondagi yirik davlatlar- ning mustamlakalarga ega boTish masalasida o‘zaro munosabatlari keskin ko‘rinish oldi. Birinchi jahon urushida Rossiya, Angliya va Fransiya davlatlaridan iborat ittifoq - Antanta tomonida turib urushda qatnashdi. Rossiya imperiyasining Birinchi jahon urushida ishtirok etishi uni iqti- sodiy jihatdan yomon ahvolga solib qo‘ych. Busiz ham G‘arbiy Yevropa davlatlaridan taraqqiyoti ancha orqada qolib ketgan Rossiya urush tufayli yanada nochor ahvolga tushib qoldi. Natijada podsho hukumati o‘z mus- tamlakalaridan, jumladan, Turkiston oTkasidan ham yanada ko‘proq foy- da olish uchun ularning tabiiy boyliklarini ko‘proq o‘zlashtirishga jon- jahdi bilan kirishdi. Mahalliy aholidan esa arzon mehnat kuchi sifatida foydalanishga harakat qildi. Bu urush tufayli Rossiyada ommaviy safarbarlik e’lon qilindi. Safar- barlik Rossiyaning mustamlakalariga ham, jumladan, Turkistonga ham tegishli edi. Unga ko‘ra Turkiston oTkasidan urushga 19 yoshdan 43 yoshgacha boTgan aholining yevropalik qismi vakillari chaqirildi. Ay- nan hosillami yig‘ib olish vaqtiga to‘g‘ri kelgan bu chaqiruv Turkiston to i oTkasidagi Rossiya gubernalaridan ko‘chirib keltirilganlarning oilalari uchun qiyinchilik tug‘dirdi. Asosiy ishchi kuchi boMgan erkaklarning urushga olinishi oilaning asosiy boquvchisidan ajralishiga va ularning yomon ahvolga tushishiga sabab boTdi. yilda Turkistonda «favqulodda muhofaza holati» deb e’lon qili- nishi natijasida mustamlaka hukumatning mahalliy aholi ustidan nazorat va jazo choralari kuchaydi. Turkiston aholisi urushga safarbarlik e’lon qilinishiga qarshi chiqib, «favqulodda holat» tartiblariga rioya etmay qo‘yclilar. Bunday tartiblami buzganlar 50 so‘mgacha jarima toMaydigan yoki 3 oygacha qamoqqa olinadigan boTdi. Busiz ham aholi turmush sharoitining yomonligi, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning yetish- masligi, narx-navoning oshib ketganligi oTkada norozilik kayfiyatining yanada oshishiga hamda ommaviy ko‘rinishdagi qo‘zg‘olonlarning ku- chayishiga sabab boTdi. Urush davomida qishloq xo‘jaligi vayron boTdi, ekin maydonlari qis- qarib ketdi, qishloqda ishchi kuchlar yetishmas edi. TemiryoTda bosh- boshdoqlik hukmron boTib, amalda esa u harbiy davr yuklarini tashir edi. Butun xo‘jalik aloqalari izdan chiqqan. Rossiya iqtisodiyoti urush va bunday koTamdagi harbiy harakatlar uchun zaif ekanligi ay on boTdi. Davlat moliyasi inqirozga yuz tutdi. Maorifga, madaniyatni rivojlanti- rishga xarajatlar kamayib ketdi va mayda kredit deyarli qolmadi. Faqat urushning bir yili davomida soliqlar miqdori 50 foizga ko‘paydi. Talafotlar o‘rnini toMdirish va harbiy xarajatlar o‘sishini qoplash maq- sadida qo‘shimcha mablag‘lar izlar ekan, chor hukumati o‘zi uchun ancha odatiy va eng oson bo‘lgan yo‘ldan, ya’ni o‘z mustamlaka oMkalarini talashdan, urush olib borish uchun sarf-xarajatlarning katta qismini o‘z mustamlakalari, jumladan, Turkiston oTkasi gardaniga yuklash yoTidan bordi. yildan boshlab, Turkistonda paxtaga o‘zgarmas davlat narxlari joriy etildi, narxlar umumiy o‘sishi sharoitida bu narx paxtakorlarning hosil yetishtirishdagi xarajatlarini qoplay olmas edi. U Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling