Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Jadidlar islomga putur yetkazadigan an’ana va odatlarga qarshi chiqdilar, jamiyat rivojiga xalal bergan barcha salbiy ko‘rinishlarga norozilik bildirdilar


Download 1.93 Mb.
bet76/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

Jadidlar islomga putur yetkazadigan an’ana va odatlarga qarshi chiqdilar, jamiyat rivojiga xalal bergan barcha salbiy ko‘rinishlarga norozilik bildirdilar.
J
Yodda tuting!


Taraqqiypai'varlar-
ning Turkiston
ijtimoiy-iqtisodiy
sohasidagi faoliyati

adidlar oMkani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo- rasida ham o‘ziga xos qarashlarga ega edi. Taraq- qiyparvarlar o‘z faoliyatlari davomida o‘lka xalq- larining ijtimoiy hayoti, turmush tarzi, kasb-kori, shart-sharoitlaridan xabardor bodganlar. Xalqning ahvoli yildan yilga og‘irlashib borayotganligini angladilar.

Ulaming fikricha, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlamay turib, siyosiy va huquqiy erkinlikka erishish mumkin emas edi. Buning uchun birinchi navbatda yemi, yerosti va yerasti boyliklarini, suvni Tur- kiston xalqlarining umumiy boyligi deb e’lon qilish, barcha sohalami ri- vojlantirishga qodir mahalliy kadrlami tayyorlash, zavod va fabrikalar qu- rib, mahsulotlami o‘lkaning o‘zida ishlab chiqarishni zarur deb bildilar.
Jadidlar ko‘plab yoshlarni rivojlangan xorijiy davlatlarga, jumladan, Germaniyaga o‘qishga yuborish, u yerda ular tahsil olib kelib, yurt va mil- lat uchun xizmat qilishi g‘oyalarini ilgari surdi. Ularning sa’y-harakatlari bilan mahalliy aholi tomonidan yoshlarning xorijda o‘qib kelishiga ke- tadigan xarajatlari uchun mablag‘lar yig‘ildi. 0‘lkada va xorijda savdo-
s otiq, sanoat va qishloq xo‘jaligi rivo- jining qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalar e’lon qilindi.
Turkiston taraqqiyparvarlaridan biri, Toshkentning «Qoryog‘di» ma- hallasidan bo‘lgan Asadullaxo‘ja o‘g‘li Ubaydullaxo‘ja Rossiyada hu- quqshunoslik sohasi bo‘yicha ta’lim olib, birinchi oliy ma’lumotli o‘zbek advokati bo‘ldi. U buyuk rus yozuv- Yangi usul maktabi o‘quvchilari chisi Lev Tolstoy bilan yozishmalar (markazda Abduqodir Shakuriy) olib borgan.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling