Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Ip yigiruvchi hunarmandlar. XX asr boshi


Download 1.93 Mb.
bet91/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

Ip yigiruvchi hunarmandlar. XX asr boshi

u paytda hunarmandchilik sohasida ishlab chiqa- rishning asosiy tarmoqlaridan biri gilam va na- mat tayyorlash bo‘lgan. Buxoro gilamlariga chet ellarda ham talab kat- ta bo‘lib, amirlik savdogarlari ularni ko‘p miqdorda xorijga, jumladan, Rossiyaga olib borib sotar edilar. Bundan tashqari 0‘rta Sharq mamla- katlari, Turkiston bozorlarida ham Buxoro gilamlari xaridorgir edi. Ichki va tashqi bozorlarda Buxoro ip-gazlama matolari, ko‘nchilik, zardo‘zlik, kumush va oltin kandakorlik buyumlari, bo‘yoq va sovun mahsulotla- ri ham mashhur bo‘lgan. Buxoro ustalarining oltin va kumushdan ya- sagan buyumlari, ayniqsa, dong taratgan edi.
Amirlikning deyarli barcha sha- harlarida mohir zargarlar mehnat qi- ladigan ustaxonalar mavjud edi. Ular yasagan mahsulotning barchasi o‘ziga xos nozik naqshlar bilan bezatilardi.
Buxoro kulolchilik buyumlari bozori ham chaqqon bo‘lib, kulollar butun amirlik shaharlarida keng tarqalgan edi.
Buxoro amirligida azaldan rivoj- lanib kelgan o‘ziga xos ko‘rinishdagi hunarmandchilik mavjud bo‘lgan. Hunarmandlarning asosiy daromadlari behisob soliqlarni to‘lashga ketardi. Shu bois ular o‘z ustaxona va kor- xonalarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘larga ega emasdi.
X
Savdo-sotiq
munosabatlari
IX asrning oxirida Buxoro amirligi Rossiya, Af- g‘oniston, Hindiston, Eron va Kavkaz bilan savdo aloqalariga ega bo‘lgan. Buxoro, Chorjo‘y, Kar- ki, Termiz va Kogon (Yangi Buxorojda Rossiya firmalarining idora va omborxonalari mavjud edi. Rossiya va Buxoro amirligi o‘rtasida tovar aylanishi yil sayin o‘sib bordi.
Buxoro amirligi hududi katta foyda keltiruvchi tranzit savdo uchun ham qulay edi. Rossiya va Afg‘oniston odtasidagi barcha savdo yodlari Buxoro amirligi orqali odardi. Rossiya Buxoro orqali Afg‘onistonga kat­ta miqdorda movut, chinni buyumlar, baxmal, chit, gugurt va kerosin chiqarar edi.
1887-yilda amirlik hududi orqali dastlabki temiryod odkazildi. Bu- xorodan 15 kilometr masofada Yangi Buxoro stansiyasi qurilishi boshlab yuborildi. Bu yerda amir saroyi va Rossiya siyosiy agentining qarorgohi ham barpo etildi. Endilikda Buxoro amirligi temiryod orqali Toshkent, Orenburg va Moskva bilan bogdangandi. 1888-yilga kelib Buxoro amir­ligi hududida rus qishloqlari vujudga kela boshladi. Buxoroda Rossiya davlat banki bodimi ochildi. Bundan tashqari ikkita paxta tozalash zavo- di, Yevropa namunasida ikkita mehmonxona barpo etildi. Eski Buxoro- dagi qo‘shbegi uyi va Rossiya imperatorining siyosiy agentligi qarorgohi ilk pay do bodgan telefon aloqasi bilan bogdangan edi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling